Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi



1
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
5
-SINFI UCHUN
ONA 
TILIDAN 
O‘QITUVCHI KITOBI
YANGI NASHR
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan
TOSHKENT – 2020


2
Ushbu nashrga doir barcha huquqlar muhofaza qilinadi va nashriyotga 
tegishlidir. Undagi matn va rasmlarni nashriyot roziligisiz to‘liq yoki 
qisman ko‘chirib bosish taqiqlanadi.
© G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot 
ijodiy uyi, 
2020
ISBN 978-9943-04-118-9
Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara 
uchun chop etildi.
UO‘K 811.512.133(075.3)
KBK 81.2 O‘zb – 922
UO‘K 811.512.133(075.3)
KBK 81.2 O‘zb – 922
O–58


3
Kirish
Mamlakatimizning har tomonlama ravnaq topishi, istiqboli, taraqqiy 
etishi, yoshlarimizning kelajagi – bugungi ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan yangiliklar, islohotlar samaradorligi bilan belgilanadi. 
Ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni, yangiliklarni ta’lim jarayoniga 
olib kirish va amaliyotga joriy etishda o‘qituvchilarning o‘rni beqiyosdir. 
O‘qituvchi doimo izlanishi, yangilikka intilishi, o‘z faoliyatini tahlil qilib, 
uni rivojlantirib borishi, bugungi kun talablari asosida ilg‘or pedagogik va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ta’lim jarayonida foydalana 
olishi lozim. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchini sevishi va bugungi kun 
o‘quvchilarining qiziqishi va o‘quvchilar nima bilan yashayotganini ham 
tushunishi darkor. O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarining dars jarayonidagi 
ilmiy-amaliy faoliyatini samarali tashkil qilishi, aniq bir maqsadga, 
mustaqil yo‘naltirish uchun har bir darsni puxta rejalashtira olishi, 
darsni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishi
lozim bo‘lsa, yangi mashq namunalarini tanlab, qo‘shimcha mashg‘ulot 
sifatida rejaga kiritishi, darsni guruhlararo musobaqa ruhida olib borishi 
lozim. O‘qituvchi doimiy ravishda o‘z o‘quvchilarini o‘rganilgan mavzu 
yuzasidan o‘z fikrlarini aytishga undashi, ular tomonidan kiritilgan taklif 
va mulohazalarni, o‘z iste’dodini namoyish qilishga bo‘lgan urinishlarini 
ijobiy tushunishi, bunday ijodkorlik, kashfiyotchilik harakatlarini muttasil 
rag‘batlantirib borishi, ularga sharoit va imkoniyatlar yaratib berishi
nutqiy kompetensiyasini, ya’ni tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, 
yozish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi shu 
tariqa nafaqat o‘quvchi bilimini, balki o‘zidagi pedagogik mahoratni ham 
takomillashtirib boradi. O‘quvchi shaxsi, uning nutqiy darajasi haqida 
hukm va xulosa chiqarishga shoshmaslik, o‘z vazifasiga mas’uliyat hissi 
bilan yondashish, o‘zidagi intellektual salohiyatini o‘quvchi bilan baham 
ko‘rish, o‘zida bag‘rikenglik, komil ustozlik fazilatlarini tarbiyalashga 
o‘rganadi. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ona tili ta’limining maqsadi 
o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, 
kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, 
o‘zgalar fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan 
shaxsni kamol toptirishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda 
bugungi kunda ona tili ta’limining mazmuni o‘zgarmoqda. Biz yillar 
davomida ona tili ta’limi orqali o‘quvchilarga grammatik qonun-
qoidalarni, nazariy bilimlarni o‘rgatib keldik. Endilikda grammatikadan 
ko‘ra o‘quvchilardagi nutqiy kompetensiyani, ya’ni tinglab tushunish, 


4
gapirish, o‘qish, yozish kabi amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga 
ko‘proq e’tibor berishimiz lozim. Shunday ekan, bu maqsadga erishishda 
ona tilining nutqiy kompetensiya elementlari (tinglab tushunish, gapirish, 
o‘qish, yozish)ni har bir darsda amaliy qo‘llash va o‘quvchida bunga 
nisbatan ko‘nikma shakllantirish darkor.
Qo‘lingizdagi mazkur metodik qo‘llanmada 5-sinf ona tili darsligidan 
o‘rin olgan tilning ijtimoiy ahamiyati, o‘zbek tili-davlat tili, fonetika, 
grafika, talaffuz va imlo me’yorlari, leksikologiya, punktuatsiya, ish 
qog‘ozlari bo‘limlaridan o‘rin olgan mavzularni o‘rganish jarayonida 
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, metodlarni qo‘llash bo‘yicha 
tavsiyalar, darslikdagi mashq, topshiriqlarning bajarilish yechimi hamda 
matn va lug‘at ustida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. 

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling