Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet32/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

12.Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan?
A) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. B) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi.
C) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar.
D) Qish kelib zerikarli tunlar boshlandi.
13.-iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan?
A) chiniq, yo’liq B) chiziq, yo’riq
C) to’liq, yopiq D) qichqiriq, chiziq
14.Tub + yasama so’zdan iborat bo’lgan qo’shma sifatlarni belgilang.
A) ommabop, rahmdil
B) ishyoqmas, erksevar
C) jigarrang, balandparvoz
D) to’g’ri javob berilmagan
15.Otlashgan sifatlar qaysi gapda berilgan?
A) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas.
B) Oramizda bilimdon o’quvchilar ko’p.
C) Dono, aqlli odamlar hech qachon yo’ldan adashmaydi.
D) Yaxshilik, ezgulik insonning eng oliy fazilatidir.
16. Maza-ta’m sifatlari berilgan qatorni aniqlang.
A) bo’ydor, xushbo’y B) serob, kamchil
C) badbo’y, sovuq D) nimtatir, chuchmal
17.Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar mavjud?
A) Bog’dagi gullarning muattar bo’yi atrofga taralmoqda.
B) Ko’chadagi bolalar yugurib ketishdi.
C) Biz achchiqqina sho’rvani ichib oldik.
D) Andishali odam qo’rqoq bo’lmaydi.
18.Qaysi qatorda asliy sifatlarning ozaytirma shakli berilgan?
A) Muyulishda eng katta yuk mashinasi ko’rindi.
B) O’quvchilar tap-tayyor binoga ko’chib o’tishdi.
C) Kutubxonadan yangigina kitobni olib keldim.
D) Olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq.
19.Qozonga yaqinlashsang qorasi yuqar, yomonga yaqinlashsang balosi yuqar. Ushbu gapdagi otlashgan sifatlar gapda qanday sintaktik vazifani bajaryapti?
A) ega va ega B) to’ldiruvchi va kesim
C) ega va to’ldiruvchi D) hol va kesim
20.Taqlid so’zdan yasalgan sifatlar berilgan qatorni toping.
A) guldurak, bizbizak
B) bijildoq, po’rsildoq
C) dag’dag’a, vasvasa D) A va B
21.Ozaytirma va kuchaytirma sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday sifatlar hisoblanadi?
A) sodda, tub sifatlar
B) qo’shma, yasama sifatlar
C) ozaytirma sifatlar sodda tub, kuchaytirma sifatlar sodda yasama
D) ozaytirma sifatlar qo’shma, kuchaytirma sifatlar yasama
22.Otlashgan sifatlar qanday qo’shimchalarni qabul qilmaydi?
A) kelishik qo’shimchalarini
B) egalik qo’shimchalarini
C) so’z yasovchi qo’shimchalarni
D) barcha qo’shimchalarni qabul qila oladi.
23.Sinonim sifatlar berilgan qatorni toping.
A) iltimos, o’tinch, tavallo
B) odat, rasm, urf
C) suluv, barno, kuhlik
D) kattalik, buyuklik, ulug’lik
24.Ushbu gapdagi sifatlarning ma’no turini toping. U eski bino ro’parasida ma’yus o’tirardi.
A) xususiyat bildiruvchi
B) holat bildiruvchi
C) vaqt va o’rin bildiruvchi
D) shakl-hajm bildiruvchi
25.Boshqa turkumlardan sifatga ko’chgan so’zlar qatnashgan birikmalarni toping.
A) zangori osmon, beparvo odam
B) tilla odam, kumush qish
C) bemor kishi, och odam
D) ko’rpalik chit, yozgi bino
26.Qaysi qatorda sifatlarning morfologik xususiyatlari ko’rsatilgan?
1.belgining darajasini ko’rsatadi. 2.otlashib keladi 3.gapda aniqlovchi bo’lib keladi.
A) 1 B) 1, 2 C) 1, 2, 3 D) 2, 3
27.Qaysi gapda paytga munosabat bildiruvchi sifat mavjud?
A) Uydagi gap ko’chaga chiqmasin.
B) Buvim va bobom pastki hovlida o’tirishadi.
C) SHodmonqul ertalab guzarga chiqib ketdi.
D) Sport musobaqalarida dastlabki natijalar chakki emas.
28.Orttirma darajasidagi sifatlar qanday usul bilan hosil bo’ladi ?
1.morfologik usul 2.leksik usul 3.leksik-semantik usul 4.fonetik usul
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3.4

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling