Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

“Impuls – plakat” metodi. 
Bu metodda ham yozma, ham og‘zaki shaklda topshiriqlar beriladi, 
darslarning mustaqkamlash qismiga ko‘proq to‘g‘ri keladi. 
“Impuls – plakat” metodini qo‘llashda o‘qituvchi har bir o‘quvchi 
uchun vatman varaqlari va markerlar tarqatadi. Stollarning ustiga 
oxirigacha etkazilmagan fikrlar yozilgan plakatlar qo‘yilgan: 
«Ushbu mavzuda meni hammasidan ko‘proq ...........qiziqtiradi»,
«Men shuni aniqlashtirmoqchi edimki, .........», 
«Men orttirgan bilimlarimni ............. qo‘llayman», 
«Ushbu mavzuni o‘rganish jarayonida men...........erishdim», 
«Men ......... to‘g‘risida ko‘proq bilib olmoqchi edim», 
«Men uchun .............murakkab bo‘ldi», 
Taxminan 20 daqiqa ushbu savollarni sarlavha qilib olish asosida 
o‘quvchilar o‘z loyihalarini yaratishadi, Buni guruhlar shaklida ham olib 
borish mumkin. Har bir loyiha kamida 10 so‘zdan iborat bo‘lishi, ixtiyoriy 
manbalardan foydalanishi tushuntiriladi. Loyihalar yaratilgandan so‘ng 
plakatlar ilib qo‘yiladi. 
Va o‘quvchilarning aylanib o‘qib chiqish asosida mavzu 
mustahkamlanadi. Bir o‘quvchi ilg‘amagan narsani vatman varaqdan 
o‘qishi mumkin. 
5-SINF O‘QUVCHILARI O‘QUV FAOLIYATI NATIJALARIGA 
QO‘YILADIGAN TALABLAR


12
NUTQIY KOMPETENSIYA
(tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozish)
Tinglab tushunish:

monologik, dialogik nutq va suhbatni eshitib tushuna oladi;

tinglangan matn (audio matn, hikoya matni)ni tushunadi;

ko‘rilgan lavhadagi asosiy axborot, voqea-hodisalarni tushunadi;

darslikda berilgan grammatik tamoyil va ma’lumotlarni tinglab 
tushunadi;

turli sodda matndagi va jadvallardagi ma’lumotlardan kerakli bo‘lgan 
detal, fikrni tushunadi, taqqoslaydi, ajratadi, umumlashtirib xulosalaydi;
audiomaterialni tinglab, og‘zaki aytib beradi va matn ko‘rinishida yozib 
beradi;


Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling