Ona tili va adabiyot 1


Download 130.87 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi130.87 Kb.
#1559303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MATEM ONA TILI.10.07.22


Registan Mirzo Ulug’bek +998940032700






Ona tili va adabiyot
1. O‘z muallimi va ustozini e’zozlash, ularni hurmat qilish har bir o‘quvchining burchidir. Ushbu gapdagi so‘z birikmalari haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Tobe qismi ot, olmosh va fe’l bilan ifodalangan to‘ldiruvchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B) Aniqlovchili so‘z birikmalarining barchasida hokim qism ot bilan ifodalangan.
C) Hokim qismlari to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lib kelgan bitishuvli so‘z birikmalari qatnashgan.
D) Boshqaruvli so‘z birikmalarining hokim qismi to‘ldiruvchi va ega vazifasini bajargan.


2. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metonimiya usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Tez orada "Sohibqiron" sahna yuzini ko‘radi.
B) Negadir ishtaham qochib ketdi.
C) Bu g‘arib bosh nimalarni ko‘rmagan, jigarim.
D) Shamol kuchayib olovning tili yana ham uzunlashdi.


3. Qaysi javobda imloviy xato yozilgan fe’l turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Yigitning otasi kasmonavt edi. U bu bilan faxrlanardi.
B) Yolg‘on bo‘lsa, boq-chi ko‘zimga?
C) U juda bepisanlik bilan gapirardi.
D) O‘quvchilar yo‘l bo‘ylarida ko‘chat ekishayapti.


4. Qaysi javobda "Sohibqiron" dramatik dostoni qahramonlaridan biri bo‘lgan Aloviddin haqida ma’lumot berilgan?
A) Betakror iste’dod egasi edi, asarda Amir Temur tomonidan "shatranj sohasida jahongirdirsan" deya ta’riflangan.
B) Asarda ifoda etilishicha, u xohlasa, ko‘zining rangini ham o‘zgartira oladigan epchil xufya edi.
C) U Rum sultoni asir olingani xabarini olib kelgan yasovul.
D) Boyazidning elchisi bo‘lib, u Rumodan yetib kelgan edi.


5. "Shum bola" qissasida Shum bola kimga birinchi qor yog‘ganda yetim shogird nomidan "Qorxat" yozib, undan gunafsha duxoba qalpoq olgan edi?
A) Sariboy bo‘lisga B) Hoji boboga
C) Eshonga D) Sulton o‘g‘riga


6. Qaysi javobdagi gaplar juftligida o‘zaro asosdosh so‘zlar qatnashgan?
A) Qovunning bir tilimini arang yedi.
Bechora tilsiz jonivor zo‘rg‘a chidab turardi.
B) Bemor sog‘ayish uchun astoydil harakat qildi. Ne’mat akalarning ikkita sog‘in sigiri bor.
C) Shuni bilginki, bolali uy bozor.
Bugun do‘stim bilan bolaligimizni eslab rosa kuldik.
D) Qishloqning chekkasida kattagina tutzor yastanib yotar edi.
Oradan biroz vaqt o‘tgach xonaga tutqunni olib kirishdi.



Download 130.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling