Ona tili fanidan test topshiriqlari


“Grajdan” so'zining ma’nodosh(lar)ini toping. 1) tabaa; 2) raiyat; 3) fuqaro. A) 3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1,2,3 31


Download 254.88 Kb.
bet10/15
Sana05.02.2023
Hajmi254.88 Kb.
#1167863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahrorov metodik tavsiya

30. “Grajdan” so'zining ma’nodosh(lar)ini toping.
1) tabaa; 2) raiyat; 3) fuqaro. A) 3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1,2,3
31.Qaysi javobda “ruhan azoblanmoq, ezilmoq" ma’nosini ifodalaydigan ibora berilgan?
A)orasidan ola mushuk o'tmoq B) ich-etini yemoq
C)ta’bi tirriq D) tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq
32. Qaysi javobda ma’nodosh iboralar berilmagan?
A)ich-etini yemoq, o'z yog'iga o'zi qovurilmoq B) ta’bi xira, ta’bi tirriq
C) kayfi buzuq, ta’bi xira D) avzoyi buzuq, turqi sovuq
33.Yo‘q, qorin janoblari to'qlar, ertalab baliq yegan edik, faqat choy bo'lsa kifoya, - dedi u kulib.
(N. Aminov) Ush bu gapda badiiy vazifa bajarish maqsadida adabiy tilning qaysi me’yori nomuvofiq
qo'llangan?
A) leksik (so'z qo'llash) me’yori B) uslubiy me’yor
C)sintaktik me’yor D) morfologik me’yor
34. Sarsar so‘zining ma’nosi nima?
A)janubdan esgan yel B)sovuq shamol C) sharqdan esgan yel D)shiddatli shamol
35.Nutqning madaniyligini ta’minlovchi kommunikativ sifatlarning asosiylari qaysi qatorda to‘liq ko‘rsatilgan?
A)to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ilmiylik, madaniylik, boylik
B)mantiqiylik, aniqlik, ifodalilik, boylik, g‘alizlik, soflik
C) to‘g‘rilik, ifodalilik, boylik, g‘alizlik, ilmiylik, madaniylik
D) to‘g‘rilik, aniqlik, soflik, ifodalilik, mantiqiylik, boylik
36.Barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini nima bajaradi?
A)nutqning aniqligi B)nutqning mantiqiyligi
C)nutqning to‘g‘riligi D)nutqning sofligi
37. … mutaxassislar tominidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analrga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat organlari tomonidan tasdiqlanadi. Nuqtalar o‘niga kerakli jumlani qo‘ying.
A)punktuatsion me’yorlar B)imlo me’yorlari
C)ilmiy me’yorlar D)nutq madaniyati
38.Muayyan estetik maqsad adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari qayerda uchraydi?
A)Og‘zaki so‘zlashuvda B)ilmiy uslubdagi adabiyotda
C)Badiiy adabiyotda D)Bunday holat uchramaydi.
39.”O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” kitobining muallifi kim?
A)Azim Hojiyev B)Nizomiddin Mahmudov
C)Alibek Rustamov D)Shavkat Rahmatullayev
40.Nutq madaniyatining nechta bosqichi farqlanadi?
A)2 ta B)3 ta C)4 ta D) 1 ta
41.A.Rustamovning hayratomuz so‘ziga bergan ta’rifini toping.
A)aralashar, aralashtirar B)o‘rganar, o‘rgatar
C)hayrat o‘rgatar D)hayrat aralash
42. “Tashxis” so‘zining izohi to‘g‘ri berilgan qatorni toping.
A) Kasallik xarakteri va bemorning ahvoli haqidagi qisqacha tibbiy xulosa
B) Biror narsa, ish-harakat, voqea-hodisa va shu kabilarning boshlanish davri
C) Odamdan boshqa jonli va jonsiz narsalarga insoniy xususiyatlarini ko‘chirish
D)A va C javoblar
43. Oqil o‘z so‘zin o‘rnida so‘zlagay Ham javobini munosib ko‘zlagay.
Berilgan misralar muallifini toping
A)Sayfi Saroyi B) Mahmudxo‘ja Behbudiy C) Alisher Navoiy D)Abdulla Avloniy
44.Tilshunoslikda “nutq madaniyati” termini, asosan, necha xil ma’noda qo‘llanadi?
A)4 xil B) 3 xil C) 5 xil D)2 xil
45. 1.Uning (Otabekning) ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqea bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarini kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya‘ni bunda o‘sgan daraxtlar qanday meva beradur-ajratish qiyin edi. U shu qorong‘uzor bilan qo‘shilishib ketgandek va qorong‘ulikning quchog‘iga kira borgandek mevazorning ichkarisiga yura bordi. (A.Qodiriy)
Berilgan parchada badiiy maqsad bilan adabiy tilning qaysi me’yoridan chekinish holati bo‘lgan?
A)leksik (so‘z qo‘llash ) me’yori B)uslubiy me’yor C)sintaktik me’yor D) so‘z yasash me’yori
46. Men esa, iloji boricha , kuchimning boricha chopib, jinoyatchidan ortda qolmaslikka, uning qorasini ko‘zdan yo‘qotmaslikka tirishaman… Ushbu gapda nutqning qaysi sifati buzilgan?
A)nutqning aniqligi B)nutqning sofligi C) nutqning boyligi D) nutqning mantiqiyligi
47. Tez orada hammaning og‘ziga tushgan 15 yoshli vunderkind bilan uchrashdi. (Gazetadan)
Ushbu gapda nutqning soflik sifatiga qaysi unsur putur yetkazgan?
A)dialektizm B) varvarizm C) vulgarizm D) kanselyarizm
48. Qaysi so‘zlar so‘zlari mayin yelni bildiradi? 1) esin; 2) nasim; 3) samum; 4) shabada.
A) 1,2, 3,4 B) 2,4 C)2,3,4 D) 1,2,4
49. Maxsus eski kitoblarda janubdan esgan yel... deb ataladi, ammo bugungi o‘zbekchada bu so‘z mazkur ma’noda butunlay ishlatilmaydi. Ta'rif qaysi so‘z haqida?
A) shamol B) nasim C) janub D) bod
50. Qonunga ko‘ra, amnistiya aktini qo‘llash uchun ayblov tomonining, shu jumladan, jabrlanuvchining roziligini talab etilmaydi. Ushbu gapda nutqning mantiqiylik sifatiga qaysi vosita putur yetkazgan?
A) morfologik vosita B) leksik vosita
C) sintaktik vosita D) orfografik vosita
51. So`xtasi sovuq frazemasining antonimi haqidagi to`gri hukmni aniqlang.(istarasi issiq)
A) ta’m-ma’za sifati
B) shakl-shajm sifati bo`lib, tovush o`zgarishiga uchragan
C) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan xil-xususiyat sifati
D) yasalishda tovush ortishi kuzatilgan shakl-hajm sifati
52. Arab tilidan kirib kelgan qaysi so`z o`zbek tilida kamtarinlik ma’nosini ifodalab, asl ma’nosini tubdan o`zgartirgan?
A) fuqaro B) kamina C) ojizingiz D) raiyat
53. Bunday bog`liqlik gaplar, xat boshilar o`rtasidagi mazmuniy munosobatlarning funksional-sintaktik vositalar va so`z shakllari orqali ifodalanishda namoyon bo`ladi. Ushbu fikrda qanday bog`liqlik nazarda tutilgan.
A) kompozitsion bog`liqlik B) mazmuniy bog`liqlik C) mantiqiy bog`liqlik D) Sintaktik bog`liqlik
54. Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarni aniqlang.
1. shevaga xos so`zlar 2. Varvarizmlar 3. Vulgarizmlar 4. Kanselyarizmlar 5. Parazit so`zlar
6. Ibora va grammatik shakllar 7. Urg`u va talaffuz
A) 1,3,5,6,7 B) 2,3,4,6,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,4,7
57. O`xshash variant boshiga ko`tarmoq bo`lgan ibora qaysi gap tarkibida sifatlovchi aniqlovchi vazifasida qo`llangan?
A) Soyasiga salom berishning kimga keragi bor o`zi?
B) Qurboy Tillayevning soyasiga ko`rpacha soladigan odamlar xilidan
C) Saida ayvonning soyasiga ko`rpacha yozdi.
D) “Sizning soyangizga ko`rpacha to`shaydiganga nega ishonasiz o`zi”,- dedi Saidiy tutaqib
58. Payini qirqmoq frazemasiga ma’nodosh bo`lga ibora qaysi bandda so`z irikmasiga teng kelgan?
A) Shoikromov o`z oyog`iga o`zi bolta uradiganlar xilidan
B) Mo`min chaqqon oyog`iga bolta urilishini hisobga olmagan edi.
C) Sening bu qilganing o`z oyog`ingga bolta urishingdan o`zga ish emas
D) Haqiqatni anglaganda allaqachon ostiga suv quyishgan edi.
59.Matnning kompazitsion bog`likligini ta`minlovchi sintaktik qurilmalar ni toping.
A. leksik takrorlar, 3-shaxs kishilik olmoshlari B. bundan tashqari, shunday qilib, xullas
C.ta`kidlamoq joizki, yuqorida aytib o`tilganidek, aniqki D. Barchasi
60. Mahbuba yomgi`rli kunda yo`lda yiqilib ketay deganda yomg`ir rishtasini ushlab , uning madadi bilan o`zini o`nglab olishi haqida bayt yozgan adib kim?
A. Navoiy B. Husayniy C. Atoiy D. Dehlaviy
61. Enka tenkasi chiqmoq iborasining ma`nosini toping.
A.qiynalmoq B. boshi qotmoq C. qo`rib ketmoq D. Damonsizlanmoq
62. Mantiqiylik sifati buzilgan qatorni toping
A.qalovini topsang qor yonar B.quyosh nurlari xira va kuchsiz edi
C.men o'rmonda adashib qoldim D.traktor va mashinalar yelday uchadi
63Qadimda tilimizda shamol so`zining sinonimi bo`lgan kemani kerakli tomonga suradigan yel qanday atalgan?
A. samum B. shurta C. sarsar D. uyurma
64. Bir ota-bobodan tarqalgan nasl, bir davrda o`sib ulg`aygan kishilar qanday nomalanadi? A. ajdod B. avlod C. zamondosh D. A va B
65.Ajdodlarimiz siyoh bilan yoziladigan qamish yoki savag`ich qalamni qanday atashgan? A. xoma B. qalam C. dovot D. qalamqosh
66.Tanqidga mutlaqo chidamaydigan ma`nosini beruvchi iborani toping. A. Tomdan tarasha tushgudek B. Qo`y og`zidan cho`p olmagan
C. Sirkasi suv ko`tarmaydi D. Anvoning urug`i
67.Adabiy nutqning sofligiga putur yekazuvchi unsurlarning asosiy shakllari nechta?
A.2 ta B. 3 ta C. 4 ta D. 5 ta
68.Adabiy nutqning sofligiga putur yekazuvchi unsurlardan o`rinsiz qo`llanadigan chet so`z va so`z birikmalari qanday ataladi?
A. jargo B. parazit so`zlar C. vulgarizm D. varvarizm
69.It beparvo, yondash ketyapti, goho uchgan qushlar ovoziga diqqat qilib, shalpang quloqlarini dikkaytiradi, hamrohlariga ma’nodor qaraydi, soʻng yana loʻkillab yoʻlida davom etadi. (Sh.Xolmirzayev. Berilgan gapda qanday xatolik mavjud?
A. imlo B. paronimik C. tinish belgisi D. xatolik yo`q
70.Adabiy nutqning sofligiga putur yekazuvchi unsurlardan dag`al , haqorat so`z va iboralar qanday ataladi? A. jargo B. parazit so`zlar C. vulgarizm D. varvarizm
71.Og`zaki nutqimizda noo`rin ishlatiladigan e-e-e, hm-m-m, he-he-he kabi tovush oqimlari, xo`-o`-`osh, haligi, anaqa, masalan, demak, shu, inakeyin so`zlar qanday tushunchalar deyiladi? A. Jargo B. parazit so`zlar
C. vulgarizm D. varvarizm
72.Keyin, Qoʻchqor aka, bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilgʻi kerak emas ― batareyalardan oziqlanadi. (Sh.Boshbekov. Ushbu gapda qaysi so`z noto’g’ri ishlatilgan ?
A. arzon B. yoqilg`i C. robot D. oziqlanmoq
73.Matnning kompazitsion bog`likligini ta`minlovchi sintaktik qurilmalarni toping.
A. leksik takrorlar, 3-shaxs kishilik olmoshlari B. bundan tashqari, shunday qilib, xullas
C. ta`kidlamoq joizki, yuqorida aytib o`tilganidek, aniqki D. barchasi
74. Farg`ona shevasida ishlatiladigan “buvak” so`zining ma`nosi nima?
A. qo`zichoq B. chaqaloq C. bo`ri D. beshik
75.Berilganlardan nechtasi to`g`ri?
1. Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi.
2. Shevaga oid so`zlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi.
3. Shevaga oid so`zlar oddiy so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi.
4..Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi.
A. ikkitasi B. uchtasi C. to`rttasi D. bittasi
77.Alogizm nima?
A.soddalik B.ravonlik C.mantiqiylik D.mantiqsizlik
78.. Xoma nima?
A.noma(bayonnoma, taklifnoma). B.nusxa (ko'rmana).
C.parcha (biror narsaning bo'lagi). D. siyoh qalam yoziladigan qamish yoki savag'ich qalam
79. Og’zaki nutqning to’g’ri bo’lishida asosan nimalarga amal qilishimiz lozim?
A.Urg’u va gramatik me’yorlarga B. leksik me’yorlarga
C.So’z yasalish me’yorlariga D. Punktuatsiya me’yorlariga
80..Yozma nutq madaniyatini shakllantirishda nimalarga alohida ahamiyat berish lozim?
A.Gap tuzishga B. Qisqa so’zlashga
C.Tinish belgilarini to’g’ri qo’llashga D. So’z turkumlaridan o’rinli foydalanishga



Download 254.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling