Gapda so‘zlar qanday vositalar orqali bog‘lanar ekan?
— Darsda nimalar haqidagi bilimlarimizni yodga tushirdik?
— Gap qanday fikrni bildiradi?
— Gap nimalardan tuziladi?
— Gapning chegarasini qanday aniqlaysiz?
— Odam o‘zaro nimalar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi?
— Bu darsda nimalar haqidagi gaplarni o‘qidik?
Bilimingizni tekshiring!
Gap nimani ifodalaydi?
Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi?
Gap oxiriga nuqta, so‘roq va undov belgilarining qo‘yilish sababini bilasizmi?
Quyidagi topishmoqlar qaysi tinish belgilari haqida?
Shakli o‘xshar o‘roqqa,
Doim tutar so‘roqqa.
Tariqday, kichkina xol,
Gapni tugatar darhol.
Chinor bilan terakdek,
Faqatgina turar tik.
Xabar mazmunidagi gapni so‘roq mazmunidagi gapga aylantirish mumkinmi? Fikringizni misol bilan asoslang.
Xabar mazmunidagi gapni buyruq mazmunidagi gapga aylantirish mumkinmi? Fikringizni misol bilan asoslang.
Gap qanday bo‘laklardan tuziladi?
Gapda so‘zlar qanday bog‘lanadi?
V. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi.
VI.Uyga vazifa.
32-mashq. Shartiga ko‘ra bajarib kelish tushuntiriladi.
12-13-darslar.
Mavzu: Nazorat ishi va uning tahlili
(33-mashq asosida)
14
Darsning mavzusi: Uyushiq bo‘lakli gaplar haqida ma’lumot. (34-37-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: gapning uyushiq bo‘laklari haqida tushuncha hosil qilish, fikrni ixcham va tushunarli ifodalash malakasini shakllantirish; FK1: nutq jarayonida uyushiq bo‘lakli gaplarni qo‘llay olish;
Do'stlaringiz bilan baham: |