Ona tili fanidan test topshiriqlari


-sinf ona tili test topshiriqlari 3-chorak


Download 254.88 Kb.
bet12/15
Sana05.02.2023
Hajmi254.88 Kb.
#1167863
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Ahrorov metodik tavsiya

11-sinf ona tili test topshiriqlari 3-chorak
1. Qaysi qatordagi o‘zlashma so‘zlar to‘g‘ri yozilgan?
A. Komoloti, „Unsiya“, sayilgoh, ilm-u ma’rifat, „Musallo“. B. Muambar, kamoloti, „Ihlosiya“, oshyon, shukuronalik. 
C. Bog‘-i Eram, hayrixoh, ash-or, oshyon, munavvar.
D. Muanbar, kamoloti, shukronalik, „ Ixlosiya“, saylgoh. 
2. Qaysi gapning mazmuni fikrlar zanjiridan uzilib qolgan?
A. „Alisher Navoiyning kelib chiqishi baxshilarga borib taqaladi. Otasini „Kichkina baxshi“ deyishgan“. (Rashidiy)
B. „Garchi oliy hazratga o‘zidagi tab’ quvvati va qobiliyati ko‘pligi jihatidan har ikki nav, ya’ni turkiy va forsiy she’rlar muyassar bo‘lsa-da, uning tab’i(ning) moyilligi forschadan ko‘ra turkichada ortiqroq edi“. (Xondamir)
C. „Ul zot Chig‘atoy sultonlarining eng sarasi va zo‘r shijoatlisi edi“. (Hasan xoja Nisoriy)
D. „Hech kim turkiy she’rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini 
undan yaxshiroq socha olmagan“. (Hakimshoh Qazviniy)
3. Berilgan gapdan talaffuzida unli tovush tushib qoladigan, bu o‘zgarish esa yozuvda aks etadigan so‘zni aniqlang: Odamning himmati va muruvvati uning muomalasi, qo‘lidan kelgan ishlari, yaratuvchiligi barobarida qadrlanadi. (Yusuf Xos Hojib)
A. Odam. B. Muomala. C. Qadrlanadi. D. Muruvvat.
4- savol matn asosida)
KO‘RNAMAK
Jahonga mashhur Xusrav davrida shohlar yeydigan ba’zi bir taomlarni fuqaroning yeyishi man qilingan, agar o‘sha taomni qora xalqdan biror kishining yegani ma’lum bo‘lib qolsa, qattiq jazolanar ekan. Bir odam podshohga yaqin yasovulni mehmon qilibdi va uning oldiga hukmdorlar yeydigan anvoyi taomlarni keltirib qo‘yibdi. Yasovul bu uydan chiqishi bilanoq qog‘oz, qalam olib, men falon kishi ning uyi da mehmon bo‘ldim, dasturxonga shohlarga xos anvoyi taomlarni keltirib qo‘ydi, azbaroyi hazrati oliylariga ixlosim baland bo‘lgani uchun bu hodisani ma’lum qilyapman, deb yozibdi. Xusrav qog‘ozning orqasiga shunday javob yozibdi: „Bu qilmishing uchun senga aytadigan arzon tahsin – ofarinim yo‘q, ammo u odamni podshohlar yeydigan taomni pishirgani uchun emas, balki yomonlikni ravo ko‘radigan ko‘rnamakni meh mon qilgani uchun jazolayman“. („Adolat tarozisi“dan)
4. Qaysi qatordagi fikr „Ko‘rnamak“ hikoyatining xulosasi bo‘la oladi?
A. Savobi oshkoradan gunohi pinhona afzal. B. Savobning tagi teshik.
C. Mehnatsiz rohat bo‘lmas, savobsiz – jannat. D. Tuzini yeb, tuzlug‘iga tupurma. 

5-6-savol matn asosida:


SABRLIGA TOLE YOR
Odob xazinasini yuragiga joylagan bir yigit bor edi. U o‘z baxtini topolmay, bir necha vaqt sarson-sargardon- likda yurdi. Nihoyat, baxti chopib, saroy vazirlaridan birining xizmatiga kirdi. Afsuski, bu xonadon ahli yigitga adolatsiz munosabatda bo‘lardi. Qiyinchilik azobiga qanchalik bardosh bermasin, biror foyda ko‘rmadi. Qorong‘i tunlarni esa og‘ir xayollar bilan o‘tkazdi.Kunlardan bir kun bog‘da sayr qilib yurgan Anushervon o‘z mulozimlaridan: „Eng muloyim narsa nima?“ – deb so‘radi. Birov: „Momiq“, – deb javob berdi. 
Birov: „Tovuq patlari“, – dedi. Yana birovi esa: „Shoyidan muloyimroq narsa nima bo‘lishi mumkin?“ – dedi. Shu paytda haligi yigit saroyga yaqin yerda ishlayotgan edi. U mulozimlarning javobidan Anushervonning ko‘ngli to‘lmaganini ko‘rib, so‘zlashga ruxsat so‘radi. Ijozat bo‘lgach, dedi: 
– Eng muloyim narsa tinchlikdir. Anushervon javobdan qoniqdi va yana so‘radi:
– Inson qalbiga nima huzur bag‘ishlaydi?
– Muruvvat va shafqat, – javob berdi yigit. Yana savol berdi:
– Qachon xotirjamlikka erishish mumkin?
– Sabr va qanoat bilan.
– Gullarning ichida eng xushbo‘yi qaysi?
– Ota-ona tirikligida ularni xursand qiladigan, vafotlaridan keyin esa ular ning nomlarini boqiylashtiradigan hayot guli bo‘lmish – farzand“, – deb javob berdi yigit.Anushervon yigitni taqdirladi va o‘z vazirlari qatoriga oldi.
Darhaqiqat, bir olim shunday degan ekan: „Tabiatingizda sabr-qanoat qanday namoyon bo‘lishini bilasizmi? Faqat hayot go‘zalligini ko‘ra oladigan ko‘zlaringiz, yomonliklarni kechira oladigan ko‘nglingiz, yaxshiliklar haqida tafakkur qiladigan aqlingiz, orzularingizni izhor qila oladigan qalbingiz borligi sizdagi shukronalik va sabrning mujassamidir“.
5-. Hikoyat mazmuniga aloqador bo‘lmagan fikrni toping.
A. Sabr qilgan moy oshar, Olqish olgan ko‘p yashar. B. Odob bilan baxt topilar, Sabr bilan – taxt.
C. Kamoli imon – sabr. D. Sovun kirni ochar, Sabrsiz – sirni.
6. Matndan asosga qo‘shimcha qo‘shilganda tovush o‘zgarishi yozuvda aks etgan so‘zlarni belgilang.
A. Yuragiga, ko‘ngli, ahli, xotirjamlik, to‘lmaganini
B. Yuragiga, muloyimroq, shunday, bag‘ishlaydi, go‘zalligini
C. Yuragiga, shunday, ko‘ngli, borligi, go‘zalligini 
D. Yuragiga, ishlayotgan, tinchlikdir, go‘zalligini, borligi
7. Qaysi qatordagi barcha so‘zlarda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushmaydi?
A. Hamisha, albatta, afsuski, hatto, kimdir. B. Qalamdon, g‘allakor, yumshoq, nahotki, deyarli.
C. Muhokama, dengiz, iqbol, doimo, munosib. D. Qariyb, oftob, ammo, naqadar, kelgandir.
8. So‘z urg‘usi bilan bog‘liq to‘g‘ri krni toping:
A. Qo‘shimcha ko‘rinishidagi -chi, -mi, -ku, -dir, -gina, -da, -oq(-yoq) yuklamalari urg‘u olmaydi. 
B. O‘zbek tilida urg‘u faqat so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi.
C. So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi unli va undosh tovushdan iborat bo‘g‘inning kuchliroq aytilishidir.
D. O‘zlashma so‘zlardagi urg‘uni o‘zbek tiliga moslashtirib talaffuz qilish nutqiy me’yor hisoblanadi.
9 . Qaysi maqolning suratli izohi berilmagan?

A. Kitob ko‘rmagan kalla – giyoh unmagan dala.


B. Kitob o‘qigan qushdek parvoz qilar.
C. Kitob – hayot uchun mayoq.
D. Sohibkordan bog‘ qolar, donodan – kitob.
10. Berilgan matndagi ajratilgan birikma qanday ma’noda qo‘llangan?
– Bibinarzi, elomonlik bo‘lib, oydinlikka chiqaylik, katta bir kutubxona quraman, – dedi ota xomushgina termilib turgan xotiniga. – Niyatingizga yeting, otasi, oydinlikka chiqaylik, iloyim. (O. Hojiyeva)
A. Yorug‘ joyga boraylik. B. Yaxshi kunlarga yetaylik.
C. Oy yorug‘iga o‘taylik. D. Yuzimiz yorug‘ bo‘lsin.
11. Berilgan matndagi ajratilgan so‘zlar qaysi nutqiy „taqiq“ asosida ekanligini aniqlang va tushuntiring:
Qoplon chalqanchadan yonbosh bo‘ldi. – Havo sevalab o‘tadi, momosi, – dedi.– Bu kishi qayerdan biladi? – dedi ayoli. Qoplon u yog‘ini aytmadi. (Tog‘ay Murod)
A. Qо‘rquv asosidagi. B. Mensimaslik asosidagi.
C. Andisha asosidagi. D. Hurmat asosidagi.
12. Quyida berilgan matndagi qaysi gap(lar)da fikr ochiq ifodalanmagan? Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi. Eson qassobni haminqadar eladi. Keyin maqsadga o‘tdi.– Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang bo‘ldi, qassob, – dedi.
– Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar, – dedi qassob. – Kim ekan u? (Tog‘ay Murod)
A. Sovchilar odatlari bo‘yicha u yoq-bu yoqdan gapirishib o‘tirdi.
B. Singlingning boshiga baxt qushi qo‘nib turibdi, uchirib yubormasang bo‘ldi.
C. Aslini bilmay, so‘z demaslar, naslini bilmay, qiz bermaslar.
D. Eson qassobni haminqadar eladi
13. „Xato qilyapsiz!“ murojaati ijobiy ma’noda qo‘llangan qatorni toping.
A. Siz yanglishyapsiz. B. Fikringiz mutlaqo noto‘g‘ri.
C. Noo‘rin gapirmang. D. Haqiqatdan juda uzoqlashyapsiz.
14. Qaysi gapda biz olmoshi kamtarlik ma’nosida qo‘llangan?
A. Biz baxtli bo‘lamiz, xudo xohlasa. Xudo xohlamasa, uchrasharmidik. (M. Yusuf)
B. Mehnatsiz bir nafas yo‘q, biz ilhomga shaydoyi. (Mirtemir)
C. Tavba, bundoq o‘ylab qarasam, bizning uydagilarning hammasi qaribdi. S. Ahmad)
D. Biz shunaqa odammiz, „hayot“ni bilamiz-u, „mamot“ni bilmaymiz, tushundingmi, ziqna? (T. Malik)
15. Berilgan gaplarning qaysi birida Uyda hech kim yo‘q, bular ham ishga ketganlar gapidagi bular olmoshi o‘rnida uning „qattiq“ ifodasi qo‘llangan?
A. Uyda hech kim yo‘q, turmush o‘rtog‘im ham ishga ketgan.
B. Uyda hech kim yo‘q, erim ham ishga ketgan.
C. Uyda hech kim yo‘q, adasi ham ishga ketganlar.
D. Uyda hech kim yo‘q, jufti halolim ham ishga ketganlar.
16. 1. Ayiq; 2. Kenguru; 3. Bug‘u; 4. Sigir; 5. Humo. Ushbu „muqaddas“ nomlar qaysi davlatlarda inson himoyachisi sifatida talqin qilinadi? 
A. AQSHda – ayiq, Avstraliyada – kenguru, Kanadada – bug‘u, Hindistonda –sigir, O‘zbekistonda – humo.
B. AQSHda – bug‘u, Avstraliyada – kenguru, Kanadada – ayiq, Hindistonda – sigir, O‘zbekistonda – humo.
C. AQSHda va Avstraliyada – kenguru, Kanadada – bug‘u, Hindistonda – humo, O‘zbekistonda – sigir. 
D. AQSHda va Kanadada – bug‘u, Avstraliyada – kenguru, Hindistonda – sigir, O‘zbekistonda – humo.
17. Qaysi gapda olmosh evfemizm sanaladi:
A. O‘zlari ijozat bersalar, mashg‘ul bo‘lur edik. B. Odam ham o‘z-o‘ziga dushman bo‘lishi mumkinmi?
C. O‘shalarning gapiga kirib, ayniding-qo‘yding. D. Bugungi ishimiz sizga ajoyib tuyilayotgandir.
18. Fasohat so`zining ma`nosi nima?
A) farosat B) notiqlik C) fisq-fujur(g`iybat) D) aysh –ishrat
19. Joynamoz; katta masjid, namozgoh ma`nolarini beruvchi so`zni toping.
A) nadim B)muanbar C) musallo D)unsiya
20. Anor, abadiy, nordon, darvoza, taraqqiyot, shiypon. Berilgan so`zlardan nechtasi forscha so`zlar sirasiga kiradi? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5tasi
21. Berilgan so`zlardan nechtasida aytilmaydigandek yoziladigan unli tovushlari mavjud so`zlar bor? Shashmaqom“,chavandoz, xattot, ho`plam, kulgi, andaza, trotuar, bahavo, kavush, to‘polon,kukulamoq, mumiyo, televideniye, supurgi,
A) 10ta B ) 13ta C) 15ta D) 8ta
22.Berilgandan nechtasida talaffuzi va imlosi bir xil so‘zlar sirasiga kiradi? o‘tov, alanga, tomosha, prujina, qulduramoq, tutun, mevafurush, uzangi, uchqun, munchoq, parashut, mineral, oyoqyalang, ovunmoq, turtinmoq, jo‘shqin, kometa, kuldirgich, mash g‘ulot, palata, suyulmoq.
A) 6ta B) 7ta C) 8ta D) 9ta
23.Qaysi qatorda “aldoqchi” unlilar mavjud?
A) inson, bashar, xola B) o`tkir, o`rik, o`lik
C) muhim, mumkin, tuyilmoq D)manmanlik, shanba, manba
24. Berilgan matndan imlosi va talaffuzi nomuvofiq so‘zlar soni nechta? Agar baxt-saodat istasang, g‘urur, manmanlikdan yiroq bo‘l, hikmatli so‘zlarni sokinlik va itoat bilan tingla, takabburlik, adovat va qanoatsizlikdan hazar qil. Qayg‘u-alamlar ustingga hujum qilsalar, bu hujumlarga o‘z odobsizliging sababchidir. (J. Rumiy)
A)4ta B) 6ta C) 8ta D) 10ta
25. Yozilganidek aytilmay digan undosh harflari mavjud so‘zlar sonini toping :fursat, marvarid, zavod, iztirob, kongress, ko‘rinmoq, kilovatt, daromad, poyezd, qo‘ng‘iroq, suvoq, e’tiqod, sochmoq, belbog‘.
A) 10ta B) 11ta C) 13ta D) 14ta
26. Talaffuzi va imlosi mos so`zlar sonini toping. savdogar, tadorik, keltir, mening, safar, azob, daraxtzor, tog‘, hasrat, qoyalik, tijorat, bunday
A) 8ta B) 9ta C) 10ta D) 11ta
27. Berilgan so`zlardan qaysilari fors-tojikcha so`zlar sirasiga kiradi?
A) rioya, tashrif , hiyla B)daraxt, mehmon,savdogar
C) rais, istiora, muhabbat D) daraxt, barg, mudofaa
28.Qaysi qatorda urg`u ikkinchi bo`g`inga tushadi?
A) gradus, Bamberg, ikkinchi B)noyabr, Hafizov, Sergeyev
C)asteroidlar, ekologiya D) yangi, xalqaro sentabrida
29. Berilgan so`zalrdan nechtasida urg`u oxirgi bo`ginga tushadi? Advokatura, notarial, adresat, lokal, kardiogramma, logistika
A) 3tasida B) 4tasida C) 5tasida D) 2tasida
29.Berilgan so`zlardan nechtasi takror so`zlar deyiladi? ich­ichiga, qancha­qancha, ne­ne, ming­ming, uzoq­uzoq, yurak­yuraklarini, yig‘lab­yig‘lab, faryod solib­faryod solib, olis­olislardan
A) 8tasi B) 7tasi C) 6tasi D) barchasi
30.Berilgan so`zlardan nechtasi notog`ri yozilgan? AQSH, qo‘ziqorin, Qo‘rg‘ontepa, Yangiturmush, tomorqa, Bo‘z suv, yozaveramiz, jiqqamusht, bira to‘la, lang ochiq, o‘rinbosar, ishyoqmas, beshotar, och sariq, ertapishar, Ekobozor, qushqo‘nmas, jigarrang, Shirmonbuloq, suvosti.
A) 2tasiB) 4tasi C) 5tasi D) barchasi tog`ri yozilgan
31.Berilgan juft so`zlardan nechtasi yasama hisoblanadi?
bordi­keldi chol-kampir, issiq­sovuq quyuq­suyuq aka-uka, asta-sekin
A) 2tasi B) 3tasi C) 4tasi D) 5tasi
32. Quyidagilardan qaysi biri qo`shma so`z hisoblanmaydi?
A) avtoolam, avtoturargoh, avtobo‘yoq; B)bioiqlim, bioqurilma, biomaydon, bioeritma;
C) ekosanoat, ekobozor, ekoxonadon, ekoturizm D) antitanachalar, antiquvvat, antihujum, antitezkorlik.
33. Berilgan gapga mos so`zni qo`ying. Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki kutubxona eramizning uchinchi asrida azim Xorazmda …
A) barpo qilingan C) paydo bo`lgan
C) kashf qilingan D) vujudga kelgan.
34. Nutqda ayrim tushunchalar odob-axloq, jamiyat madaniyati va etikasi me’yorlariga ko‘ra ochiq aytilmaydi, balki o‘rnida „yumshoq“, „qog‘ozga o‘ralgan“ ifodalar qo‘llanadi. Bunday „taqiq“lar …. deb nomlanadi .
A) parafraza B) tabu C) pitetsiya D) plagait
35. Azalda chayon so`zining o`rnida qanday ifoda berilgan?
A) gul B) nadim C) oti yo`q D)hamduna
36. Mos so`zni qo`ying. Qarasam, chuqur to‘la…. ! Vashillab yotibdi!
A) uzun B) arg‘amchi C)oti yo`q D) uzun opa
37. Nutqdagi “yumshoq” ifodalar berilgan qatorni toping.
A) rihlat qildi, omonatini topshirdi, egasiga kerak bo‘ldi B) o‘ldi, halok bo‘ldi, qazo qildi
C) yer tishladi, to‘ng‘iz qo‘pdi, yer yutdi D) ko`z yumdi, vafot etdi
38. Nutqadagi “betaraf ifodalar” berilgan qatorni toping.
A ) rihlat qildi, omonatini topshirdi, egasiga kerak bo‘ldi B) o‘ldi, halok bo‘ldi, qazo qildi
C) yer tishladi, to‘ng‘iz qo‘pdi, yer yutdi D) ko`z yumdi, vafot etdi. Egasiga kerak
39. Grek tilida bu so‘z „yumshoq gapirmoq“ ma’nosida qo‘llangandegan ma`noni ifodalovchi atama qanday nomlanadi?
A) gramatika B) efemizm C) disfemizm D) pitetsiya
40. Betaraf ifodani toping.
A) joni chiqdi B) o`ldi C) uzildi D) ko`z yumdi
41. Mos so`zni tanlang. Malika …. da husni jamolining ovozasi yetti iqlimga yoyilibdi. (Ertakdan).
A) balog‘atga yetgan B) voyaga yetgan C) bo‘y yetgan D) ulg`ayganda
42. Olmoshlar tog`risida bildirilgan fikrlarda nechtasi to’g`ri? 1. Men, sen kabi kishilik olmoshlari vazifasini gap kesimi tarkibidagi shaxsson shakli anglatib turgani uchun so‘zlashuvda (ta’kid ma’nosi bo‘lmasa) bu 
olmoshlarni qo‘llash unchalik o‘rinli emas. 2. Biz olmoshining o‘z-o‘zini ta’kidlamaslik, manmanlik kabi uslubiy xususiyatlarini anglab, to‘g‘ri qo‘llash so‘zlovchi madaniyatidan darak beradi. 3. Siz olmoshini qo‘llash, yozuvda gap orasida uni bosh harf bilan yozish ham suhbatdoshga hurmat ma’nosini ifodalash uchun xizmat qiladi 4. Kishi ning ismini aytmay, ba’zan ular, o‘z(lar)i kabi olmoshlarni qo‘llaymiz.
A) 3tasi B) barchasi C)2tasi D) 1tasi
43. Mos ifodani toping. Xayri xola ... bo‘lib, tashqariga chiqolmay qolibdi.
A) qizil gul B) qizamiq C) chechak D) nomsiz 
44. Nechtasi tog`ri yozilgan? O‘rta Osiyo, Oq tepa, erktalab, bilar ekan, xushfe’l, pirpirak, bir pas, O‘z.MU, hayhaylamoq, A.Q.SH, qo‘ziqorin, Qo‘rg‘ontepa, Yangi turmush
A) 7ta B) 8ta C) 12ta D) 9ta
45.Antonim juftlik buzilgan javobni toping.
A)yer tishladi-- peshanamizga sig‘madi B)asfolosofilinga ketdi-ko`z yumdi
C) o’li-shahid bo`ldi D) yer yutdi-to`ng`iz qo`pdi
46. Berilgan matnda nechta efemizm bor? – Assalomu alaykum, bobojon!
– Va alaykum assalom! Kel, bo‘talogim, o‘tir. Ko‘zim yo‘lingda edi. Umrim ham poyoniga yetay deb qoldi, qariganda yaqinlariga suyanib qolar ekan odam. Seni ko‘rib, boshim osmonga yetdi. Vaqti-vaqti bilan
issiq­sovug‘imizdan xabar olib tur. Buvisi, qozon osdingmi? Ataganlaringni olib kel.
– Ovora bo‘lmang, men tezda turaman. Qosh qorayguncha uyga ye tib olishim kerak.
A) 6ta B) 7ta C) 8ta D) 10ta
47. Quyidagi o’zlashma so’zlardan fors-tojikcha so’zlarni aniqlang.
1.taraqqiyot 2.mahalla 3.oftob 4.mo’ysafid 5.siyoh
A.1.3.5 B.3.4.5 C.1.2.5 D.2.3.4
48.Quyidagi qaysi so’zlarda aytilganidek yozilmaydigan unli tovushlar mavjud ?
1.otameros 2.aftodahol 3.kulgi 4.naqarot 5.yugurmoq
A.1.3.5 B.2.3.4 C.1.4.5 D.3.4.5
49.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi bir xil so’zlarni belgilang.
1.o’tov 2.parashut 3.jo’shqin 4.ovunmoq 5.uchqun 6.tutun
A.1.2.3 B.1.2.5 C.3.4.6 D.4.5.6
50.Quyidagilardan talaffuzi va imlosi nomuvofiq so’zlarni belgilang.
1.ovunmoq 2.jo’shqin 3.uzangi 4.kometa 5.palata 6.tutun
A.1.4.6 B.1.3.5 C.4.5.6 D.1.4.5
51.Ot turkumiga oid ma’nodosh so’zlar juftligini toping.
A.Tabassum-yig’i B.Husn-go’zal
C.Sovg’a-tuhfa D.Tantiqlik-saxiylik
52.-Bu bog’ni kim barpo qilibdi o’zi---Biz-da xo’jayin,qo’ldan kelgancha.Olmoshning qanday uslubiy vazifa bajaryotganligini aniqlang.
A.Kamtarlik,ta’kid B.Hurmatsizlik
C.Kesatiq,manmanlik D.Uslubiy vazifa bajarmagan
53.Urg’u olmaydigan shakllar qaysi javobda ko’rsatilgan ?
A.Egalik,ravish darajalari B.Fe’lning bo’lishsiz shakllari,bog’lamalar
C.Shaxs-son qo’shimchalari ,egalik D.Fe’l mayl qo’shimchalari,daraja –shakllari
54.Qaysi javobdagi ibora nutqimizda so’z birikmasi ham bo’lib kela oladi ?
A.Ishtahasi karnay B.Dilidan o’tkazmoq
C.Yostig’ini quritmoq D.Ko’nglida kiri yo’q
55.Alisher Navoiy istiqomat qilgan uy qanday atalgan ?
A.,,Bog’i Eram’’ B.,,Musallo ‘’ C.,,Unsiya ‘’ D.,,Ixlosiya ‘’



Download 254.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling