MA’RUZA MASHG”ULOTLARI
ONA TILI VA ADABIYOT
TILSHUNOSLIK VA TIL HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Ajratilgan soat 8 soat
1. Umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Til-ijtimoiy hodisa.
2 .O’zbek tili – O’zbekiston Respublikasining davlat tili. Hozirgi ona tilining tuzilish uzvlari: tovushlar tizimi, leksikasi, grammatik qurilishi.Tilshunoslik bo’limlari.
3. Milliy til va uning tarkibiy qismlari. Milliy va adabiy til. Ona tili va uning tayanch dialekti.
4 .Tilning paydo bo’lishi, tillarning taraqqiyoti.Lingvistik va ekstralingvistik omillar.Adabiy tilning og’zaki va yozma shakllari.Tillarning tasnifi.
Mavzu rejasi:
1. Tilshunoslik va uning turlari.
2.Til ijtimoiy hodisa sifatida.
3. Milliy til va uning tarkibi.
4. Tilning tuzilishi va tilshunoslik bo`limlari.
5. Tillarning tasnifi.
O`qituvchining maqsadi: Tilshunoslik va uning o`rganish obyekti bo`lgan til haqida umumiy ma`lumot berish.
1-masala bayoni
Tilshunoslik va uning turlari
Ma’lumki, hozirgi zamon fanlari tizimi quyidagi asosiy yo‘nalishlardan tarkib topgan:
1. Tabiiy fanlar.
2. Texnika fanlari.
3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar.
4. Matematika fanlari.1
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan” 2. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining barcha asosiy turlari bilan bog‘liq.
Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi.
Umumiy tilshunoslik barcha tillar bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlarni umumlashtiradi va turli tillarga tatbiq etiladigan nazariyani yaratadi. Umumiy tilshunoslikning maqsadi: 1) tilning tabiatini, mohiyatini aniqlash; 2) til haqidagi fanning sathlarini va ularni o‘rganuvchi sohalarni belgilash; 3) tillarning tasnifini yaratish; 4) lingvistik tahlil metodikasini ishlab chiqish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |