Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet35/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

63.Sifatlarning ma’no guruhlarini belgilang.
1.Xususiyat bildiruvchi sifatlar 2.Rang-tus bildiruvchi sifatlar 3.Maza-ta’m bildiruvchi sifatlar 4.Hajm-o’lchov bildiruvchi sifatlar 5.Hid bildiruvchi sifatlar 6.Makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 4 D) yuqoridagilarning barchasi
64.Qaysi gapda hid bildiruvchi sifatlar qatnashgan?
A) Elmurod chaynaganini yutinib, nonga tikilib qoldi.Juda shirin. Bu qanday non o’zi?
B) Sap-sariq oltinday behilar sotuvga chiqarildi.
C) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o’xshaydi.
D) Bir g’uncha edingiz yel ham tegmagan, ifor taraladi sizdan muattar


S o n
1. Miqdor sonlarning turi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) tartib, sanoq, dona, jamlovchi, kasr sonlar
B) dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlar
C) sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlar
D) sanoq, tartib, chama, taqsim, kasr, jamlovchi sonlar
2. CHama sonlar qanday hosil qilinadi?
A) sanoq songa –tacha, -lab qo’shimchalarini qo’shish bilan
B) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida
C) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali D) A, B, C
3. Bir so’zi qanday ma’nolarni ifodalaydi?
1.aniq miqdor son ma’nosini 2.gumon ma’nosini 3.ko’rsatish ma’nosini
4.mo’ljal ma’nosini
A)1, 3 B)1, 2 C)1, 2, 4 D)1, 2, 3, 4
4.Qaysi sonlar ma’no jihatidan otlarga yaqin turadi?
A) tartib sonlar C) miqdor sonlar
B) jamlovchi sonlar D) kasr sonlar
5. Tartib sonlar qaysi so’z turkumiga yaqin turadi?
A) otlarga B) sifatlarga
C) sonlarga D) olmoshlarga
6.Umumxalq bayramlarini ifodalovchi tartib raqamli so’z birikmalarida kunning tartib raqami va oy nomi qanday yoziladi?
A) harflar bilan yozilsa kichik harf bilan, oy nomi esa bosh harf bilan yoziladi
B) har ikkalasi ham bosh harf bilan yoziladi
C) har ikkalasi ham kichik harf bilan yoziladi
D) harflar bilan yozilsa bosh harf bilan, oy nomi esa kichik harf bilan yoziladi
7.Qaysi rim raqamlari noto’g’ri berilgan?
A) DS (500) B) SM (900)
C) LX (60) D) SS (200)
8.Milliy istiqlolga birinchi qadam 1989 - yil 21- oktabr ”Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilish bilan qo’yildi. Ushbu gapdagi birinchi so’zi o’rniga uning ma’nodoshlaridan qaysi birini qo’ysa mantiqan to’g’ri bo’ladi?
1.avvalgi 2.dastlabki 3.ilk 4.eng yaxshi
A) 1, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3
9.Qaysi rim raqamlari noto’g’ri berilgan?
A) LXXX (80) B) CCC (300)
C) M (1000) D) barchasi to’g’ri berilgan
10.Jamlovchi son yasovchi – ovlon qo’shimchasi ko’proq qaysi so’zlashuv tili uchun xos ?
A) barcha so’zlashuv tili uchun xos
B) xalq so’zlashuv tili uchun xos
C) eski so’zlashuv tili uchun xos
D) eski tilimiz va xalq so’zlashuv tili uchun xos
11.Qaysi hisob so’zi asosan jonli mavjudot nomlari bilan qo’llanadi?
A) tup B) bosh C) dona D) nafar
12.Qaysi qatorda otlashgan sonlarga egalik qo’shimchasi noto’g’ri qo’shilgan?
A) ikkovimiz, to’rtalasi
B) beshovim, ikkalam
C) uchovlari, beshalangiz
D) uchovi, to’rtovi
13.Qaysi qatordagi gapda hisob so’zlari mavjud?
A) CHo’ponlar har tunda bittadan qo’y g’oyib bo’layotganini sezib qolishdi.
B) Beshinchi, oltinchi kechuvga borganda dara ancha torayib qoldi.
C) SHu orada mezbon ikki hovuch arpa solingan tog’olchani keltirib qo’ydi.
D) Aravaga qo’shib bo’lmaydigan begona ikki otdan tamoman darak yo’q.
14.Kasr son qatnashgan gapni toping.
A) Bolalar eshaklarga yem berib, o’zlari ham oz-ozdan non yeb olishguncha yarim soat vaqt o’tdi.
B) Azim har yelkasiga to’rttadan odam o’tiradigan yigit bo’libdi.
C) Sizlar mana shu to’qqizta xivichni birga qo’shib sindirib ko’ringlar-chi!
D) Bekatda o’ntacha odam avtobus kutib turardi.

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling