IV. Darsga yakun yasash va baholash.
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.
93-mashq. So‘zlarni o‘qing. Ularda nechta tovush va harf borligini ayting.
Oila, radio, teatr, manfaat, kakao, mutolaa, sharbat, harf, tong, shisha, chavandoz, manfaat
36
Darsning mavzusi: Unli va undosh tovushlar. (94-96-mashqlar)
Darsning maqsadi:
ta’limiy: o‘quvchilarni o‘zbek tilida mavjud 29 ta harf va 30 ta tovush, unli va undosh harflarning o‘ziga xos xususiyatlari, jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning farqi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash;
FK1: unli va undosh tovushlar talaffuzi va imlosi, so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishni, so‘zlarni bo‘g‘in-tovush va tovush-harf jihatdan tahlil qilishni bilish; FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila olish;
tarbiyaviy: o‘quvchilarni tabiat in’omlarini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash; TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; TK4: o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish; TK6: kundalik faoliyatda mavzuga oid jadvallarni o‘qiy olish;
rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni eshitish idrokini rivojlantirish;
FK1: o‘qituvchi nutqini va mavzuga oid tushunchalarni, o‘zaro savol-javob, topshiriqlarni, kichik matnlarni, mavzu doirasidagi video va audio (multimedia ilovalari) matnlarini tinglab tushuna olish.
Dars turi: mustahkamlovchi dars.
Darsning metodi: suhbat, analiz, mustaqil ish metodi.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |