Ona tili fanidan test topshiriqlari
-sinf ona tili test topshiriqlari 2-chorak
Download 254.88 Kb.
|
Ahrorov metodik tavsiya
11-sinf ona tili test topshiriqlari 2-chorak
1. Ifodalilik zaruriy sifat hisoblangan nutqni belgilang. a) yozma b) badiiy c) adabiy d) og‘zaki 2. Nutq ifodaliligining manbalari qaysi javobda to‘g‘ri va aniq ko‘rsatilgan? 1. Tilning tovush qurilishi; 2. So‘z xazinasi; 3. Morfologik shakllar; 4. Sintaktik birliklar; 5. Vulgarizmlar; 6. Intonatsiya; 7. Argo va dialektlar. a) 1, 2, 3, 7 b) 1, 2, 5, 6 c) 1, 3, 5, 7 d) 1, 2, 4, 6 3.Yaratish zavqidan sipqorgin to‘yib Kelajak poyiga baxsh etgin jondan.Ozodlik, obodlik baxtini suyib, Boshingga ko‘targin O‘zbekistonni. Parchada qo‘llangan iboralarni aniqlang. a) jonni baxsh etmoq, boshga ko‘tarmoq; b) obdlik baxti, yaratish zavqi; c) yaratish zavqin sipqormoq, ko‘kka ko‘tarmoq; d) ozodlik baxti, jonni baxsh etmoq; 4. Berilgan juftliklarning qay biri ifodalilik darajasiga mos emas? a) Ignaday narsani tuyaday qilmoq - bo‘rttirmoq; b) Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan - yuvosh; c)Tegganga tegib, tegmaganga kesak otadi- sho‘x; d) Igna ustida o‘tirmoq - bezovta bo‘lmoq; 5. Qaysi javobda metaforaga to'g'ri ta’rif berilgan? A) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi biian ikkinchisining atalishidir. B) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ning ko'chishidir. C) Metafora narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun-bo'lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chirishdir. D)Metafora ma’no ko'chish turlarining umumiy nomidir. 6. Narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi bilan ikkinchisining atalishi ko‘chimning qaysi turiga xos? a) metonimiya b) metafora c) snekdoxa d) vazifadoshlik 7. Bu yerga termulib parishon dunyo, To‘g‘rilab oladi qo‘lda soatin. Parchada ko‘chimning qay turi qo‘llangan? a) metafora b) metonimiya c) snekdoxa d) vazifadoshlik 8. So‘zning o‘xshashlik asosida ko‘chishi qanday ataladi va va unga mos keluvchi birikmani aniqlang. a) metafora, dasturxon b) metonimiya, dunyo c) metafora, quloq d) metonimiya, ohang 9. Nutqda so‘zlarni ko‘chma ma’noda ishlatishning xilma -xil ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ular qanday nom bilan birlashtiriladi? a) ibora b) ifodalilik c) kinoya d) ko‘chim 10. Iboralar deyarli qo‘llanmaydigan til uslublarini belgilang. a) ilmiy, rasmiy b) ilmiy, publitsistik c) rasmiy, so‘zlashuv d) so‘zlashuv, badiiy 11. Esi ketmoq iborasining o'xshashini toping. A) holdan toymoq B) holdan ketmoq C) ep bilmaslik D) A va B 12. Alisher Navoiyda ... mingdan ortiq, rus shoiri A.S.Pushkinda ... mingdan ortiq so'z boyligi mavjudligini mutaxassislar ta'kidlaydi. Nuqtalar o'rnini to'ldiring. A) 21, 26 B) 26, 21 C) 25, 23 D) 21, 16 13. O'lmoq fe'lining ma'nodoshlari qaysi qatorda berilgan? A) vafot etmoq, bo'lmay qolmoq B) o'tib qolmoq, olamdan o'tmoq C) olamdan ko'z yummoq, u dunyoga ketmoq D) barcha javoblar to'g'ri 14. Izn bermoq iborasining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) tiz cho'kmoq B) qayd qilmoq C) ruxsat bermoq D) ayamadi 15. Raqam qilmoq iborasining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) qayd qilmoq B) ruxsat bermoq C) ranjimoq D) afsuslanmoq 16. Bir soat nari-berisida yetti uxlab tushiga kirmaydigan voqeaning sodir bo'lishi uni esankiratib qo'ygandi. Ushbu gapda qo'llanilgan iborani toping. A) esankiratib qo'ymoq B) voqea sodir bo'lishi C) yetti uxlab tushiga kirmaydigan D) nari-beri 17. Ep bilmaslik iborasining ma'nosi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) noloyiq, yarashmaydigan ish deb bilmoq B) eplolmaslik C) qiynalib holsizlanmoq D) o'ziga ravo ko'rmoq 18. - Otni biladigan odamlarni xush ko'ramiz. Biz asli otboqarning o'g'limiz, Saidqul aka, otni yaxshi ko'ramiz. Gapda nutq boyligini ta'minlayotgan birliklar qaysilar? A) Otni, xush ko'raman, yaxshi ko'ramiz B) biladigan odam, asli, yaxshi ko'ramiz C) xush ko'raman, biz, otboqarning o'g'li D) biladigan odam, otboqarning o'g'li 19. Esi chiqib ketmoq iborasining ma'nodoshi qaysi javobda keltirilgan? A) aqldan ozmoq B) jon-poni chiqib ketmoq C) joni xalqumiga kelmoq D) B va C javoblar to'g'ri 20. Onamning jahllari battar qo'zg'ab, shang'illagancha quloq-chakkamga shapaloq tushirdilar. Ushbu gapda nutqning jo'yalik sifatini buzayotgan so'z qaysi? A) battar B) shang'illagancha C) quloq-chakka D) shapaloq 21. Yuragini yormoq iborasining o'xshashini toping. A) kayfini uchirmoq B) o'lmoq C) ko'nglini yormoq D) aldamoq 22. Uchrashuv tugab, mehmonlik izzatimiz bitib, u yerdagi o'rtoqlar biror o'n chaqirimcha kuzatib qo'ygach, yana ikkimiz yolg'iz qoldik. Ushbu gapda nutqning boyligini ta'minlayotgan birliklar qaysilar? A) tugab, bitib B) uchrashuv, mehmonlik C) o'rtoqlar, yolg'iz D) biror, yana 23. Yuzidan o'ta olmaslik iborasining ma'nosi? A) aytganini qildirmoq B) qattiq qo'rqmoq C) biror ishni qilishda kimningdir ra'yi, xohishi bilan hisoblashmoq D) uyalmoq 24. Mehrinisoning yuragiga g'ulg'ula tushgan edi. O'g'lining sadoqati, vafosi bilan ich-ichidan faxrlansa, sevganidan judo bo'lib ezilayotganiga rahmi kelardi. Ushbu gapdan iborani toping. A) o'g'lining sadoqati, vafosi B) yuragiga g'ulg'ula tushgan edi C) rahmi kelardi D) ich-ichidan faxrlanmoq 25. Juda ishni ko'ngling tusagan ekan, ana, ko'cha-ko'yda nechta gazet sotadigan kioska bo'sh yotibdi, o'shanga ishga kir, ma'rifat tarqat, ziyo soch. Ushbu gapda nutqning boyligini ta'minlayotgan birliklar qaysilar? A) tusagan ekan, yotibdi B) tarqat, soch C) kioska, ish D) ma'rifat, ziyo 26. O'pkasi to'lmoq iborasining ma'nosi va o'xshash variantlarini toping. A) iztirob chekib, yig'lab yuborish holatiga yetmoq B) xo'rligi kelmoq C) yig'lamoqdan beri bo'lmoq D) barcha javoblar to'g'ri 27. Nimalar qilyapsiz, ona?! - o'g'li yolvoruvchan ovoz bilan yaltoqlanib Tazkiraning oldida tiz cho'kkan. Ushbu gapda nutqning jo'yalik sifatini buzayotgan so'zni toping. A) yaltoqlanib B) yolvoruvchan C) ovoz D) oldida 28. Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun bo'lak munosabati asosida birining nominiikkinchisiga ko'chirish qanday nomlanadi? A) metafora B) metonimiya С) sinekdoxa D) kinoya 29.Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadorlik asosida birining nomi bilanikkinchisining atalishi qaysi ma’no ko'chishi hisoblanadi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 30.Narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ning ko'chishi qanday nomlanadi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 31.Qaysi javobdagi so'zning o'xshashlik asosida ko'chgan ma’nosi tilda doimiy metaforagaaylangan, ya’ni turg'unlashib, mazkur tushunchaning nomiga aylangan? A) Har yil bir keladigan bahor sevinchi yana ko'ngillarni qitiqlay boshladi. B) Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi... C) Qo'zichoq qulog'ini dikkaytirgancha qarab turardi. D) Qozonning qulog’idan ushlab, gaz ustidan oldi. 32. Qaysi gapda narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida nom (so'z)ningko'chishi sodir bo'lgan? A)Dasturxonga qarang, mehmon! B) Bu kishi tirnoqqa zor. C)Tollarning ko'm-ko'k sochpopuklari qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillabtushmoqqa boshladi. D) Bu yerga termulib parishon dunyo. To'g'rilab oladi qo'lda soatin. 33. Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor, Terlab ketganini ko'rsang oynaning... Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqboi Mirzo) Ushbu gapda qanday ma’no ko'chishi bo'lgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 34.Undan keyin sizning dasturxoningizni solib, qo'lingizga suv berib, qizingizning choklarinitikishib, xizmatingizni qilib yotardim! (Cho'lpon) Ushbu gapda qaysi usulda ma’no ko'chgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 35. Toki g'olib ekan muzaffar o'ika, Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat. (A. Oripov) Ushbu she’riy parchada ma’no ko'chishning qaysiusuli kuzatilgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 36. Ko'chimning bu turi narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun- bo'lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko'chirishdir. Qaysi gapda ushbu ta’rif asosida ma’no ko'chgan? A)Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g'amli yuzlari kuldi, o'zlari horg'in-horg'in oqsalar-da, bo'shalgan qul singari erkinlik nash’asini kemira-kemira ilgari bosadilar. B) O‘zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Oltin boshning kalla bo’lgani shudir. C)Kamarlar odatda tog'ning belida, shamoldan pana, atrof yaxshi ko'rinadigan yerda bo'ladi. D)Bashirjon yoniga ag'darildi: «Rahmatli chol to'g'ri aytarkan. Undan-ku, birtirnoq - men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman». 37. Ko'chimning bu turi narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aioqadorlik asosida biriningnomi bilan ikkinchisining atalishidir. Qaysi gapda ushbu ta’rif asosida ma’no ko'chgan? A)Bultur ekilib, ko'p qoshlarni qoraytirgan o'sma ildizidan yana bosh ko'tarib chiqdi... B)Muloyim qo'llarda ivib, suvga aylangandan keyin go'zal ko'zlarning supasida yonboshlashni muncha yaxshi ko'rar ekan bu ko'kat! C)Balki, tush ko'rganday qolursiz hayron, Eshitib Toshkentning sabr-u toqatin. D)Ammo siz hurmatlilarga ma’lumdirki, bizning shui Otabekdan o'zga farzandimiz bo'lmay, dunyoda o'zimizdan keyin qoldiraturg'an tuyoqimiz va ko'z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir. 38.Yuzlari tandirdan endi uzilgan nonday qizil, mo'ylovli bir odam uloq boshiga keldi. Ana shumo'ylov bakovul bo'ldi. (Tog'ay Murod) Ushbu gapda so'z ma’nosi qaysi usulda ko'chgan? A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) kinoya 39.Vodoprovod yonidagi oshrayhondan birshox sindirib olib, kaftiga urdi. Yoqimli hid dimog'iniqitiqladi. (O'. Umarbekov) Ushbu gapdagi ostiga chizilgan so'zda ma’no ko'chishning qaysi turi kuzatilgan? A) metafora B) kinoya C) sinekdoxa D) metonimiya 40.Ot minganda, qushlar kabi uchguvchi, Erkin-erkin havolarni quchguvchi,Ot chopganda, uchar qushni tutquvchi, Uchar qushday yosh yigitlar qayerda? Tog' egasi - sor, burgutlar qayerda? (Cho'lpon) Berilgan misralarda sor, burgut, lochin so'zlaridagi ko'chma ma’no qanday asosda yuzaga kelganini toping. A) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aioqadorlik asosida B) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun bo'lak munos. ati asosida C) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida D)so'z yoki iborani o'z ma’nosiga tamomila qarama-qarshi bo'lgan ko'chma ma’noda ishlatish asosida 41. Tarixchilarning yozishicha, «oqposhsho» Aleksandr Ikkinchi oliy hazratlari ko‘p«adolatpesha» bo'lgan ekanlar. Chernyayev ayni saratonda Toshkentni qariyb ikki oy suvsiz qoldirib qamal qilganini, shaharga bostirib kirgach, aholini ayovsiz qirganini eshitib, podshoyi olam qattiq ranjibdilar. Shu qadar xafa bo'libdilarki, Chernyayevni kapitanlik unvonidan mahrum qilib, general unvonini beribdilar. Bandi brilliant bilan jilolangan oltin qilich hadya qilibdilar. Bir «bechora»ni «jazolash» bo'lsa, shunchalik bo'ladi-da! qo'shtirnoq ichida yozilgan so'zlarda ma’no qaysi usulda ko'chgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 42.Qaysi ibora “uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq”ma’nosini bildiradi? A) yulduzni benarvon urmoq B) kekirdagini cho'zmoq C) ko'zini bo'yamoq D) aravani quruq olib qochmoq 43.Kinoya - bu... A)narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadoriik asosida ma’no ko'chishi B)narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun-bo'lak munosabati asosida ma’no ko'chishi C)narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida ma’no ko'chishi D)so'z yoki iborani o'z ma’nosiga tamomila qarama-qarshi bo'lgan ko'chma ma’noda ishlatish 44.Ertasiga ellikboshi Qobil boboni boshlab qaynatasi - Egamberdi paxtafurushning oldiga olibbordi. Paxtafurush cholning holiga ko'p achindi va yerini hay dab olgani bitta emas, ikkita ho'kizberdi, lekin «kichkinagina» sharti bor. Bu shart kuzda ma’lurn bo'ladi... (Abdulla Qahhor)Ushbu parchada qo'llangan “kichkinagina” so'zida ma’no qaysi usulda ko'chgan? A) metafora B) kinoya C) sinekdoxa D) metonimiya 45.Bugun jug'rofiya o'qituvchisi darsga kelmadi. Xomtok qilaman deb so'ridan yiqilib,oyog'ini sindiribdi. Ajoyib «xushxabar»dan keyin bir zumda sinf bo'shadi-qoldi. Parchada qo'llangan "xushxabaf so'zidama’no qanday usulda ko'chgan? A) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi muayyan aloqadoriik asosida B) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi butun-bo'lak munosabati asosida C) narsa yoki tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlik asosida D)so'z yoki iborani o'z ma’nosiga tamomila qarama-qarshi bo'lgan ko'chma ma’noda ishlatish asosida 46. Kinoya haqida berilgan fikrlarning nechtasi to'g'ri? 1.Kinoya so'zlovchining tasvirlanayotgan narsa yoki tushunchaga kesatiqli, pichingli, istehzoli, umuman, subyektiv-kulgi aralash munosabatini ifodalash vositalaridan bo'lganligi uchun ham so'z yoki iboraning to'g'ri ma’nosiga zid, ya’ni inkor, emotsional-ekspressiv bo'yoqli ma’no voqelanadi. 2.Kinoyaviy ma’noning voqelanishida nutq vaziyati, kontekst va intonatsiya ham alohida rol o'ynaydi. 3.Kinoyada so'z yoki iboraning tildagi ma’nosi bilan nutqda reallashgan ko'chma ma’nosi o'rtasidagi zidlik kuchli ta’kid oladi va shunga ko'ra birdaniga diqqatni jalb etadi. 4.Kinoyaviy qo'llangan so'z yoki ibora og'zaki nutqda o'ziga xos, farqli intonatsiya bilan aytilsa, yozuvda ko'pincha qo'shtirnoq bilan ajratiladi. A) bittasi B) ikkitasi C) uchta D) to'rttasi 47.Qaysi gapda so'z ma’nosi kinoya asosida ko'chgan? A) Donolar dunyoni demish ko'pkari, Boqing, O‘zbekiston dadil ot soldi! B)Ammo oyog'ining ostidan narini ko'rmaydigan, vaholanki, hayotdan faqat nuqson izlaydigan ayrim «dono» vaysaqilar, afsuski, bor. C) Kamtarin bo'l, hatto birqadam O'tma g'urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O'par doim peshonasidan. D) Bir kun burun shovullab yog'gan yomg'ir vatong tarovati bois olam bag'oyat chiroyli hamda tiniq, havo esa musaffo va xushbo'y edi. Bu xushbo'ylikni rasadxona ortidagi tog'dan yelayotgan mayin shaboda olib kelardi. 48. «O'zbek tili enantiosemik so'zlarining izohlilug'ati»da so'zning o'z va qaysi ma’no ko'chish turiga izoh berilgan? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 49.Agar Kesakpolvonni nazarda tutib, shunday desangiz, adashasiz. Chunki u «kamtarin» banda qudrat bobida o'zidan oldin faqat Asadbekni ko‘radi. .Ushbu gapda ma’no ko'chishning qaysi turi uchraydi? A) metafora B) metonimiya C) sinekdoxa D) kinoya 50. Qaysi so'z kinoyaviy ma’noda qo'llanganda“kasofat, yomonlik, kasr” ma’nosini bildiradi? A) diyonat B) shafoat C) sharofat D) kudurat 51. Qaysi javobdagi gapda “xosiyat, yaxshilik" ma’nosini ifodalovchi so'z qo'llangan? A)Xolisan aytganda, shularning sharofati bilan qishda loyi, yozda tuprog'i ko'pchib yotadigan qo'rg'on ko'chasi bir tekis qilib asfaltlandi, gaz quvuri keldi, kechalari chiroq o'chib qolmaydigan bo'ldi. B)Sen!.. - Toshbolta unga ham ikki ogiz «shirin» gaplaridan aytmoqchi edi, qiziningko'zlariga ko'zi tushib, shashtidan qaytdi.Sharif Vallomatning «sharofati» bilan ishdan ketib, tishkavagiga bekitganini ham yeb-bitirib, hattoki bir- ikkita gilamlarini ham sotib, shipshiydam uydaxotini-yu uchta bolasi bilan g'arib bo'lib o'tirganini bilardi. C)U kishi Ufa shahrida ta’lim olgan muallimani yollab onamni o'qitgan ekanlar. Men oyimning pinjiga suqilib o'tirib, husnixat mashq qilardim. D) tog`ri javob yo`q 52. «O'zbektili enantiosemik so'zlarining izohlilug‘ati»ning mualliflari qaysi javobda to'g'ri berilgan? A)Sh. Rahmatullayev, E. Begmatov B)A.Hojiyev, E. Begmatov C)N. Mahmudov, Y. Odilov D)N. Mahmudov, E. Begmatov 53. Qaysi gapda ma’nosi kinoya asosida ko'chgan so'z qatnashmagan? A)Maxdum o'zining chekkan tashvishida haqli bo'lib chiqdi. Anvarning tevaragida «xolis» maslahatgo'ylar ham ko'rinishib qoldilar. B)Ombor hovlisi birpasda qiy-chuv bo'lib ketdi. Qayoqdandir Mirvosiq paydo bo'lib qoldi. -Yashang, ota! - dedi u. - Anchadan beri qo'lga tushirolmay yuruvdik. C) «O'ttiz ikki tangadan soliq yig‘, emish... Bizning xalqni yeryutsin. Azizbekning tulkiligiga uchdi-da, uning kechagi zulmlarini unutdi, yetmishkunlab bir zamon jon berib, jon olib, nihoyat,xizmat haqqi uchun o'ttiz ikki tanga «mukofot», eng keyingi burda noningni ham ber!» D) Qvutish lozim bo'lib qolsa, bittasini emas, hammasini ikkita «shirin» so'z bilan «ovutib» tashlayman. 54.Qaysi gapda o'z ma’nosiga zid qo'llangan so'z mavjud emas? A) Xullas, podsho hazratlarining farmoniga muvofiq o'n yetti yoshdan qirq yetti yoshgachabo'lgan yigitlar mardikorlikka olinishi kerak emish... Bunday «iltifot»ga viioyat boylari, mirshablar, mingboshilar panja orasidan qarasalar-da, bu aksar mehnat ahlining qonini qaynatib yubordi. B)Hasancha bizning sinfdoshimiz edi. Kattalar uning otasini qancha «yaxshi ko'rsa», biz ham Hasanchaga shunday edik... Birga o'qib, yonma-yon birga yurgan odamingiz to'satdan oldinga o'tib nom qozonsa, kimga yoqibdi, ayting! C)Kampir juda dono xotin edi. Bolalarim haftada bir marta xabar olishsa, yetti kun uyim to'ladi deb, qadrdon uyidan jilmasdi. D)Voy dono-ye! O'zing-ku bir institutni o'n yilda zo'rg'a bitirding, endi odam qatoriga kirib, boshqalarga aql o'rgatadigan bo'lib qoldingmi?! 60. Qaysi gapda kinoya asosida ma’nosi ko'chgan so'z mavjud? A)E-e, siziar “hukumat” emasmi? - so'radi chol. B)“O'tkan kunlar”ni o'qiganmisiz, mehmon? C) Rahmi kelib bulutning, Yig'lab to'kar yoshini. D)Mulla Ostonaquldagi zehn burroligi yetti yilda ham «Haftiyak»dan nari o‘tishga yo‘l qo'ymadi. 61.Qaysi gapda sifat turkumiga mansub so'zning ma’nosi kinoya asosida ko'chgan? A)Ichkari tomondan uzun malla to‘n, oq salla, sag'ri kavush kiygan, qo'llarida ming donalik tasbeh, ko'zlariga surma tortgan, ...mosh yegan xo'rozday qizil yuziaridan «nur yog'ilib» turgan (o‘z da’volaricha) xast eshon tamannolik bilan yerni «minnatdor bo'lsang, bosaman», deb chiqib keldilar. B)Shakuriy muallim bolaning burroligi, zakovatidan behad quvondi. C) Sen yaxshisan, Men yomondirman, Senborsanki, Men omondirman. D) Ja yaxshisan o'zing ham, Yomonni yomonlama. Menga qara, ey odam, Zamonni yomonlama. 65.Qaysi javobdagi iboraning antonimi mavjud? A) qo'li kalta B) to'ydan oldin nog'ora qoqmoq C) qo'lini sovuq suvga urmaslik D) burnini suqmoq 66. Qaysi javobda “imkoniyati cheklangan" ma’nosini bildiruvchi iboraning antonimi berilgan? A)tili uzun B) tegirmonga tushsa, tirik chiqadigan C)qo'li uzun D) yulduzni benarvon uradigan 67. Qaysi javobdagi ibora “qiyinroq jismoniy mehnatni mutlaqo qilmaslik' ma’nosini bildiradi? A)dunyoni suv bossa, to'pig'iga chiqmaslik B)jini suymaslik C) jonini jabborga bermaslik D)qo'lini sovuq suvga urmaslik 68.Qaysi birlik nutq ifodaliligini ta’minlamaydi? A) o'xshatish B) kinoya C) metonimiya D) ma’nodoshlik 69.Ular nutqda katta badiiy-uslubiy imkoniyatlarga ega bolganligi uchun nutqning ifodaliligini ta’minlaydigan alohida vosita vazifasini bajaradi. Berilgan ta’rif nima haqida? A) o'xshatishlar B) kinoyalar C) iboralar D) ko'chimlar 70. Yigit musichadek beozor ekan gapidagi o'xshatish etaloni qaysi? A) yigit B) musicha C) -dek qo'shimchasi D) beozor 71. Yigit musichadek beozor ekan gapidagi o'xshatish subyekti qaysi? A) yigit B) musicha C) -dek qo'shimchasi D) beozor 72.Yigit musichadek beozor ekan gapidagi o'xshatish asosi qaysi? A) yigit B) musicha C) -dek qo'shimchasiD) beozor 73.Yigit musichadek beozor ekan gapidagi o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi qaysi? A) yigit B) musicha C) -dek qo'shimchasi D) beozor 74.O'xshatishda subyekt deganda nima nazarda tutiladi? A)o'xshatiladigan narsa B) o'xshatish etaloni C) o'xshatish asosi D) o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi 75. O'shanda bo'ychan o'spirin otasi bilan birga ekib, parvarishlagan bug'doy oltindek sarg'ayibpishayotgan edi. Ushbu gapdagi qaysi so'z o'xshatish etaloni hisoblanadi? A) bug'doy B) oltin C) sarg'ayib D) -dek qo'shimchasi 76.O'shanda bo'ychan o'spirin otasi bilan birga ekib, parvarishlagan bug'doy oltindek sarg'ayibpishayotgan edi. Ushbu gapdagi qaysi so'z o'xshatish asosi hisoblanadi? A)o'xshatiladigan narsa B)o'xshatish etaloni C)o'xshatish asosi D)o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi 77. Qaysi gapda o'xshatishning to'rtala unsure ham qatnashgan? A)Yaproq quyosh nurida oltindek tovlanib,yengil tebranganicha ko'kka dadil bo'y cho'zibturardi. B)Bular so'zlab bergan har bir hikoya, O'zi shundoqqina oltinday kitob. C) So'fining tani shu topda Arabistontog'larining saratondagi toshlariday qizib yonardi. D) Xayollar qo'ymaydi o'z holimizga -Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir. 75. Xayollar qo'ymaydi o'z holimizga -Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir. (IqbolMirzo) Ushbu she’riy parchadagi o'xshatish subyektini toping. A) lo'livachcha B) -dek qo'shimchasi C) xayollar D) yopishqoq, kir-chir 76. Xayollar qo'ymaydi o'z holimizga - Lo'livachchalardek yopishqoq, kir-chir. (Iqbol Mirzjo) Ushbu she'riy parchada qo'llangan lo‘livachcha so'zi o'xshatishning qaysi unsuri bo'ladi? A)o'xshatiladigan narsa B) o'xshatish etaloni C) o'xshatish asosi D) o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi 77. O'xshatishda qo'llanadigan -dek, -day qo'shimchalari o'xshatishning qaysi unsuri hisoblanadi? A)o'xshatiladigan narsa B)o'xshatish etaloni C) o'xshatish asosi D) o'xshatishning shakliy ko'rsatkichi 78 . Qaysi gapda turg'un o'xshatish qo'llangan? A) Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi. B) Bolalari qo'rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi. C) Maydalab o'rilgan sochlardek egatlarga taralgan suvlar - nay ko'ksidan oqavotgan ohanglar kabi sirli-sirli jildiraydilar. D) Osmonga barkashdek bo'lib oy chiqdi. 79.Qaysi Javobda berilgan ta’rif turg'un o'xshatishga xos? A) Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan bunday o'xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vositalardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o'rin tutadi. B) Yozuvchi o'zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil original o'xshatishlar yaratadi, bu o'xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi bilan o'quvchini rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat, xususiyat, predmetlarni o'quvchi ko'z o'ngida yaqqol gavdalantiradi. C) Bunday o'xshatish yozuvchining o'z ijodi mahsuli hisoblanadi. D) Bunday o'xshatishlar xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kiriladi. 80. Qaysi javobda berilgan xususiyat turg'un o'xshatishga xos emas? A) O'xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo'ladi. B) Muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo'llanmagan bo'ladi. C)Vaqtlar o'tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg'unlashgan, umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo'ladi. D Keltirilgan barcha fikrlar to'g'ri 81. Nutqning ham shaklan, ham mazmunan diqqatni o'ziga jalb qila oladigan bo'lishi uning qaysi sifatiga bog'liq? A) nutqning aniqligi В) nutqning sofligi С) nutqning jo'yaliligi D) nutqning ifodaliligi 82. Berilgan fikrlardan nechtasi to'g'ri? 1 Nutqning turli uslublari ifodalilik sifatiga turli darajada ehtiyoj sezadi. 2. Rasmiy ish qog'ozlarida ifodalilikka nisbatan kamroq e’tibor qilinadi. 3. Ilmiy uslubda o'mi bilan bir qadar ifodalilik sifati kerak bo'ladi. 4. Ifodalilik, ayniqsa, badiiy nutqning zaruriy sifatlaridandir. A) bittasi B) ikkitasi C) uchtasi D) to'rttasi 83.Qaysi javobda leksik takror nutqning ifodaliligini ta’minlashga xizmat qilgan? A)Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz,Qilur qatlima qasd qayrab - Qilich qotil qaroshing, qiz. B)Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim,Qumlar bosib qurimasin daryolarim. C)Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib,Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi... D)hamma gapda leksik takror mavjud 84.Bo'lar elning bolalari bir-birin der, Bo'lmas elning bolalari bir-birin yer. Ushbu parchada nutqning ifodaliligini ta’minlashda takrorning qaysi turidan foydalanilgan? A) leksik takror B) fonetik takror C) morfologik takror D) sintaktik takror 85.Kapalakday kelib, qoshingga qo'nib, Ko'zingga termulib umrim o'tsaydi...Ushbu parchada nutqning ifodaliligini ta’minlashda takrorning qaysi turidan foydalanilgan? A) leksik takror B) fonetik takror C) morfologik takror D) sintaktik takror 86.Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan.Qarab qo'ygil qiyo,Qalbim qizdirsin quyoshing, qiz. Ushbu parchada nutqning ifodaliligini ta’minlashda takrorning qaysi turidan foydalanilgan? A)leksik takror B) fonetik takror C)morfologik takror D) sintaktik takror 87.Qaysi javobdagi so'zlar rasmiy uslubga xos? A)ruxsat bermoq, raqam qilmoq B ) izn bermoq, qayd qilmoq C)izn bermoq, raqam qilmoq D) ruxsat bermoq, qayd qilmoq 88.Zebi yuragida tugilib yotgan zo‘r tugunni yechib yuborgan edi. Ushbu gapda nutq ifodaliligini qaysi vosita ta’minlanlagan? A) takror B) ma'nodoshlik C) so‘z ma’nosini ko'chma ma’noda qo'lash D) shakldoshlik 89. Razzoq so'fining sovuq yuzlari uning ko'zlaridan yiroqlashganlar // nasi hat yo'li bilan minglarcha marta aytilgan va ta’kidlangan so'zlar unutilgan // sovuq so'filarning «harom» degan da’volari sinib, parcha- parcha bo'lgan // to'rt devorning bu tutqun qizi o‘ziga o'xshagan tutqunlardan boshqa hech bir guvoh va tilchi bo'lmagan shu keng dalaning quloch yetmas bag'rida yillardan beri tugilib kelgan alamlarini kuyga aylantirib, cheksiz bo'shliqlarga yoyib yuborgan edi. (Cho'lpon) Ushbu gapda // belgisi o'rniga qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) vergul B) nuqtali vergul C) tire D) ikki nuqta 90.Qaysi javobdagi ibora “yomon niyat bilan deyarii aybi yo‘q odamning faoliyatidan ayb topishga harakat qilmoq" ma’nosini ifodalaydi? A) xamirdan qil sug’urganday B) qildan qiyiq axtarmoq C) esxonasini chiqarmoq D) kavushini to'g'rilab qo'ymoq Download 254.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling