1. Nodonlardek otangning kimligini pesh qilma, O`zingga sen hunardin o`zgani ota bilma. (A.Jomiy) 2. Kamol ahli aro, albatta, topg`ay izzati oliy, Har qaysi kasbida har kimsakim qildi hunar ixlos. (Ogahiy) 3. Har bir hunarg`a bordur mushkul base mashaqqat, Beranj muft davlat bor elga nogahonda. (Nodim) 4. Hojatmand kishini noumid qaytarma. (Luqmoni Hakim) 5. Agar yerga topshirsang bir arpa dona, O`rim vaqti berar biri yuz dona. (A.Jomiy) 6.Rayimbek dodxoh qilich yalanglab, sipohlar oldida olomong‘a qarab yugurdi. Biroq uning bu g‘ayrati o‘zi uchun halokat bilan natijalanib, Usta Mo‘minjon ismlik bir miltiq ustasining otqan o‘qi bilan ko‘kragidan yaralanib yiqildi. (A.Qodiriy)
Uyga vazifa
133-mashq. Fikrlarni muhokama qilib, munosabatingizni bildiring va xulosangizni yozma bayon eting
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Ona tili» 8-sinflar uchun
8-« » «_____________» 8-« » «_____________»
64-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |