Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar


Download 227.6 Kb.
bet55/82
Sana24.01.2023
Hajmi227.6 Kb.
#1115932
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82
Bog'liq
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

81.His-hayajon undovlari qanday hissiyotlarni ifodalaydi?
1.quvonch 2.erkalash va erkalanish 3.jonivorlarni haydash-chaqirish
4.rohatlanish 5.norozilik, g’azab-nafrat 6.hayron qolish
7. og’riqdan azoblanish
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 2, 4, 5, 6, 7 C) 1, 2, 4, 5 D) yuqoridagilarning barchasi
82. Otlashgan undov so’z qanday sintaktik vazifa bajaryapti?
Uning oh-vohiga hech kim quloq solmadi.
A) ega B) to’ldiruvchi
C) aniqlovchi D) kesim
83.Kel, ikkovimiz bir shaxmat o’ynaylik.
Ushbu gapdagi kel so’zi ...
A) buyruq maylidagi fe’l B) modal so’z
C) undov so’z D) ko’makchi
84. Olmoshdan undovga ko’chgan so’z qaysi gapda mavjud?
A)Hormang, ishlar ketyaptimi? B)Bizni unutmabsiz, yashang!
C)Qani, bir chekkadan gapirib ber-chi! D)Yo’qol, ko’zimga ko’rinma!
85. Tovushga taqlid so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) yalt-yult, hang-mang
B) lip-lip, jimir-jimir
C) g’a-g’a, di-did
D) duv-duv, pir-pir
86.Qaysi takror taqlid so’z qismlari yakka holda ham qo’llanishi mumkin?
A) alang-jalang B) duv-duv
C) apil-tapil D) salang-salang
87.Qaysi gapda tovushga taqlidni bildiruvchi so’z bor?
A) Namoz g’azabi oshib, dag’-dag’ qaltiray boshladi.
B) Boshidagi toj yal-yal yonarmish.
C) CHiroq lip-lip etib o’chib qoldi.
D) Ko’chadan qiy-chuv ovozlar eshitildi.
88.Qaysi gapda holatga taqlidni bildiruvchi so’z mavjud?
A) Dupur-dupur ot keldi, Ko’chaga qarang, kim keldi?
B) Birovning oldiga borib “ vov-vov ” qilib hursa, podshoh gunohkorni etmish ikki darra urdirar ekan.
C) SHamolda g’o’ralar duv-duv to’kildi.
D) Amirkon etik bilan g’arch-g’urch bosib kirib keldi.
89.Otlashgan taqlid so’z qatnashgan gapni toping.
A) SHoikrom onasining barmoqlari tars-tars yorilib ketganini endi payqadi.
B) To’rtta savag’ich bilan tap-tap urib, par singari qilib titibdi.
C) Odamlarning g’ovur-g’uvuri endi to’xtadi. D) CHiroq lip-lip etdi.
90.Aniqlovchi vazifasida kelgan taqlid so’zni toping.
A) Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda, g’o’ng’ir-g’o’ng’ir ovozdan uyg’onib ketdim.
B) U qo’rquvdan dir-dir titrar edi.
C) Yashik ichida mixchalar g’uj-g’uj.
D) Qushlarning chug’ur-chug’uri olmni buzdi.
91.Gap tarkibidagi tovushga taqlidni bildirgan so’zni toping.
A) U suvni qult-qult icha boshladi.
B) Bechora goh onasiga, goh dadasiga mo’lt-mo’lt qilib termulardi.
C) Bedananing uyi yo’q, qayerga borsa pit-pildiq. D) A, C
92.Ifodalanayotgan fikrga so’zlovchining munosabatini bildirgan so’zlar...
A) undov so’zlar B) modal so’zlar
C) taqlid so’zlar D) ko’makchilar
93.Avvalo, insonning qalbi go’zal bo’lmog’i kerak. Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini toping.
A) ishonch B) gumon
C) fikrning tartibi D) fikrni xulosalash
94.Afsuski, besh qo’l barobar emas. Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini ayting.
A) quvonch B) gumon
C) fikrni xulosalash D) achinish
95.Fikrning dalillanishini bildiruvchi modal so’zni toping.
A) Demak, menning gapim yolg’on Bu gunohing undan yomon.
B) Ertaga bo’ladigan yig’ilishga qariyalar, jumladan, Hafiz ota ham qatnashadilar.
C) Darhaqiqat, bu yil bahor erta keldi.
D) Xayriyat, odamlarimizga insof va diyonat qaytib kelmoqda.
96.Vazifadosh modal so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) haqiqatan, albatta B) shubhasiz, balki
C) xullas, masalan D) attang, umuman
97.Sof modal so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) aftidan, ehtimol B) chamasi, shubhasiz
C) balki, tabiiy D) avvalo, attang
98.Qaysi gapda fikrni xulosalash ma’nosidagi modal so’z qatnashgan?
A) Avvalo, bu masalani o’z ichimizda hal qilib olishimiz lozim.
B) Aftidan, G’ulomjon bu g’alvalarni ataylab boshlagan.
C) U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo’lar edi.
D) Bunday gaplar, umuman, Abdusattorning qulog’iga kirmas edi.
99.Ushbu gaplarda qatnashgan modal so’zlarni tartib bilan belgilang.
1.Bo’ron bo’lishi ehtimol, qizim. 2.Gulchehraning chamasi to’g’ri chiqdi-ku !
3.U nafaqat kattalarga, balki kichiklarga ham shunday muomalada bo’lar edi.
4.Uning “ ko’cha bolasi “ ekanligini aftidan bilib olish qiyin emas edi.
A) ehtimol, -ku, balki, aftidan
B) ehtimol, chamasi, balki, aftidan
C) qizim, chamasi, balki, aftidan
D) modal so’z qo’llanmagan
100.Masalan, ertaga bo’ladigan yig’ilishda bu haqda gapirishim mumkin. Ushbu gapdagi masalan modal so’zining ma’nosi . . .
A) fikr xulosalanyapti
B) fikrning tartibi bildirilyapti
C) fikr dalillanyapti
D) tasdiq ma’nosi ifodalanyapti
101.Qaysi gapda vazifadosh modal so’z qatnashgan?
A) Ertaga yomg’ir yog’adi, shekilli.
B) Taxminan, oradan o’n-o’n besh kunlar o’tdi.
C) To’g’ri, biz hali sizchalik zo’r bilimga ega emasmiz.
D) Attang, biroz kech qolibmiz-ku.
102.Xullas, biz ulug’ odamlarning farzandlarimiz. Ushbu gapdagi modal so’zning ma’nosini toping.
A) fikr xulosalanyapti
B) fikr tartibi bildirilyapti
C) fikr dalillanyapti
D) ishonch munosabati ifodalanyapti
103.Tasdiq so’zlar qatnashgan dialogni belgilang.A) — Siz shu maktabda o’qiysizmi? — Ha.
B) — Sakkizinchi sinfda o’qiysizmi? — Yo’q, yettinchi sinfda.
C) — Siz sigaret chekasizmi? — Mutlaqo.
D) —Doim shunday kech qolib yurasizmi? —Aslo.
104.Inkor so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) attang B) balki
C) mutlaqo D) shaksiz
105.Tasdiq so’zlar berilgan qatorni aniqlang.
A) haqiqatan B) darhaqiqat
C) mayli D) A, B
106.Mohira dugonasining kelishidan umidini uzdi, chog’i, bir o’zi ketaverdi. Ushbu gapdagi chog’i so’zi haqida aytilgan qaysi hukm to’g’ri?
A) fikrning dalillanishini bildiruvchi modal so’z
B) gumon ma’nosini bildiruvchi modal so’z
C) inkor so’z
D) ishonch munosabatini bildiruvchi modal so’z
107.Bunday so’zlar diologik nutqda –mi so’roq yuklamasi orqali ifodalangan so’roq gaplarning javobi bo’lib keladi. Ushbu fikr qaysi grammatik birlik haqida aytilmoqda?
A) modal so’z B) so’roq gap
C) tasdiq va inkor so’zlar
D) ritorik so’roq gap
108.Ko’makchilar qaysi so’z turkumlarini bir-biriga bog’lashi mumkin? 1.otni ot so’z turkumiga bog’laydi 2.otni sifat so’z turkumiga bog’laydi 3.otni ravish so’z turkumiga bog’laydi 4.ko’makchilar faqat otni fe’lga bog’laydi
A) 1, 2, 4 B) 1, 4 C) 4 D) 1, 2, 3, 4

Download 227.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling