196
1. Odamlar o‘zlarining aqli va o‘zgalarning boyligini hamisha
oshirib gapiradilar. (
Hind maqoli) 2.
Baxtni izlamaydilar, uni mehnatda
topadilar. (
Udmurt maqoli) 3. Dushman qancha aqlli bo‘lsa,
shu qadar
xavfli. (
Tojik maqoli) 4. To‘rga ilingan hamma narsa ham baliq emas.
(
Portugal maqoli)
368-mashq.
Uyga vazifa. “Orzuga erishishning 5 yo‘li” mavzusida
matn tuzing. O‘zingiz to‘g‘ri deb biladigan 5 usulni yozing va
sharhlang. Matningizda maqollardan foydalaning.
107-dars. HIKMATLI SO‘ZLAR
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga hikmatli so’zlar va
ularning nutqdagi ahamiyati haqida tushuncha berish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga o’zbek tilimizning lug’at
boyligi haqida gapirish; o’z nutqini to’g’ri, ravon va tushunarli shaklda
yetkazib bera oladigan farzand etib tarbiyalash ;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarda tinglab tushunish, o’qish,
yozish va gapirish kabi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish.
Topshiriq.
Qo’yilgan muammo: Matnni diqqat bilan o‘qing.
O’QIB, TINGLAB TUSHUNISH ko’nikmasini rivojlantiradi.
O’qituvchi yoki o’quvchilar tomonidan o’qib eshittirilishi mumkin.
“Qayta hikoya” metodi tavsiya etiladi.
Munosabat bildiring.
1. “Dono hamroh” – kim (nima)?
2. Nuh payg‘ambar haqida nima bilasiz? Navoiy
hikmat biluvchilarga
nima uchun Nuh payg‘ambarning umrini tilayapti?
Yechim:
Nuh payg’ambar 950 yil umr ko’rgan.
“Qissasi Rabg’uziy” asaridan Nuh payg’ambar haqidagi hikoyatni
aytib berish tavsiya etiladi.
Buyuk, taniqli shaxslarning ibratomuz fikrlari
hikmatli so‘zlar deyiladi.
Qo’shimcha nazariy ma’lumot: hikmatli so’zlar aforizmlar ham deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: