Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap


Download 2.28 Mb.
bet55/297
Sana20.10.2023
Hajmi2.28 Mb.
#1711357
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297
Bog'liq
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

H usnixat daqiqasi:
Kitob – g‘oyat qudratli kuch.

Uy vazifasi 93-mashq yuzasidan suhbat.
‒ 93-mashqda berilgan so‘zlarning qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor? (bu so‘zlarda 2 ta unli yoki 2 ta undosh tovushlar yonma-yon kelgan.)
‒ O‘zbek tilida nechta tovush bor? Ular yozuvda nimalar bilan ifodalanadi?
‒ Tovushlarning nechta belgisi bor?
‒ Tovush ko‘pmi yoki harf ko‘pmi? Nima uchun tovush­lar ko‘p?
III. Mustahkamlash.
94-mashq. O‘zingiz yod bilgan topishmoqlardan 2 ta yozing, unli va undosh tovushlarni tagiga chizing.
‒ Unli va undosh tovushlarning farqini ayting.

1-topshiriq 9 6-mashq matni beriladi. Jarangli va jarangsiz undoshlarni matn ostidagi ranglardan foydalanib ajratiladi.

Darslik bilan ishlash.
95-mashq. O‘qing. Ko‘chiring. Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni aniqlang. Ularning talaffuzini qiyoslang, farqini ayting.
Bir kuni oltin baliq va bulbul bahslashishibdi. Bulbul debdi:
Qani endi, senga o‘xshab baliq bo‘lib qolsam. Xursand bo‘lib, katta suvda suzardim.
Baliq debdi:
Nodon ekansan, sening joying osmonda, bog‘lar va gullar orasida. Sen ozod bo‘lishing kerak. Qani endi men ham senga o‘xshab ucha olsam, sayrasam...

2 -topshiriq.
Berilgan so‘zlar tovush-harf tomonidan tahlil qilinadi.
Topshiriqni bajarish uchun harflar, tovushlar, bo‘g‘inlar soni so‘ralgan joyda 1-9 gacha raqamdan kerakligini tanlashlari, unlilar, undoshlar, jarangli va jarangsiz undoshlar deyilgan joydagi klaviaturadan shu so‘zga tegishli harflarni tanlashlari lozim. 1-so‘z tahlili tugagach, 2-so‘z chiqadi va keyingilari shu tartibda bo‘ladi.

Qolipni to‘ldiring” ta’limiy o‘yin. Tovush-harf tahlili uchun ushbu qolip va so‘zlar o‘quvchilarga tarqatiladi. Qisqa vaqt ichida o‘quvchilar so‘zning tovush-harf tahlilini bajaradi.

so‘z

tovushlar soni

harflar soni

unli tovushlar

undosh tovushlar

bo‘g‘inlar soni

jarangli

jarangsiz

mukofot



















Sinf___________ o‘quvchining F.I. ____________________________



so‘z

tovushlar soni

harflar soni

unli tovushlar

undosh tovushlar

bo‘g‘inlar soni

jarangli

jarangsiz

mukofot

7

7

u, o, o

m

k, f, t

3

Sinf___________ o‘quvchining F.I. ____________________________




IV. Darsga yakun yasash va baholash.
‒ O‘zbek tilida nechta tovush bor?
‒ Jarangli undoshlarning jarangsiz undoshlardan farqi nimada?
O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa.
96-mashq. O‘qing. Nuqtalar o‘rniga kerakli harflarni qo‘yib ko‘chiring.




Download 2.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling