Ona tili fanidan test topshiriqlari
Download 254.88 Kb.
|
Ahrorov metodik tavsiya
Fayzullayeva Obida
GDU “O`zbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, dotsent 10-sinf ona tili test topshiriqlari 1-chorak 1.So`zning muayyan uslubga mansubligi va unda so`zlovchi subyektiv munosabatning ifodalanganligi qanday nom bilan umumlashtiriladi? A) uslubiy bo`yoq B) iqtibos C) emotsional bo`yoq D) salbiy bo`yoq 2.Og`zaki nutqda, aytaylik, majlisda qo`llanishi g`alizlikni yuzaga keltiradigan so`zlarni aniqlang. A) kitob, o`qilsin B) yuqorida, quyida C)katta, kichik D) dunyo, baxt 3.Milliy til nimalarni o`z ichiga oladi? A) adabiy til, sheva B) adabiy til, sheva, jargonlar C) sheva, jargonlar D) adabiy til, o`zlashma so`zlar 4.Tushum kelishigi belgili qo`llanganda qanday ma’noni ifodalaydi? A)obyektning bir qismiga e’tibor ma’nosi B) obyektni ta’kidlash ma’nosi C)so`zlashuv uslubiga xos ma’no D)obyektning barchasi nazarda tutilganligi 5.Ko`plik qo`shimchasi qaysi uslubda hurmat,kinoya,umumlashtirish kabi ma’nolarni ifodalamaydi? A)so`zlashuv uslubi B) rasmiy uslub C) ilmiy uslub D) badiiy uslub 6. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning soni yer yuzida qanchani tashkil etadi? A) 35 mln dan ortiq B) 32 mln dan ortiq C) 33 mln dan ortiq D) 30 mln dan ortiq 7. O’zbek tilida so’zlashuvchilarning qanchasi O’zbekistonda yashaydi? A) 23 mln dan ortiq B) 24 mln dan ortiq C) 25 mln dan ortiq D) 26 mln dan ortiq 8. Adabiy til nima? A) Milliy tilning ko’rinishi. B) Kishilarning nutqidagi hududiy tildir. C) O’zbek milliy tilining tarkibida, uning doirasida bo’ladi. D) Rivojlangan, boyigan, takomillashgan va me’yorlashgan oily shakli. 9. Milliy til nima? A) Ma’lum millat vakillari uchun umumiy bo’lgan til. B) Xalq shevalari, oddiy so’zlashuv unsurlari, jargonlarni o’z ichiga oladi. C) Milliy madaniyatning ko’zgusi sifatida ularni ruhan birlashtiradigan vosita. D) Barcha javoblar to’g’ri. 10. Grammatika nimani o’rgatadi? A) Nutq uslublariga daxldor til xususiyatlari. B) To’g’ri gapirish va yozish. C) Nutq uslublarini o’rganadi. D) Gaplarning bog’lanishini o’rganadi. 11. Uslubiyat deganda nimani tushunasiz? A) Nutq uslublarini o’rganadi. B) Til munosabatlarini o’rganadi. C) Nutq munosabatlarini o’rganadi D) Til va so’zlarning me’yorlarini o’rganadi. 12. O’qituvchi dars mashg’ulotida qanday uslubdan foydalanadi? A) so’zlashuv B) ilmiy. C) badiiy D) rasmiy 13. Qaysi uslub bir jihati bilan boshqa uslublardan farq qiladi? A) Ilmiy uslub B) Publitsistik uslub C) So’zlashuv uslub D) Badiiy uslub 14. “Murshid” so’zining ma’nosi nima? A) Saboq beruvchi pir, shayx, ustoz B) Dushman, g’anim C) Islo dini tarqalgan mamalakatlarda bilimdon kishilarga berilgan nom. D) So’fiylik yo’liga kirgan shaxs 15. Muloqot vaziyati va sharoitiga muvofiq qaysi uslublar nutqning yozma shakliga mansub? A) Publitsistik B) Badiiy C) Ilmiy D) Barcha javoblar 16. Badiiy uslubga xos so’zni toping. A) ovqat B) taom C) ne’mat D) oziq 17. Nutqni to’g’ri va ta’sirli tuzishda qaysi uslub yetakchilik qiladi? A) So’zlashuv B) Badiiy C) Publitsistik D) Rasmiy 18. Salbiylik va ijobiylik bo’yog’iga ega so’zlarni toping. Aravaning orqasidan iljaygan kalla ko’rindi. Qiz Umidga qarab jilmaydi. A) Iljaygan – salbiy. B)Jilmaydi – ijobiy. C) Iljaygan – salbiy va ijobiy. D) A va B 19. Menejment so’zining ma’nosi nima? A) Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish. B) Korxona va kompaniya egasi bo’lmagan boshqaruvchi. C) Mahsulot ishlab chiqarish va sotish D) Bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli 20. Yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol so’zlaridagi ma’lum uslubga xoslanganligi va uslubiy bo’yog’ini farqlang. A) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. B) Yuz, bet - biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. C) Yuz – biron-bir uslubga xoslanmagan, bet, aft, bashara, turq - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. Chehra, jamol – so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. D) Yuz, bet - badiiy uslubda, ijobiy bo’yoq. bet, aft, bashara, turq - so’zlashuv uslubida, salbiy bo’yoq. Chehra, jamol – biron-bir uslubga xoslanmagan 21. Tig’i ishqing yorasidur butmagan, Dardini har kimga aytib butmagan. Hajr sahrosida ohim o’tidin, Anda gul yoxud giyohe butmagan. Berilgan tuyiqdagi shakldosh so’zlarning ma’nosini izohlang. A) tugamagan, o’smagan, tuzalmagan B) tuzalmagan, tugamagan, o’smagan C) tugamagan, tuzalmagan, o’smagan D) o’smagan, tugamagan, tuzalmagan 22. A.Navoiyning shohbaytlaridan qaysi biri to’g’ri berilgan? A) Quyoshlig’ istasang, kasbi kamol et, Kamol kosib etarsen, bemalol et. B) Haq yo’lida kim senga bir harf o’qutmish ranch ila, Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganch ila C) Har kishikim, birovga qozg’ay chog’, Tushgay ul chog’ aro o’zi nogoh. D) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqamu ketkumdir oxir. 23. Adip so’zining manosi … A) Adabiy asarlar ijodkori, yozuvchi B) Tortmoq, olmoq C) Mol-mulk D) To’n, xalat kabilarning chetiga tikiladigan ensiz mato – mag’iz 24. Milliy til yana qaysi uslubda qo’llaniladi? A) So’zlashuv va publitsistik B) So’zlashuv va rasmiy C) So’zlashuv va badiiy D) So’zlashuv va ilmiy 25. Kolorit so’zining ma’nosi nima? A) Rasm, ranglarning uyg’unligi B) O’tmish, hayotning o’tgan qismi C) Biror narsaning o’ziga xos tomoni, xususiyatlari D) A va C 26. Brifing so’zining ma’nosi nima? A) Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko’paytirish. B) Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtai nazar bildirish. C) Zamonaviy talb va didga moslab o’zgartirish. D) Maqsadga erishishning uzoq muddatli rejasi. 27. Badiiy uslubga xos so’zlar qaysi qatorda to’g’ri berilgan ? A) samo, turna qator , koz’ binafsha B)obi hayot , kamalak , falokat C) hikoya, ruboiy , she’r , kelin D) dil, fano, homush, sarmast 28. Qaysi gapda birinchi shaxsning ko’plik shakli shu shaxsning birligini ifodalash uchun qo’llanilgan hamda kinoya- kesatiq kabi uslubiy ma’nolarni ifodalagan? A. Mana keldik,- dedi u ichki bir hayajon bilan. B. Jahongir “Hozir ko`ramiz” deb, boshqaruv stoliga qaytdi. C. Bu maqolni biz ham bilamiz ,- dedi Shoto`ra.D. Sizlar ketaveringlar, orqalaringdan yetib boramiz. 29. Shaxs –son ma`nolarining ko`chishi ko`proq qaysi nutqiy uslublarda kuzatiladi? A. So`zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda B. So`zlashuv, badiiy va ilmiy uslublarda C. So`zlashuv, publitsistik va rasmiy uslublarda D. So`zlashuv, ilmiy va rasmiy uslublarda 30. Berilgan qaysi so`z etikdo`zlik kasbiga doir emas? A) qolip B) poshna C) shirach D) mola 31. Rabot so`zi qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1) Mustahkamlangan qo‘rg‘onlarda soqchilar turadigan joy yoki bir-biridan ma’lum masofada joylashgan istehkom; qo‘rg‘on. 2) Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. 3) Shahardan chetroqdagi turar-joy. A) 1, 2 B) 2, 3 C) 1, 2, 3 D) 1, 3 32.Yamon so‘zkim kelib jong‘a urg‘ay, Ki jondin o‘tib imong‘a urg‘ay. Ma’dani inson guhari so‘zdurur, Gulshani odam samari so‘zdurur. (Navoiy) Ushbu she’rda qo`llangan “samar” so`zining ma’nosini qaysi javobda to`g`ri izohlanmagan? A) meva B) natija C) foyda D) hosila 33. Barglarda raqs etar shabboda, O‘ynar sabo shaklinda kecha. Tun bulutga ko‘tarib boda, Afsonalar aytar tonggacha. (Rauf Parfi) Ushbu she’riy parchada shakl va ma’no munosabatiga ko`ra qanday so`zlar bor? A) sinonimlar B) antonimlar C) sinonim va antonimlar D) antonim va omonimlar 34. Qaysi gapda erkalash shakli qatnashmagan? A) Aylanayin oqchamdan, Lablari qaymoqchamdan, Bay-bay ekan ko‘ylakchasi, Ko‘ylakchasi-mo‘ylakchasi, Chiqa qolsin mo‘ylabchasi. B) O‘zlari shiringina taom pishirib yeb, kechqurun boyga g‘ozi yo‘q, suyuq osh tayyorlab qo‘yishar ekanlar. C) Laylak dedim-ku, jinni voy, – deb ohista egilib, o‘g‘lining yuzidan o‘pdi. D) Chol turib, ko‘ziga yosh oldi: – Afv et, bo‘talog‘im! 35.Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, demakki, nutqiy uslublarning hammasida erkin qo‘llanadigan til birliklari mavjud. Ular uslub nuqtayi nazaridan betaraf, ya’ni biron-bir uslubga xoslanmagan vositalar hisoblanadi va ular tilda juda katta qismni tashkil etadi. Bunday birliklar barcha uslublarning umumiy unsurlari sanaladi. Berilgan so`zlardan nechtasi yuqoridagi ta’rifga mos so`zlar hisoblanadi? Ishlamoq, yurmoq, kitob, uy, suv, katta, kun, aytaylik A) sakkiztasi B) yettitasi C) oltitasi D) beshtasi 36. Qaysi fikr noto`g`ri? A) Ish qog‘ozlaridagi rasmiy uslub faqat yozma shaklda bo‘ladi. B) Ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda o‘qiladi. C) Badiiy uslubga mansub sahna asarlari ijrosidagi og‘zakilikni inkor etib bo‘lmaydi. D) Ilmiy, rasmiy, badiiy, publitsistik, so`zlashuv uslublarida yozma shakl yetakchilik qiladi. 36.Subyektiv baho ifodalovchi qo`shimchalar qaysilar? A)– xon –toy – lar, - dan B) – mtir, - imtir, - ish –moq C) - yotir, -yop – moqda D)– cha –loq –gina –jon –oy 37.Qaysi qo`shimcha ilmiy uslublardan boshqa uslublarda kioya-piching, kuchaytirish-ta`kidlash, taxminlash, umumlashtirish kabi turli ma`nolarni ifodalash uchun qo`llaniladi? A. Tushum kelishigi qo`shimchasi B. Ko`plik qo`shimchasi C. Qaratqich kelishigi qo`shimchasi D. Egalik qo`shimchalari 38.“O`zbek tilining izohli lug`atida” “Bitik” so`zining nechta ma`nosi berilgan? A.2ta B.3 ta C.4ta D. 5 xil 39. Qahhor nima uchun adabiy tildagi muqobili “chittak” bo`lgan so`zni “sinchalak” tarzida qo`llagan? A. Kichikroqligini anglatgani uchun B. qo`nimsizlikni anglatgani uchun C.nozikligini anglatgani uchun D. tushunarliligi uchun 40. Quyidagiqo`shimchaladanqaysilari subyektiv baho shakllari deb yuritiladi? A. – lar , -ning, - ga,- xon –choq B. –ni, -gan , - gancha, -gach C. – cha, -choq, -gina,-loq ,–jon D. - -xon –toy, -boy, - lar 41. Kelasi zamon qo`shimchasi –ajak qo`shimchasi haqidagi to`g`ri fikrni toping. A. –ajak qo`simchasi badiiy uslubga xos B. –ajak qo`shimchasi publitsistik uslubga xos C. –ajak qo`shimchasi publitsistik uslubga xos, unda tantanavorlik ta`kidi yorqin aks etadi. D. –ajak qo`simchasi badiiy uslubga xos, unda tantanavorlik ta`kidi yorqin aks etadi. 42.Odob kishilar tarafi... qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik, ehtiyotsizlik eshigi... berkitadi va odam... hazil-mazax..., kamsitish... saqlaydi. Ushbu gapda qo'llanilishi kerak bo'lgan kelishik qo‘shimchalarining turi va sonini toping. A.3 ta chiqish, 2 ta tushum B. 2 ta chiqish, 1 ta qaratqich, 2 ta tushum C. 3 ta chiqish, 1 ta tushum, 1 ta qaratqich D. 2 ta chiqish, 3 ta tushum 43.Qaysi qatordagi gapda ko’plik qo’shimchasi grammatik ko’plikni ifodalagan? A.Sevguvchi Farhod va Shirinlar haqidagi go’zal hikoya asrlar bo’yi yashab kelmoqda. B.Qizlar o’zlari yasagan ipak koptokni Gulshanga berdilar. C.Soat beshlarda pedagogika institutiga bordik. D. Gulshanlar kirgan hovli “Qirq qizlar” deb atalar edi. 44. Funksional bo’yoqdor so’zlarni toping. A. Inson, bashar B. Jamol, bashara C. Jujuq, bag’rim D. Kun, tun 45. Ijobiy va salbiy munosabatlarni ifodalovchi uslubiy bo’yoqni toping? A. Emotsional-ekspressiv bo’yoqB. Funksional bo’yoq C. Tasviriy ifoda D. Barcha javoblar to’g’ri 46.Patinjon so’zi adabiy tilda qanday ma’no bildiradi? A.Patisan.B.Poya.C.Paxta.D.Pomidor. 47. Qaysi qatordagi gapda ko’plik qo’shimchasi kuchaytirish ma’nosini ifodalagan? A.Bolalar quvonchlarga to’ldi. B.Dadam keldilar .C.Alpomishlar maydonga tushdi.D.Yigitcha botir” bo’libkeldilar. 48.Quyidagi birliklardan qaysi biri ilmiy uslubga xos? A. Terminlar B.Eskirgan va yangi paydo bo’lgan so’zlar C. Iboralar D.Shevaga xos so’zlar 49.Qaysi gapda arxaik so’z qatnashgan? A. Yasovullar, bakovullar bir tomonda turardilar. B.Sohibqiron o’z jasur bahodirlarini tarxon unvonlar ibilan rag’batlantirdilar, navkarlarga saxova tbilan ulufa ulashdilar. C. Qobil bobo tilmochga olib kelganlarini uning qo’liga tutqazdi. D. Agar siz adolatli xon bo’lsangiz , ayting: kishi gunohiga necha qayta jazolanmog’I mumkin? 50.Qaysi juftlik paronimlik hosil qilmagan? A. Nevara – nabira B.Abro’ – obro’ C.Adib – adip D. Ganj- ganch 51.Emotsional – ekspressiv bo’yoqqa ega so’zni aniqlang. A. Azlar degani shopday naynov odam ekan. B. Men buyuk yurt o’g’lidurman, Men bashar farzandiman. C. O’sha palatkadan Yoshi yigirma beshlardagi suluvgina ayol chiqdi-da, Nu’monjonga qaradi. D.Kutmay qo’yaqol, bolam. Saydixon boyaqish hali-beri kelmaydi. 52.Subyektiv ma’no ifodalovchi qo’shimcha qaysi qatordagi gapda ishtirok etgan? A. Toychoqlar hanuz o’ynoqlashini qo’ymas, goh to’xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. B. Qobil bobo tilmochga olib kelganlarini uning qo’liga tutqazdi. C. “Alvasti ko’prik“ tepasiga chiqib, shahar tomon shitob bilan ketdi D.Bolam, Shodmon shahardan kelgan, - deya entikdi. 53.Qaysi qatordagi gapda subyektiv baho shakli erkalash ma’nosini bildirgan? A. E ukaginam-ey , - deb kiftimdan quchdi Tavakkal. B.Iya, biz uning bobosi tengi bo’lsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? C. Toychoqlar hanuz o’ynoqlashini qo’ymas, goh to’xtab, uzoqlarga qarab qolishardi. D.Yigitcha, tushmaysizmi?- dedi kimdir orqadan. 54. Shoti, patinjon, bodprak, shapati, barak, adrasman so`zlari ichidan Farg`ona-Toshkent lahjasida qo`llanadiganlarini belgilang. A.Shoti, patinjon, bodparak B. patinjon, bodparak, shapati, barak C. Shoti, patinjon, bodparak, barak, adrasman D.Shoti, patinjon, shapati 55. Ma’nodosh so`zlar bir-biridan qanday belgilariga ko`ra farqlanadi? A. muayyan uslubga xosligi, emotsional- ekspressiv bo`yog`iga ko`ra B. mahalliy koloritni yaratishiga ko`ra C. badiiy uslubga xosligi, ijobiy ma’no anglatishiga ko`ra D. o`tmishni real tasvirlashiga ko`ra 56. Adabiy til me’yoridan tashqaridagi til unsurini belgilang. A.tarixiy so`z B. shevaga oid birliklar C. arxaik so`z D. paronimlar 57. “....xuddi bir guruh mutaxassislar birgalashib ishlab chiqqanday” ta’birini tilimiz haqida kim aytgan? A. Avloniy B. Maks Myuller C. Behbudiy D. Navoiy 58. Qaysi qatordagi iboralar ma’nosi to‘g‘ri emas? A. Yerga ursa ko‘kka sachraydi - juda sho‘x B. Tepa sochi tikka bo‘lmoq - jahli chiqmoq C. Podadan oldin chang chiqarmoq – shoshilmoq D. Og'ziga tolqon solmoq - ko‘p ovqat yemoq 59. Sinonim so‘zlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang. A. Ozod, erkin, mustaqil B. Soqchi, poyloqchi, qo‘riqlash C. Istamoq, xohish, tilak D. Yorug’, dang'illama, keng 60. Berilgan so`zlardan nechtasi arxaik so`zlarga kiradi ? dudoq ; meng ; tilmoch ; yasovul; bek ; cho‘ri A) 2tasi B) 3tasi C) 4 tasi D) 5 tasi 61. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko‘paytirish, kengaytirish qanday ataladi? A) diversifikatsiya B) modernizatsiya C) strategiya D) koorporatsiya 62. “Rasmiy shaxslarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan rasmiy nuqtayi nazar bildirish yoki muayyan masala dagi xulosalarni qisqacha bayon etish maqsadidagi uchrashuvi” qanday ataladi? A) kolorit B) debat C) parlament D) brifing 64. Umummilliy tilimizning turli shevalarida qo`llanuvchi “bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati, vahmak, bo‘riq” tushunchalardan nechtasi jonli predmet hisoblanadi? A)2 tasi B) 3 tasi C) 4 tasi D) 1 tasi 65. Subyetiv munosabat ifodalovchi shakllar qatori noto’g’ri tuzilgan javobni toping. A) –lar, -gina, -dek B) -cha, -choq, -gina C) -loq, -jon,-xon D) barchasi to’g’ri tuzilgan 66. Qaysi so`z jonli va jonsiz narsalarning tovushini bildiradi, lekin tovush so‘ziga nisbatan kam qo‘llanadi. A) sado B) tovush C) un D) sas 67.Ilmiy uslub haqida notog`ri ma`lumotni toping. A) monografiya, dissertatsiya, darslik, maqola yozma sh klya yoziladi B) ilmiy ma’ruzalar og‘zaki shaklda bo`ladi C) ilmiy uslubda ko`chma ma`noli so`zlardan foydalanilmaydi D) barcha javoblar tog`ri 68.Berilgan sinonimik qatorda nechtasi eskirgan va kitobiy uslubda qo`llanadi? yuz, bet, aft, bashara, turq, chehra, jamol, oraz, uzor, ruxsor A) 2tasi B) 3tasi C) 4tasi D) 5tasi 69…..so‘zlarning uslubiy imkoniyatlari juda katta bo‘lib, ular nutqning jozibali, ta’sirli va aniq bo‘lishiga ko‘maklashadi. Nuqtalar o`rniga mos atamani qo`ying. A) antonim B) sinonim C) paronim D)omonim 70. Quyidagi so`zlardan nechtasi lug`atimizga yangi kirib kelgan so`zlar deyiladi? ma’naviyat , bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh A) 12tasi B) 8tasi C) 9tasi D) 13 tasi 71. pushburdor, morpech, cho‘nqaytma kabi atamalar qanday soha atamalari hisoblanadi? A) duradgorlik B) naqqoshlik C) kurash D) binokorlik 72. Tayyor sinonimik qatoriga kirivchi muhayyo, shay, taxt, hozir kabi so`zlarning qaysi biri tayyor ma’nosini kuchli bo‘yoq bilan ifodalaydi ? A) muhayyo B) shay C) taxt D) hozir 73. Qaratqich va tushum kelishiklari qo‘shimchalari qanday holatda matnga ekspressivlik, poetik ohang baxsh etishi mumkin? A) qisqargan shaklda B) belgisiz qo`llansa C) belgili qo`llansa D) tog`ri javob yo`q 74. “dandana” so`zining sinonimi qanday? A)maqbara B) kungura C) kulliyot D)koshin 75. Suybektiv ma`no ifodalovchi qo`shimchalr qanday so`zlarga qo`shilishi mumkin? A) faqat otlarga B) ot va sifatlarga C) barcha so`z turkumlariga D) ot, sifat, son, olmoshga 76. Paxta bayrami hech qayerda Mirzacho‘ldagidek qiziq o‘tmasa kerak, chunki bu yerga respublikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi. Mazkur gapda ichi bo`sh so`zlar soni nechta? A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta 77. Hunarni asrabon netkumdur … . Nuqtalar o`rniga mos so`zni qo`ying . A)oxir B) axir C) oxur D) barchasi tog`ri 78.Ichi bo`sh so`zlarga qanday birliklar kiradi? A) olmosh B) ot C) atoqli ot va olmosh D) ismlar 79. Raqibni belidan ilonday chirmashib olib yiqitish usuliqanday uslub deyiladi? A) cho`nqaytma B) morpech C) pushpurdor D)tuya chil 80. Gulshanlar kirgan hovli „qirq qizlar“ deb atalar edi. Ushbu gapda -lar qo`shimchasi qanday ma`noda ishlatilgan ? A) umumlashtirish B) kuchaytirish C) hurmat D) boshqalarni birgalikda ifodalash Download 254.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling