Ona tili fanidan test topshiriqlari
-sinf ona tili test topshiriqlari 4-chorak
Download 254.88 Kb.
|
Ahrorov metodik tavsiya
10-sinf ona tili test topshiriqlari 4-chorak
1.Berilgan nuqtalar o`rniga ga mos so`zni qo`ying. Bir guruh ulfatlar tijorat maqsadida chet …..ga borishdi. A) el B) yurt C) shahar D) o‘lka 2.Berilgan nuqtalar o`rniga ga mos so`zni qo`ying. Ular gavjum shahardagi sakson qavatli … yetmish beshinchi qavatiga joylashishdi A)mehmonxona B)bino C) ofis D) imorat 3. Berilgan nuqtalar o`rniga ga mos so`zni qo`ying Mehmonxonaga qaytishganida soat o‘n birdan o‘n daqiqa o‘tgan edi. Xizmatchilardan liftni ishlatib berishni qilishdi, lekin foydasi bo‘lmadi: lift avtomatik ravishda o‘char ekan. A) iltimos B) talab C) da’vo D) iddao 4. Berilgan nuqtalar o`rniga ga mos so`zni qo`ying . lift avtomatik ravishda o‘char ekan. Pastda qolishning ham iloji yo‘q, yetmish beshinchi qavatga zinapoya orqali piyoda chiqish esa azob. Shunda bittasi: – Kelinglar, sekin suhbatlashib chiqib ketaveramiz. Avvalgi yigirma besh qavatda …. aytamiz, hazil-huzul qilamiz,-deyishdi. A) latifa B) qo‘shiq C) askiya D) topishmoq 5. Qarg‘a sayradi . Gap qaysi jihatdan nomos? A)uslubiy nomoslik B) gramatik nomoslik C) mantiqiy nomoslik D) sintaktiknomoslik 6. Otasini suyandi Gap qaysi jihatdan nomos? A)uslubiy nomoslik B) gramatik nomoslik C) mantiqiy nomoslik D) sintaktiknomoslik 7 Shomda oy bo‘zardi Gap qaysi jihatdan nomos? A)uslubiy nomoslik B) gramatik nomoslik C) mantiqiy nomoslik D) sintaktiknomoslik 8. Qaysi gapda so‘zlar bog‘lanishidagi moslik buzilgan? A.Titroqni bosishga chiranganidan peshonasi va yuzlarida sovuq ter tomchilari paydo bo‘ldi B. Momoqiz o‘rog‘ini yerga qadab, ro‘molini boshiga yelvagay qilib o‘radi. (T. Murod) C. Zarkosani etaklari ancha tekis, yilqilarni yozda boqish uchun juda bop yaylov edi. (M. Safarov) D. U o‘ziga kelganida mashinaning qizil chiroqlari uzoqlashgan, yo‘l chekkasida to‘planib turgan odamlar allaqachon tarqalib ketgandi. (M. Tillayev) 9. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib gapni to‘ldiring. Jigarrang jemper kiyib, kichkina qora sherst ro‘moli… dahani… bog‘lab olgan novcha, qotma bir ayol ostona… kira solib u bilan quchoqlashib ko‘rishdi. (S. Zunnunova). A. -ning, -ni, -dan; B. -ni, -dan, -dan; C. -ni, -ga, -dan; D. -ga, -ni, -dan; 10. abdolvash so`zining ma`nosini toping. A) keng yag`rinli B) darveshsifat C) kiymay yelkaga tashlanadigan to`n D) qizg`anchiq 11.devalgay so`zining ma`nosini toping. A) keng yag`rinli B) darveshsifat C) kiymay yelkaga tashlanadigan to`n D) qizg`anchiq 12. Berilgan birliklardan qaysilari mantiqiy jihatdan notog`ri bog`langan? 1) uch kundan oldin ketmoq; 2) kuzdagi boychechak; 3) vaqtdan foydalanish; 4) odimlayotgan ilon; 5) samolyotda yelmoq; 6) gulni barglari; 7) mevani ekmoq; 8) belkurak bilan chopmoq; 9) uyga dam olmoq; 10) suv ichida cho‘milmoq. A) hammasi B) 1,4,5,7, 8 C) 2,3,6,9,10 D) 1,2,3,5,7 13. Berilgan birliklardan qaysilari gramatik jihatdan notog`ri bog`langan? 1) uch kundan oldin ketmoq; 2) kuzdagi boychechak; 3) vaqtdan foydalanish; 4) odimlayotgan ilon; 5) samolyotda yelmoq; 6) gulni barglari; 7) mevani ekmoq; 8) belkurak bilan chopmoq; 9) uyga dam olmoq;10) suv ichida cho‘milmoq. A) hammasi B) 1,4,5,7, 8 C) 2,3,6,9,10 D) 1,2,3,5,7 14. Nuqtalar o`rniga mos so`zlarni qo`ying . – Yaxshi eslatdingiz, Saidaxon, o‘zimam bir … deb yurgandim, hoziroq … A) qo‘ng‘iroq qilaman, gaplashaman B) sim qoqaman , so‘zlashaman C) telefonlashaman, xabarlashaman D) telefonlashaman, sim qoqaman 15. Sinonimlik munosabati barqaror qatorni toping A) go‘zal – oy – gul B) kishi – odam – inson C) bet, aft, bashara D) ko`k, osmon, fazo 16. Nutqiy munosabat barqaror sinonimlar qatorini toping. A) go‘zal – oy – gul B) kishi – odam – inson C) bet, aft, bashara D) ko`k, osmon, fazo 17. Qaysi qatorda „ortiqcha“ sinonimlar berilgan: A. Qizil, ol. B. Gulgun, arg‘uvoniy. C. Arg‘uvoniy, qirmizi. D. Zard, axtar. 18. Quyidagi sinonimlardan qaysi biri ko`proq shevaga xos so`z hisoblanadi? A) dovdiramoq B) kalovlanmoq C)obdiramoq D)talmovsiramoq 19. Qaysi so`z turkumlarida qarama-qarshi(antoimlik) munosabat yo`q? A) faqat olmoshlarda B) olmosh, son, harakat nomi C) olmosh, son, yordamchi so`zlarda D) yordamchilar va ravishda Download 254.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling