Она тили 5 мет


-mashq.  Qo’yilgan muammo


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

405-mashq.
 Qo’yilgan muammo: Lug‘atdan foydalanib, testni 
yeching. Imloviy to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini belgilang.
Yechim:
a) asqatmoq, burg‘ilamoq, mubohasa;
b) asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa;
c) asqatmoq, burg‘ulamoq, mubahasa;
d) asqotmoq, burg‘ilamoq, muboxasa.
406-mashq.
 Uyga vazifa. Ko‘cha-ko‘ydagi peshtaxtalarda, 
reklama va e’lonlarda xato yozilgan so‘zlarni topib, dafta ringizga 
YOZING. Imkoni bo‘lsa, fotosuratini taqdim qiling.
118-dars. IMLO LUG‘ATI (davomi)
Darsning a) ta’limiy maqsadi: o’quvchilarga imlo lug’at va uning 
ahamiyati, undan foydalanish ko’nikmasini o’rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: matnlarni o’qib, tahlil qilish orqali inson 
hayotiga xavf solayotgan viruslardan himoyalanish ko’nikmasini 
oshirish; tabiat in’om etgan ne’matlardan oqilona foydalanishga 
o’rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: mavjud bilim, ko’nikma va ma- 
 lakalarni kundalik hayotda qo’llay olish qobiliyatini rivojlan tirish.
Topshiriq. Qo’yilgan muammo: Matnni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga 
qavs ichidagi to‘g‘ri yozilgan so‘zni qo‘ying, imlosiga diqqat qiling 
TINGLAB TUSHUNISH yoki O’QIB TUSHUNISH va GAPIRISH 
ko’nikmasini rivojlantiriladi.
Yechim:
O‘tgan asrlarda urushlar jahon tarixining tub… (burilishi, burulishi
nuqtasi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi va bundan keyingi o‘zgarishlar… (tabiiy, 
tabiy) ofatlar, pandemiyalar ta’sirida yuzaga kelishi kutilmoqda.
Xususan, oxirgi o‘n yillikda viruslar tarqalishi orqasidan sodir 
bo‘layotgan pandemiyalar jahon iqtisodiyotiga va odamlarning turmush 
tarziga jiddiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Amerikalalik taniqli epidemiolog Stefen Morz fikriga ko‘ra, Yerdagi 
50000 turdagi umurtqali… (jonzot, jonzod)larning har biriga xos bo‘lgan, 
… (tahminan, taxminan), 20 xildagi virus mavjud. Biologlarning fikricha
yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan viruslarning tarqalishi qator 
sabablar bilan bog‘liq. Shulardan biri insonlar tomonidan... (sinashda, 
sinashta) bo‘lmagan yovvoyi hayvonlarning iste’mol qilinishidir. 
Shuningdek, o‘rmonlarning yo‘q qilinib, yerlarning o‘zlashtirilishi ham 
tabiatda yashirinib… (yotgan, yotkan) viruslarni yuzaga chiqarmoqda. 


212
Iqlim isishi natijasida eriyotgan tog‘ muzliklarida millionlab yillardan 
buyon saqlanib qolgan viruslar ham qayta uyg‘onmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, insonlarning tabiatga nisbatan 
tajovuzkorona munosabati o‘zgarmasa, virusli epidemiyalar insonlarning 
yashashi uchun jiddiy tahdid bo‘lishi mumkin.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling