Она тили 5 мет
Download 5.33 Mb. Pdf ko'rish
|
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Pinboard” metodi
- “Intervyu” metodi.( 5-7 sinf)
“Topgan topoloq” metodi
Bu metod 5-6-sinflarga mos bo‘lib, bir tovush orttirib, yoki o‘zgartirib yangi so‘zlar yasash topshirig‘i aosida so‘z boyligini oshirishga erishiladi. 1-topshiriq. Bitta harf orttirilishi bilan yasaladigan so‘zlarni aniqlang. 2-topshiriq. Bitta harf o‘zgarishi bilan yasaladigan so‘zlar toping. 3-topshiriq. Teskari o‘qilganda ham mazmuni o‘zgarmaydigan so‘zlar toping. “Pinboard” metodi: Maqsad: O‘quvchilarni mustaqil, mantiqiy, tanqidiy fikrlash, nutqini rivojlantirishga qaratilgan. O‘tkazish tartibi. O‘qituvchi stoli ustiga so‘zlar yozilgan qog‘ozchalar teskari holatda qo‘yilgan bo‘ladi. Doskaga jadval osiladi. Har bir guruhdan bittadan o‘quvchi chiqib shu qog‘ozchalardan birini tanlaydi. 9 Tanlagan so‘zi mos kelsa jadvaldagi yozuvga mos kelgan katakka yopishtirib qo‘yadi va shu so‘zni o‘qib ma’nosini izohlab beradi. Afzalliklari - O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim orttirish harakatlarini rag‘batlantiradi. Qiyinchiliklar. O‘quv mavzusi bo‘yicha mazkur mashqdan foydalanishda kuchsiz o‘quvchilarga yordam kerak bo‘lishi mumkin. Ushbu metod uchun tog‘larda o‘sadigan gul. Cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklar. Vodiylarda o‘sadigan o‘simliklar misol qilib olish mumkin. “Intervyu” metodi.( 5-7 sinf) Maqsad: O‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish.Bu sinf o‘quvchilaridan biri gazeta yoki televideniye muxbiri sifatida tanlanadi. Muxbir har bir guruhdan intervyu oladi. 1 –guruhga savol: Siz qaysi ko‘chada turasiz? 2 – guruhga savol: Uyingiz atrofida qanday inshoatlar bor? 3 –guruhga savol: Shahar markazida qanday xiyobon bor? Shu kabi savollar bilan murojaat qilishi mumkin. Istagan o‘quvchi muxbir vazifasini bajaradi. Mashg‘ulot shu tariqa davom etadi. Savol va javoblar takrorlanmasligi kerak. Download 5.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling