Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet15/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

2-masala bayoni


Unli tovushlar va ularning tasnifi
Har bir til o‘zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. O‘zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‘, e) uch tomondan tasnif qilinadi:
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‘ra.
Og‘iz bo‘shlig‘ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal harakatiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1) old qator unlilar: a, e, i;
2) orqa qator unlilar: o, o‘, u.
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‘ra.
Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‘tarilishi va tushishi vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og‘izning ochilish darajasi har xil bo‘ladi. Chunonchi, i, u unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning uchun ham og‘izning ochilish darajasi tor bo‘ladi; aksincha, a, o tovushlarini hosil qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq keng bo‘ladi; e, o‘ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan tanglay o‘rtasidagi oraliq o‘rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo‘ladi. Ko‘rinadiki, tilning vertikal harakati og‘izning ochilish darajasini (tor, keng, o‘rta keng) belgilaydi. SHuning uchun unlilar tilning vertikal harakati (yoki og‘izning ochilish darajasi)ga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi:
1) yuqori tor unlilar: i, u;
2) o‘rta keng unlilar: e, o‘.
3) quyi keng unlilar: a, o.
3. Lablarning ishtirokiga ko‘ra.
Unlilar talaffuzida lablarning roli ham kattadir. Ayrim unlilar talaffuzida lablar albatta qimirlaydi, ya’ni ular doira shaklini oladi, ayrimlarida esa nisbatan kam qimirlaydi. Shunga ko‘ra unlilar ikki guruhga bo‘linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‘, o;
2) lablanmagan unlilar: i, e, a.
Unli tovushlar tasnifini quyidagi jaldvalda aks ettirish mumkin:




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling