rivojlantiruvchi: mashq matnlari orqali o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish; FK2: mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay olish, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, tushuntirish, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozlari: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi:
Vatanning chin, haqiqiy farzandi bo‘l!
| O ‘tilgan mavzuda berilgan uyga vazifasini tekshirish. Uyga berilgan 53-mashq topshirig‘iga ko‘ra, o‘quvchilar tuzib kelgan gaplar o‘qitiladi:
‒ Uyushiq bo‘laklarni ayting. Ular qanday so‘roqlarga javob bo‘lgan?
‒ Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan?
‒ va bog‘lovchi bilan bog‘langan uyushiq bo‘laklar orasida biror tinish belgi qo‘yidingizmi? kabi savol-topshiriqlar asosida o‘quvchilarning uyushiq bo‘laklari haqidagi bilimi mustahkamlanadi.
III. Yangi mavzuning bayoni.
54-mashqdagi gaplar yozib qo‘yiladi. Ushbu mashq multimedia ilovasida ham berilgan.
1 -topshiriq.
Ekranda gaplar hamda gaplar ostida to‘g‘ri, ikki va to‘lqinli chiziqlar beriladi. O‘quvchilar uyushiq bo‘laklarni tegishli chiziq bilan belgilaydilar.
|
Gaplar ustida ishlash:
O‘qituvchi o‘quvchilarni izlanishga majbur qiluvchi savollar bilan yangi mavzuni ularning o‘ziga bayon qildiradi.
‒ Gaplarni ohangiga e’tibor berib o‘qing, uyushiq bo‘laklarni so‘roq berib aniqlang.
‒ O‘ylang. Uyushiq bo‘laklar orasida kelayotgan so‘zlar qanday vazifa bajaryapti?
‒ Qaysi so‘zlar uyushiq bo‘laklarni bog‘lasa, vergul ishlatilishini ayting. Vergul qayerga qo‘yiladi.
O‘quvchilar savollarga javob berish orqali oldingi darslarda egallagan bilimlarini eslaydilar, fikrlaydilar va xulosa chiqaradilar.
‒ Kuzda burglar sarg‘ayadi, to‘kiladi. Bu gapda uyushiq bo‘laklar qanday bog‘lanadi?
Darslikdagi qoida tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |