Ona tili fanidan test topshiriqlari


-sinf ona tili test topshiriqlari 1-chorak


Download 254.88 Kb.
bet9/15
Sana05.02.2023
Hajmi254.88 Kb.
#1167863
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Ahrorov metodik tavsiya

11-sinf ona tili test topshiriqlari 1-chorak
1.Tildagi o`sish-o`zgarishlarning xolis va birlamchi ko`zgusi uning nimasida aks etadi?
A.Tildagi so`zlarning o`zgarishida . B. Tilning lug`at boyligida.
C. Ta`lim va madaniyat sohasida . D. Tildagi so`zlarning kamayib ketishida.
2.O`zbek tilining o`z ichki imkoniyatlari asosida hosil qilingan yangi so`zlarni toping.
A.Millioner, qadriyat, dasturchi. B. Fermer, ahdnoma, kolxoz.
C. Internet, nodavlat, model. D. Ahdnoma, kafolatnoma , hukumatlararo, nomoddiy, dasturchi.
3.Eskirgan deb atalgan qaysi so`zlar tilga olib kirilmoqda?
A.Brifing, kapital, ma`naviyat. B. Millatparvar, qadriyat, jarroh, matbaa.
C. Janob, muallif, tijorat. D. Munaqqid, tijorat, parlament, firma.
4.Umrini yashab bo`lgan tushunchalarni ifodalovchi qaysi so`zlar nofaol zaxiradan joy olmoqda?
A)Kolxoz, sovxoz, ateist. B. Biznesmen, hokim, zobit.
C. Savdogar, kredit, birja. D. Tashxis, tijorat, reyting.
5.Ilgari salbiylik bo`yog`iga ega bo`lgan qaysi so`zlar keyinchalik ijobiy bo`yoq kasb etmoqda?
A.Magistr, savdogar, nomoddiy. B. Firma, litsey, internet.
C. Biznes, millioner, savdogar, kapital, parlament. D. Millatparvar, modellashtirish.
6.O`zbek tiliga xorijiy tillardan olingan so`zlarni toping.
A.Bakalavr, barter, magistr, kredit, reyting. B. Fermer, dastur, kafolat.
C. Mamlakat, millat, xalq. D. Me`yor, soha munosabat.
7.A. Navoiy ta`riflashicha, hayotning mohiyati hisoblangan to`rt unsur: Suv , havo, olov, tuproqning ham yeti sayyoraning ham nima tifayli vujudga kelganini aytadi ?
A. Kitob tufayli. B. Inson tufayli. C. So`z tufayli. D. tuproq tufayli.
8.Istifoda so`zining ma`nosi nima ?
A. Biror narsa, ish- harakatning boshlanishi. B. Savdo-sotiq ishlari.
C. Butunni tashkil etgan murakkab narsaning tarkibiy qismi. D. Foydalanish, ishlatish.
9.“ Odobning boshi tildir” ushbu maqol kimning qaysi kitobidan olingan?
A.Yusuf Xos Hojibning “ Qutadg`u bilig”. B. Mahmud Koshg`ariyning “ Devonu lug`otit turk ”.
C. A. Navoiy “ Xamsa”. D. A. Avloniy “ Turkiy guliston yoxud axloq”
10.Tilning sofligi, nutq odobi haqida jiddiy fikr bildirgan ma`rifat darg`alarini toping.
A.Muqimiy, Furqat. B. U. Nosir, Xamza, Avloniy.
C. Zulfiya , Zavqiy. D.Fitrat, Avloniy, Behbudiy, A. Zohiriy.
11.“ Har bir millatning dunyoda borlig`in ko`rsatadurg`on oyinayi hayoti til va adabiyotidur”. Ushbu parcha kimga tegishli?
A. Cholpon “ Kecha va kunduz”. B. Dilshod Rajab “ So`z sehri”.
C. Iqbol Mirzo “ Ona tuproq”. D. A. Avloniy “ Turkiy guliston yoxud axloq” .
12.“ Jon kuydirmoq ” iborasining ma`nosi to`g`ri ko`rsatilgan javobni toping.
A.Behurmat qilmoq. B. Faqat o`zini o`ylash.
C. Ruhan kuchli bezovtalangan holda g`amxo`r bo`lmoq. D. yuziga oyoq bosmoq.
13.Nutqning madaniyligini ta`minlaydigan asosiy sifatlarga nimalar kiradi.
A.To`grilik, rostlik, keraklilik. B. To`g`rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo`yalilik.
C. Aniqlik, mantiqiylik, rostlik, tezlik. D. Boylik, aniqlik, soflik, muhimlik.
14.Ipidan ignasigacha iborasining ma`nodoshi berilgan qatorni toping.
A.Miridan sirigacha. B. Ignasidan ipigacha.
C. So`xtasi sovuq. D. Boshdan oyoq.
15. A. Rustamovning “ So`z xususida so`z ” kitobida nutqning rang –barangligini oshiruvchi vositalarga nimalar kirishini aytib o`tgan?
A.Ta`kidlab so`zlash. B. Ma`nodosh so`zlardan, so`zning ko`p ma`noliligidan va yangi so`z yasash orqali.
C. O`ylab , rejalashtirib so`zlash. D. Aniqlik, lo`ndalik, mantiqiylik.
16.O’zbek adabiy tilida til me’yorlarining nechta turi bor?
A)4 ta B) 5 ta C)6 ta D) 7 ta
17. Og’zaki nutqning to’g’ri bo’lishida asosan nimalarga amal qilishimiz lozim?
A)Urg’u va gramatik me’yorlarga C) leksik me’yorlarga
C)So’z yasalish me’yorlariga D) Punktuatsiya me’yorlariga
18.Yozma nutq madaniyatini shakllantirishda nimalarga alohida ahamiyat berish lozim?
A)Gap tuzishga C) Qisqa so’zlashga
B) Tinish belgilarini to’g’ri qo’llashga D) So’z turkumlaridan o’rinli foydalanishga
19Nutqning aniqligi nima?
A)Bu so’zning o’zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq kelishi
B)Bu maqsadni bayon qilshda ohongdorliknng ortishi C)Bu sintaktik me’yorlarning buzilishi
D) Urg’uning so’zlarda aniq bir bo’g’inga tushishi
20.Badiiy nutqda so’z ma’nolarining siljishlari va ko’chishlariga nima sababchi bo’ladi?
A) Ma’nodoshlik B) obrazlilik C) Takroriylik D) adabiy me’yorlar
21.Badiiy nutqning asosiy vazifasi nimadan iborat?
A)Ma’no farqlashdan B) aniqlilikdan
C) Axborot yetkazishdan D) estetik ta’sir etishdan
22. Madaniy nutqning qaysi kommunikativ sifati nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasi
hisoblanadi?
A) nutqning mantiqiyligi B) nutqning ifodaliligi
С) nutqning aniqligi D) nutqning to'g'riligi
23. Berilgan fikrlarning nechtasi to'g'ri?
1) Nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi.
2) Nutqning to‘g‘riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo'lib, maktab ona tili ta'limining asosiy maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutq tuzish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
3)Adabiy til me’yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqning noto'g'ri tuzilishiga olib keladi.
4)To‘g‘rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy til me’yorlariga to'la mosligi asosida yuzaga keladi. A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to'rttasi
24 O‘zbek adabiy tilida qaysi me’yorlar farqlanadi?
1) leksik (so'z qo'llash) me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so'z yasalishi me’yorlari; 4) morfologik 3) o'zbek tiliga kirib kelgach, ma’nosi o'zgarib, me'yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me'yorlar.
A) 1,2, 3, 4, 5, 6 B) 1, 2, 3, 6 C) 1, 4, 5, 6 D) 1,3, 4, 5,6
25.Bu xabarni eshituvchi - Kumushbibining qora ko'zlari jiq yoshga to'lib, kipriklari yosh bilan, kipriklari yosh bilan belandilar. (Abdulla Qodiriy) Ushbu gapda...
1) muayyan estetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holati kuzatilgan va u badiiylik uchun xizmat qilgan; 2) tasvirga erka bir ohang berish maqsadida ijodkor ega shaxs bo'lmay, ko'plik sonda bo‘lsa-da, kesim ko'plik qo'shimchasini olmaslik me’yorini buzgan; 3) so'z qo'llash me’yori ataylab buzilgan.
A) 1,2,3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3
26. Qaysi gapda adabiy tilga xos leksik me’yorning turg'unligi kuzatilgan?
A)Yaxshisi, chopqillab chiqqin-da, kesak otib, boyqushni uchirtirib yubor.
B)Ko‘l yoqasidan o'tgan zaxkashning muzdek salqin zaxob suviga qiychuvlashib cho'milishamiz.
C)Yo‘lga otlandi.
D)Yo'lga mashinalandi.
27.“Tabaa" so'zining sinonimi qaysi javobda berilgan?
A) tavba B) raiyat C) taraf D) abbat
28.Sho'rolar zamonida ishlatilgan “grajdan" so'zi qaysi tildan olingan?
A) lotin B) fransuz C) ispan D) rus
29. Ajdodlarimiz so'zlaganlarida, yozganlarida kamtarinlik yuzasidan o'zlarini (men so'zini ishlatishni
odob yuzasidan takabburlik deb bilib) qaysi so‘z bilan ataganlar?
A) tabaa B) raiyat C) fuqaro D) janob

Download 254.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling