Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet14/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Artikulyatsiya o’rni - talaffuzda ishtirok etuvchi asosiy nutq a’zosi yoki shu a’zoning faol ishtirok etayotgan qismi.
Artikulyatsiya usuli – nutq a’zolari hosil qilgan to’siqdan havo oqimining portlab, sirg’alib yoki titrab o’tishi.
Jaranglilik-jarangsizlik belgilariga asoslangan oppozitsiyalar - undosh tovushlarning jaranglilik va jarangsizlik belgilari asosida zidlanish hosil qilishi.
Lablanish va lablanmaslik oppozitsiyasi - unli fonemalarning lablar ishtirokiga ko’ra zidlanishi.
Tilning uch darajali ko’tarilishi - unli fonemalarning hosil bo’lishida tilning tanglay tomon ko’tarilish darajasi: quyi ko’tarilish, o’rta ko’tarilish, yuqori ko’tarilish kabi.
Fonema ottenkalari - fonemalarning talaffuzdagi real ko’rinishlari.
Kombinator ottenka(variant) - fonemaning so’z tarkibidagi tovushlar ta’sirida yuzaga kelgan ko’rinishi.
Pozitsion ottenka(variant) - fonemaning so’z yoki bo’g’indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko’rinishi.
Transkriptsiya - fonemalarning turli ottenkalarini, shuningdek, lahja va shevalarga xos fonetik xususiyatlarni yozuvda aniq ifodalash uchun shakllantirilgan maxsus grafik belgilar tizimi.


Ona tilining vokalizmi va konsonantizmi.
Nutq tovushlari.
Unli tovushlar va ularning tasnifi
Mavzu rejasi:
1. Nutq tovushlari va ularning tasnifi.
2.Unli tovushlar va ularning tasnifi.

1-masala bayoni


Nutq tovushlari va ularning tasnifi.
Inson nutqining ifoda jixatini shakllantiradigan tovushlar nutq tovushlari hisoblanadi. Nutq tovushlari boshqa tovushlardan inson nutqidagi mustaqil va yordamchi so`zlar, qo`shimchalar va boshqa til birliklarini shakllantirish va shaklan farqlash vazifasini bajarishi bilan farqlanadi. Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda esa o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi; 2) unli­ tovushlarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi; 3) unli tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling