Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet6/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

4-masala bayoni
Tilning tuzilishi va tilshunoslik bo`limlari
Til tuzilishiga ko‘ra murakkab hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi qismlardan iborat:
1. Tovushlar tizimi.
2. Lug‘at boyligi yoki leksika.
3. Grammatik qurilishi.
Ma’lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi mavjud. Tovushlar so‘zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‘rsatkichlarni shakllantiradi.
Tovushlardan iborat bo‘lgan so‘z va iboralar yig‘indisi tilning lug‘at boyligini tashkil qiladi.
Lug‘at boyligidagi so‘z va iboralar fikrni ifodalovchi gap uchun qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Gap, uni qurish qonun-qoidalarini tilning grammatik qurilishi belgilaydi.
Demak, tilning tarkibiy qismlari sanalmish tovushlar tizimi, lug‘at boyligi, grammatik qurilishi o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, biri ikkinchisining bo‘lishini talab qiladi. Har bir konkret til o‘zining ana shu uzvlari bilan bir butun tizimni, sistemani, til tizimini tashkil etadi. Tilning tuzilishi sath tushunchasi bilan ham yuritiladi. Har bir sathning o`z birligi va ularni o`rganuvchi tilshunoslik bo`limlari bor.Tilshunoslikning fonetika,leksikologiya, frazeologiya, morfemika, morfologiya,sintaksis kabi bo`limlari ana shu birliklarni alohida o`rganish natijasida yuzaga kelgan.
5-masala bayoni
Tillarning tasnifi
Olimlarning taxmin qilishlaricha, hozirgi kunda yer yuzida 5000 dan ortiq til bor. Bu tillar tarqalishi va ijtimoiy vazifalariga ko‘ra ham, fonetik, leksik va grammatik xususiyatlariga ko‘ra ham o‘zaro farq qiladi. Jahon tillarining ko‘pchiligini milliy tillar va xalq tillari tashkil qiladi, tillarning ayrimlari esa qabila tillari, hatto urug‘ tillari hisoblanadi.
Milliy tillar o‘zining tarqalish hududi jihatidan hamda ulardan foydalanuvchi aholining miqdori, soni jihatdan bir xil emas: ayrim tillarda kichik hududdagi oz miqdorli aholi gaplashadi, ba’zi tillar esa juda katta hududlardagi ko‘p sonli aholi orasida tarqalgan. Bunday tillarga ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy, hind, arab, rus va shu kabi tillar kiradi.
Jahon tillarini tasniflash, ularning psixologiyasini ishlab chiqish umumiy tilshunoslikning vazifasiga kiradi.
Yer yuzidagi tillarni o‘rganish XVIII asrdan boshlandi. XIX asrning birinchi yarmida tillarni bir-biriga qiyoslab tekshirish keng tus oldi. Natijada tillarni tekshirishda qiyosiy usul vujudga keldi; bunda tillarning fonetik, morfologik, leksik xususiyatlari bir-biriga solishtiriladi. Bu usul bilan tillarning faqat hozirgi holatigina emas, balki ularning tarixiy holati ham o‘rganiladi. Shuning uchun ham o‘rganishning bu yo‘li qiyosiy-tarixiy usul deb yuritiladi. Tillarni shu yo‘l bilan o‘rgangan va o‘zlarining ilmiy asoslari bilan jahonga tanilgan tilshunoslar sifatida daniyalik Rasmus Rask (1787-1832), olmoniyalik Frans Bopp (1791-1967) va Yakob Grimm (1785-1863), rus olimi Aleksandr Vostokov (1781-1864) kabi buyuk tilshunoslarni ko‘rsatish lozim.
Tilshunoslikda tillarning qator tasniflari mavjud:
1) tillarning geneologik tasnifi; 2) tillarning morfologik tasnifi;
3) tillarning areal (geografik) tasnifi; 4) tillarning funktsional tasnifi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling