Она тили 5 мет


-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

 53-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi: a) ta’limiy maqsado‘quvchilarga h va x; z va s 
undoshlarining talaffuzi va imlosi haqidagi bilimlarini mustahkamlash; 
ularda o‘qish savodxonligini shakllantirish.
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarda yuksak axloqiy sifatlarni 
shakllantirish;
v) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarda tinglab tushunish, o‘qish; 
gapirish va yozish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Darsni O‘zbekiston davlat madhiyasi yangragan 3 daqiqalik video-
rolik bilan boshlash o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmasi 
shakllantiriladi, ular qalbida milliy g‘urur, vatanga bo‘lgan muhabbat
vatanparvarlikni shakllantirishga yordam beradi.
“Muzyorar” metodi asosida matndan avval berilgan savollar 
bilan ishlanadi. Bu esa o‘quvchilarni mustaqil mushohadaga undaydi. 
GAPIRISH ko‘nikmasini rivojlantiradi.
1. Sport musobaqalarida madhiyamiz jaranglab, bayrog‘imiz ko‘ta-
rilganda yig‘lagan sportchilarni ko‘rganmisiz? Ular nega yig‘ladi, deb 
o‘ylaysiz? 
2. Madhiyamiz mualliflari haqida nimalar bilasiz?
Topshiriqdagi
 matnni o‘quvchilarga ovoz chiqarib o‘qitish vosi-
tasida ularning O‘QIB TUSHUNISH ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Yechim:


118

So‘zlar
 
Izohi
1
iftixor
Shon-sharaf hissi, faxr
2
tuyg‘u 
1. Tashqi ta’sirni sezish, his etish qobiliyati, sezgi.
2. Ruhiy va jismoniy kechinmalar, his-tuyg‘ular majmuyi
3
his qilmoq
1. İlg‘amoq, sezmoq.2.Kishi ruhiyati bilan bog‘liq sezgi.
4
baralla
1. Aniq, ravshan, yaqqol; 2. Dangal, ro‘yi- rost, 
ochiqdan ochiq
5
muhim
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
6
yorug‘
Nur tushib turgan,ravshan, charog‘on
7
sharaflovchi İzzatlovchi, hurmatlovchi
8
tarona
Kuy, ohang

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling