37
Darsning mavzusi: Undosh tovushlarning aytilishi va yozilishi. (97-100-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarning unli va undosh harflarning o‘ziga xos xususiyatlari, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishni, so‘zlarni bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: kattalarga hurmatda bo‘lish, ularni qadrlashga o‘rgatish;
TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK6: kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy matn yaratish ko‘nikmalarini rivojlantirish; FK1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
H usnixat daqiqasi:
Do‘st – do‘stning oynasi.
|
Uy vazifasini so‘rash orqali o‘rganilgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi aniqlanadi.
-Matnda nuqtalar o‘rniga qanday harflarni qo‘ydingiz.
-Matnda nechta gap bor ekan?
- Maqsadiga ko‘ra qanday gaplar ishtirok etgan?
- Qaysi so‘zlarni yozisgda qiynaldingiz?
- Nima uchun?
- Bobo nima uchun xursand bo‘lib ketdi?
- Quvnoq bola nima qildi?
- Bola qanday ashula aytib yo‘lga tushdi?
- Siz ham foydali ish qilganmisiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |