Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Vizual o‘qitish” metodi.
- Sinkveyn metodi.
“Zakovatli zukko” metodi.
“Zakovatli zukko” metodi o‘quvchilarda tezkor fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularning tafakkur tezliklarini aniqlashga yordam beradi. Metod o‘z xohishlariga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarini sinab ko‘rish istagida bo‘lgan o‘quvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatlarda to‘g‘ri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning murakkablik darajasiga ko‘ra har bir savolga qaytarilgan to‘g‘ri javob uchun ballar belgilanadi. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida o‘quvchilarning tafakkur tezligi aniqlanadi. “Vizual o‘qitish” metodi. Bu metodda vizual o‘qitish ya’ni o‘quvchilar ko‘rgazmali qo‘llanmalarni (jadvallar, rasmlar, badiiy buyumlarning reproduksiyalari, doska eskizlari va boshqalar) namoyish etishlari kerak. Namoyish etishda o‘rganilayotgan mavzu va ixtirochilik vazi- falarining mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan asboblar, ekspe rimentlar, texnik qurilmalar, filmlar, taqdimotlar va boshqalarni namoyish qilishni o‘z ichiga oladi. Ixtirochilik vazifalarini shakllantirish uchun 10 o‘qituvchilar texnik vositani, ko‘rgazmali qurollar, video, biologik obyektni va boshqalarni namoyish etganda o‘quvchilarning o‘zlari kerakli ma’lumotlarni topishadi. Sinkveyn metodi. Bu metod har qanday materialni bir nechta iboralar bilan qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltiradi. Sinkveyn – fransuzcha so‘z bo‘lib, “besh” degan ma’noni beradi. Bu usul qatorlar metodi bo‘lib besh qatordan iborat. Har bir qatorga yozilgan so‘zlar bitta gap hisoblanib, u keng ma’noni o‘ziga qamrab oladi. Bunday she’r muayyan qoidalarga muvofiq yozilishi kerak: 1-qator – bitta so‘zdan iborat. Unda muhokama qilinadigan mavzu (yoki narsa) ko‘rsatilishi kerak. 2-qator – qo‘yilgan mavzuning sifatlari yoki belgilarini tavsifl ashlari kerak. 3-qator – mavzuning odatiy harakatlari haqida tuzish kerak ligini tushunishga harakat qilayotgan bolalar ko‘pincha bu erda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 4-qator – har qanday mavzuga mos ibora. Bunga she’r nomida yozilgan narsa yoki mavzu haqida sinxronni yaratuvchisining shaxsiy fikri kiritilishi kerak. 5-qator – mavzu mazmunini umumlashtirish yoki kengaytirish uchun so‘z topishi tushuntiriladi. Bu material va ma’lumotni qisqa iboralar shaklida uzatishni talab qiladigan ish, shuning uchun o‘quvchi biror narsani qisqacha tasvirlab berishi yoki takrorlashi mumkin. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling