II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
SO‘Z MAVJLANGANDA
125-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Xoja Fazlulloh Abullaysiy − Samarqand akobiridindur. Faqih Abullays avlodidandur. Fiqhda ani Abu Hanifayi Soniy derlar erdi va arabiyatda Ibn Hojib kaffasida tutarlar erdi. Sayid Sharifning shogirdi erdi va Sayid o‘z xatlari bila ulumi dars ayturg‘a ijozatnomalar aning uchun bitib erdi. Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o‘qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, “farzand” der erdilar.
Bovujudkim, Samarqandning a’lami ulamosi erdi, she’r va muammog‘a dag‘i moyil erdi. Bu matla’ alarningdurkim:
Qadi chun sarvi tu jon ast maro, balki ravon,
So‘yam, ey sarv, ravon shavki, fido sozam jon.
Xoja Samarqandda tangri taolo rahmatig‘a bordi va o‘z xonaqohida jaddining gunbazida madfundur.
(“Majolis un-nafois”)
134-mashq. Ajratilgan so‘zlar qaysi turkumdagi so‘zlarga bog‘lanib kelayotganini, lug‘atdan esa ularning ma’nosini aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chiring.
Izoh uchun so`zlar: ulug`, ilmlar, bobo, avlod, dafn etilgan, islom huquqshunosligi.
126-topshiriq. Matn mazmunini uchta gap bilan ifoda eting.
127-topshiriq. Uch gap mazmunini bir sodda gapda bering.
135-mashq. Tuzgan sodda gapingizni matnning asosiy g‘oyasi bilan qiyoslang va qayta ishlang.
136-mashq. Ma’nodosh so‘zlar lug‘atidan foydalanib, matndagi aniqlovchi vazifasida kelgan so‘zlarni ma’nodoshlari bilan almashtirish mashqini bajaring.
Foydalanish uchun so`zlar: padari buzrukvor, ota, shamshod, tik, sanobar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob
Savol va topshiriqlar
1. Matn qaysi alloma haqida?
2. Olim qayerlik?
3. U kishi fiqh ilmida qaysi darajaga ko`tarilgan?
4. Sayyid Sharif kim?
5. Ustozi Navoiyga qanday munosabatda bo`lgan va nima deb murojaat etardilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |