Namuna:
1.Nima?- tengdosh
2.Qanday?- mehribon, aqlli
3.Nima qiladi?- yordam beradi, o‘ynaydi, dars qiladi.
4.Gap –Mehribon tengdoshlar birga dars qiladilar.
5.Ma’nodosh so‘z –do‘st, sinfdosh.
1 -topshiriq
O‘qituvchi trenajyor mashqi orqali yangi mavzuni takrorlaydi.Ekranda quyidagi ko‘rinishda gaplar beriladi. O‘quvchilar chiziqchalar o‘rniga gapning mazmuniga mos kishilik olmoshlarini qo‘yib, gaplarni o‘qiydilar.
men, sen, u, biz, siz,ular
|
V.Darsga yakun yasash va baholash.
O‘qituvchi kishilik olmoshlarining so‘roqlari, kishilik olmoshlarining gapda ega vazifasida kelishini takrorlab, darsni yakunlaydi.O‘quvchilarning bilimini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi.
VI.Uyga vazifa..
349-mashq. Mashq shartiga ko‘ra bajarib kelish topshirig‘i beriladi.
121-dars.
Nazorat ishi.
122- dars.
Darsning mavzusi:Kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan qo‘llanishi.
(350-352- mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarga kishilik olmoshlarining kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi haqida ma’lumot berish;ularga to‘g‘ri so‘roq berishga o‘rgatish; FK1: men, sen, biz, siz,u, ular olmoshlarini qo‘llab mazmunli gaplar tuza oladi;
tarbiyaviy: o‘quvchilarning tabiat haqidagi tushunchalarini boyitib, uni ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylashga o‘rgatish; TK5:milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan tarixiy obidalarni bilish va ularni bir-biridan farqlash;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish; husnixat malakasini rivojlantirish; FK2: mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi; yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi; TK2: media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |