Она тили 5 мет


Download 5.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/253
Sana11.09.2023
Hajmi5.33 Mb.
#1675516
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253
Bog'liq
5-sinf.Onatili.O‘qituvchi kitobi

audio orqali tinglanadi.
Til – millatning ko‘zgusi, deydilar. Bu ko‘zguni gard-g‘u borlardan, 
chang-to‘zonlardan soniya sayin tozalay borish har birimizning 
farzandlik, fuqarolik burchimizdir. Til – o‘zagimizning, o‘zligimizning, 
o‘ziga bekligimizning bosh belgisidir. Til – millatning ruhi, – deyiladi, – 
til yo‘qolsa, millat ham tamom bo‘ladi. Til yashasa, millat ham yashaydi.
Til haqida berilgan ma’lumotdan so‘ng To‘ra Sulaymon tilning 
“o‘zagimizning”, “o‘zligimizning”, “bekligimizning bosh belgisi” 
de ganda nimalarni nazarda tutgani o‘quvchilardan so‘rab, fikrlar 
umumlashtiriladi. (O‘quvchilarning GAPIRISH ko‘nikmasi shakl-
lantiriladi)
2-topshiriqni berishdan avval monitorda yoki doskada Alisher 
Navoiyning rasmi va u tomonidan aytilgan fikr namoyish etilib, unga 
o‘quvchilarning munosabati so‘raladi. Bu topshiriqni bajarishdan 
maqsad o‘quvchilarning TINGLAB TUSHUNISH ko‘nikmalarini 
shakllantirish hisoblanadi.
Bunda Alisher Navoiyning ona tilimizga nisbatan katta hurmat va 
e’tibor bidan qaragani, o‘tmishda va u yashagan davrda xalqimiz ish 
yuritishda, asosan, arab, fors tillaridan foydalangani, Navoiy millat 
fidoyisi, turkiy tilning jonkuyari sifatida o‘zbek tilining jamiyatdagi 


24
mavqeyini ko‘tarish uchun astoydil kurashgani 
tushuntiriladi. Uning asarlaridan parchalar o‘qib, 
izohlanadi, “Muhokamat ul-lug‘atayn”asarining ona 
tilimiz mavqeyini ulug‘lashdagi o‘rni izohlab beriladi.
Dunyo tillarining rang-barangligi, ular ichida 
o‘zbek tilining tutgan o‘rni, oilada, ko‘chada, 
maktabda, jamoat joylarida odamlar qaysi 
tillardan foydalanayotgani savol-javoblar asosida aniqlanadi. So‘ng 
o‘quvchilarning e’tibori 1-mashqdagi rasmga qaratiladi.
O‘quvchilar rasmdagi rus, ukrain, belorus, qirg‘iz, qozoq, tatar 
koreys va boshqa millat vakillarini tanib, ularning tillari o‘zbek tilidan 
farqlanishini yoki o‘xshashligini aytadilar. 
O‘qituvchi til so‘zining o‘zbek, qirg‘iz, qozoq tillarida bir xil “til” 
tarzida aytilishini, rus, ukrain, belorus tillarida ham “язик” ko‘rinishida 
qo‘llanilishini, sababi yuqoridagi tillar bir-biriga qarindosh ekanligini 
tushuntirib beradi. Qarindosh bo‘lmagan tillarda bir-biridan keskin 
farq qilishini ingliz tilidagi “tongue”, “linguage” so‘zlari misolida 
tushuntiriladi.
2-mashqni ishlashda ham o‘quvchilar faollikka tortiladi. Ularga 
1. Ijtimoiy hodisa deganda nimani tushunasiz? 2. Til ijtimoiy hayo-
ti 
mizning qaysi sohalarida ishlatiladi? 3. Respublikamizda qaysi 
tillardan foydalanamiz? kabi savollar tashlanadi va javoblar olinib, 
umumlashtiriladi. Ushbu mashq o‘quv chilarning GAPIRISH ko‘nik-
masini shakllantirishga qaratilgan.
O‘quvchilardan quyidagi fikrlarga munosabat bildirish so‘raladi. 
1. Til bilmasdan chet ellarga borgan odam qiyin vaziyatga tushib 
qoladi.
2. Til yo‘qolsa, millat ham yo‘qolib ketadi.
3. Inson o‘z hayoti davomida ko‘plab tillarni o‘rgana olishi mumkin.
4. Til – og‘zaki so‘zlashuv quroli. Uni o‘qimasdan turib ham 
o‘zlashtirsa bo‘ladi.
5. Til – millat mulki. Uni e’zozlash va qardlash lozim.
6. Inson o‘z hayoti davomida 10 tadan ortiq tilni o‘rgana olmaydi. 
Aytilgan fikr-mulohazalar asosida quyidagi nazariy fikr o‘quvchilarga 
o‘qitiladi, 3–4 ta o‘quvchidan qayta so‘zlash so‘raladi.
Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga ko‘ra 
u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fikrlaymiz va boshqalarga 
fikrimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi.
Lug‘at: 
ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid


25
O‘qituvchi nazariy qoidadagi tushuntirishda kalit so‘z sanalgan 
ijtimoiy so‘zining izohiga alohida urg‘u berishi lozim.

Download 5.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling