Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va mavzuning o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar
Flektiv tillarda birdan ortiq grammatik ma’no odatda birgina grammatik ko‘rsatkich orqali ifodalanadi. Masalan, rus tilidagi kniga so‘zshakli tarkibidagi –a affiksi (tugallanmasi) uch grammatik ma’noni: 1) jinsni (jenskiy rod), 2) bosh kelishikni (imenitelniy padej), 3) birlik sonni (yedinstvennoye chislo) bildirib kelgan; rus tilidagi uchu so‘z shakli tarkibidagi –u affiksi ham uch grammatik ma’noni: 1) aniqlik (xabar) maylini; 2) hozirgi zamonni; 3) 3-shaxs birlikni ko‘rsatish uchun xizmat qilgan.
Flektiv tillardagi bunday grammatik ko‘rsatkich (tugallanma) fleksiya deb yuritiladi. Fleksiya ikki xil bo‘ladi: tashqi fleksiya va ichki fleksiya. Tashqi fleksiya so‘z oxiriga qo‘shilib kelsa, ichki fleksiya so‘zning o‘zagida bo‘ladi. Fleksiyaning ikkala turi ham so‘zni grammatik jihatdan o‘zgartiradi. Tashqi fleksiyali tilga rus tili misol bo‘la oladi: zeml-ya, vod-a, pol-e, oblak-o, lyud-i so‘zlari oxiridagi unlilar, tugallanmalar so‘zning grammatik ma’nosini ko‘rsatib turadi. So‘z o‘zagi ichidagi tovushni, unli tovushni o‘zgartirish yo‘li bilan grammatik ma’noni ifodalash ichki fleksiya sanaladi. Masalan, inglizcha woman (ayol) so‘zshakli tarkibidagi a unlisi birlik sonni, women (ayollar) so‘zshaklidagi e unlisi ko‘plik sonni ko‘rsatuvchi fleksiyadir. Flektiv tillarga hind-yevropa, semit, xamit tillari kiradi. Polisintetik tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so‘z holida yoziladi. Polisintetik tillarga chukot tili kiradi. Takrorlash va mavzuning o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar: 1. Tilshunoslik fani nimalarni o‘rganadi? 2. Tilshunoslik fanining qanday turlari bor va ular o‘zaro qanday farqlanadi? 3. Nima uchun til ijtimoiy hodisa sanaladi? 4. “Jamiyatsiz til, tilsiz jamiyat bo‘lishi mumkin emas”, degan fikrni qanday izohlaysiz? 5. Tilning tarkibiy qismlari deganda nimalar nazarda tutiladi? 6. Tilda yuz beradigan o‘zgarishlar birinchi navbatda uning qaysi bo‘limida (sathida) yuz beradi va nima uchun? 7. Keyingi paytlarda o‘zbek tili sathlarida (leksika, fonetika, grammatikasida) qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 8. Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? 9. Shevalar adabiy tildan qaysi jihatlariga ko‘ra farqlanadi? 10. O‘zbek tilida qanday lahjalar mavjud va ular qanday belgilarga ega? 11. Tilshunoslikda tillarning qanday tasniflari mavjud? 12. Tillarning geneologik tasniflanishiga ko‘ra yer yuzida qanday til oilalari bor? 13. Oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhi haqida nimalarni bilasiz? 14. Morfologik tasnif bo‘yicha bo‘lingan amorf va agglyutinativ tillar guruhlari haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz? 15. Flektiv va polisintetik tillar haqida nimalarni bilasiz? Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling