Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet34/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

46.Gapda kesim bo’lib kelgan sifat qaysi qatorda berilgan?
A)Eng oliy fazilat kamtarlikdadir.
B) Nodonga hech do’st topilmas.
C) Bizda bunday mevalar talaygina.
D) El siylagan yurtda aziz.
47. ...Bu go’zal qiz ...oq-sariq tusda yaratilgan edi.Ra’noning sochi gungurt-qora , ya’ni quyoshsiz joylarda qora ko’rinsa ham, quyoshda biroz sarg’ish bo’lib ko’rinar edi.Sochlari juda quyuq, sanoqsiz kokillar orqa-o’ngini tutib yotar.
Ushbu matnda nechta sifat mavjud?
A) 7ta B)8ta C) 10ta D) 9ta
48 Qaysi qatordagi gapda ozaytirma sifat mavjud?A) Daraxtlarning bargi asta shivirlagandek bo’lardi.
B) Musobaqaga mening shirinimgina qatnashmadi.
C) Tug’ilgan kunga nimpushti atirgullarni saralab oldik.
D) Ro’molchamning och rangi ham bilinmay ketdi.
49.Ozaytirma sifat hosil qiluvchi qo’shimchalardan qaysi biri rang bildiruvchi sifatdan boshqalariga ham qo’shilishi mumkin?
A) –ish B) –imtir C) –qina
D) barchasi faqat rang bildiruvchi sifatlarga qo’shiladi
50.Sifatlar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
A) sodda, qo’shma, juft
B) sodda va qo’shma
C) sodda, qo’shma, juft va takror
D) sodda, juft
51.Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z...
A) ravish B) sifat
C) sifatdosh D) ravishdosh
52.Yasama sifat qatnashgan gapni toping.
1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin.
2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2 3) 1, 2, 3, 4 4) 2, 3, 4
53.no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi?
A) -li B) -dor C) ser- D) -mand
54.Takroriy sifat qanday vazifani bajaradi?
A) yangi so’z yasaydi
B) belgini ta’kidlab, kuchaytirib ifodalaydi
C) gapda hol bo’lib keladi D) A, B, C
55.Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar ........
A) asliy sifatlar B) nisbiy sifatlar
C) qiyosiy daraja sifatlari
D) orttirma daraja sifatlari
56.Asliy sifat berilgan qatorni toping.
A) derazali B ) yuzaki
C) ko’chma D) qishki
57.Belgini to’g’ridan –to’g’ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lmagan sifatlar ....
A) asosiy sifatlar B) nisbiy sifatlar
C) ozaytirma daraja D) qiyosiy daraja
58.Ozaytirma sifat hosil qiluvchi so’zlarni belgilang.
1.sal 2.biroz 3.juda 4.xiyla
A) 1, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 4 D)1, 2
59. Sifatlarning qanday darajalari bor?
A) oddiy daraja, qiyosiy daraja B) oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja
C) oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma daraja
D) qiyosiy daraja, orttirma daraja, ozaytirma daraja
60.Sifatning oddiy daraja shakli deb nimaga aytiladi?
A) Belgining me’yordan ortiq ekanligini bildiradigan sifat shakli
B) Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli
C) Belgining me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat shakli
D) Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi sifat shakli
61. Qaysi gapda makon yoki zamon bildiruvchi sifatlar mavjud?
A) Ishonmay desalar , oldilarida bir talay xushbo’y, ko’m-ko’k bo’tako’z gullar turibdi.
B) Elmurod keng va yorug’ xonaga kirdi.
C) Kecha akam bilan Qoratepaga borib keldik.
D) Fermer xo’jaliklarida bahorgi bug’doy yig’ishtirib bo’lindi.
62.Qaysi gapda otlashgan sifat qaratqich aniqlovchi vazifasida kelgan?
A) To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
B) Yomon bilan yo’ldosh bo’lsang, yomondan burun o’lasan.
C) To’g’rining gapi sariyog’, egrining gapi to’qmoq.
D) Hunarli o’lmas, hunarsiz kun ko’rmas.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling