Она тили 5 мет
Nutqiy kompetensiya elementlarini ona tili darslarida shakl-
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gapirish
Nutqiy kompetensiya elementlarini ona tili darslarida shakl-
lantirish Tinglab tushunish Ona tili darslarida tinglab tushunish ko‘nikmasini o‘quvchilarda mashq qildirib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayon orqali o‘quvchi diqqatini uzoq vaqt ushlash malakasi, o‘quvchilarning og‘zaki bayon qilinayotgan o‘zgalar fikrini, monologik va diologik nutqni hamda matn mazmunini tushuna olish ko‘nikmasi shakllantiriladi. O‘quvchilar sohaviy ilmiy-ommabop nutqni tushuna olishi, tinglangan matndagi asosiy axborotni ajratib olishi, ommaviy axborot vositalaridagi dolzarb axborotlar mazmunini, maqsadini idrok etishi, tinglab tushunishi, nutqning to‘g‘riligi, mantiqiy izchilligi, sofligi va ta’sirchanligini anglashi, barqaror atamalar, kasb- hunar so‘zlarining ma’no xususiyatlarini farqlashi va tushunishi lozim. Gapirish Ona tili darslarida o‘quvchining og‘zaki nutqi berilgan matnlarni o‘rganishi, mazmunini esa og‘zaki bayon qilishi bilan shakllanib boradi. O‘quvchining gapirish ko‘nikmasi o‘rganilgan mavzuni og‘zaki ifodalashida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘rganilgan mavzuni yoki matnni og‘zaki bayon qilayotganida fikrlarini o‘z ona tilida xatosiz, to‘g‘ri ifodalashi, mavjud lug‘at boyligidan oqilona foydalanib, mavzudan chetga chiqmay mazmunni yoritishi, bog‘lanishli nutqi asosida gapira olishi, undan xulosa chiqarishi zarur. Bu ko‘nikmalar dars jarayonida takomillashtirilib borilishi kerak. Nutqini adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda ifodali, ravon, mazmunli va ta’sirchan ifoda eta olishi, leksik, grammatik va stilistik me’yorlarga amal qilishi lozim. 5 O‘qish O‘qish ko‘nikmasi orqali o‘quvchining tanish va notanish bo‘lgan matnni ifodali o‘qiy olish darajasi aniqlanadi. Bunda turli janrdagi matnlarni ifodali va ta’sirchan o‘qiy olishi, gapning ifoda maqsadi, his-hayajon, sodda va qo‘shma gaplar ohangiga rioya qilib o‘qishi, berilgan grammatik tamoyil va ma’lumotlarni o‘qib tushunishi, turli janrdagi matnlarni o‘qib o‘zi tushungan mazmunni tinglovchilarga gapirib bera olishi, gazeta va jurnallarni, yozilgan reklama va e’lon, turli mavzulardagi broshuralarni, internet materiallarini, badiiy, ilmiy- ommabop hamda rasmiy uslubda yozilgan matnlarni o‘qib tushunishi aniqlanadi. Sinfdan sinfga o‘tish davrida berilgan matnni o‘qishdagi talablar ham bolaning yoshiga monand ravishda ortib boradi. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling