Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet17/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

3) bo‘g‘iz undoshi. Bo‘g‘iz undoshi faqat bitta h tovushidan iborat bo‘lib, u bo‘g‘iz bo‘shlig‘ida un paychalari orasidagi tor oraliqda hosil bo‘ladi (jadvalga qarang).
E s l a t m a : Shuni aytish kerakki, v tovushining lab-lab varianti ham mavjud: ov, qovun, bevosita, birov. Shuningdek f tovushining ham lab-lab varianti bor: vafo, puf, tufurmoq, juft. Tilshunos H.A.Jamolxonov “lab-tish v ni lab-lab v ning fakultativ varianti deb qarash to‘g‘riroq bo‘ladi” degan fikrni bildirgan.6
2. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra undosh tovushlar uch turga bo‘linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a’zosining o‘zaro jipslashuvi va o‘pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a’zolariga ma’lum zarb bilan urilib, portlab o‘tishidan hosil bo‘ladigan tovushlar bo‘lib, ularga: b, g, d, j (jo‘ja so‘zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to‘siqdan, d, j (jajji so‘zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk orasidagi to‘siqdan, k, g undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi orasidagi to‘siqdan portlab o‘tadi. Bu undoshlardan ch, j (jadval so‘zidagi) o‘ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo‘lishida tilning old qismi milkka taqaladi, lekin odatdagi portlash yuz bermay, og‘iz bo‘shlig‘iga kelgan havo, asosan, sirg‘alib chiqadi. Natijada, to‘la bo‘lmagan portlash (t Q sh q ch kabi) qorishiq (affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j tovushi esa portlovchi d va sirg‘aluvchi j tovushlari oralig‘idagi tovushdir, shuning uchun Juma, Jahongir so‘zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga ajratiladi.
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q;
b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon)

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling