Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet22/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

1. Fraza nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. U ohang va fikriy tugallikka ega bo‘lganligi uchun ko‘pincha gapga teng keladi. Masalan: Dunyoda boladan aziz narsa yo‘q G’G’ Bo‘lmaydi G’G’ Bolalar – kelajagimiz G’G’ (O‘. Hakimali). Bu nutqiy parchada uchta fraza bor. Frazalar hajm jihatidan har xil bo‘lib, ular bir, ikki, uch va undan ortiq so‘zdan tashkil topishi mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan misoldagi birinchi fraza beshta, ikkinchisi bitta, uchinchisi ikkita so‘zdan tashkil topgan. Yana qiyoslang: Ularning uyi qishloqning eng chekkasida, hovlilari baland tog‘ning shundoqqina etagida. G’G’ Bahavo. G’G’ Bog‘larining ortidan shovullab soy o‘tadi. (To‘lqin).
2. Takt frazaning bir qismi bo‘lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi. Buning tarkibidagi so‘z yoki so‘zlar bir bosh urg‘u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi. Masalan: Dunyoda G’ xushfe’l, G’ olijanob, G’ hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan odamlar G’ juda ko‘p (O.Husanov). Bu fraza tarkibida 6 ta takt bo‘lib, birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi taktlar bir so‘zdan, to‘rtinchi takt olti, oltinchi takt esa ikki so‘zdan tashkil topgan.
Fraza ba’zan bir taktga teng bo‘ladi. Masalan, Kech kuz edi. G’G’ Qo‘qqisdan qorasovuq boshlanib, G’ cho‘ponlarni tashvishga solib qo‘ydi (M.Qoriyev). Bunda birinchi fraza – Kech kuz edi bir taktga tengdir.
3. Fonetik so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lgan so‘z yoki bir urg‘uga birlashadigan (bir urg‘u bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq so‘zshakldir. Takt tarkibidagi fonetik so‘zlar soni undagi so‘zlarning umumiy miqdori bilan emas, urg‘uli so‘zlar miqdori bilan belgilanadi, ya’ni takt ichida urg‘uli so‘z qancha bo‘lsa, fonetik so‘z ham shuncha bo‘ladi: Dashtda G’ odam aqli shoshadigan G’ buyuk ishlar G’ qilinadi G’G’ (Y.Shamsharov). Bu fraza tarkibida to‘rtta takt bo‘lib, birinchi taktda bitta, ikkinchi taktda uchta, uchinchi taktda ikkita, to‘rtinchi taktda esa bitta fonetik so‘z qatnashgan. Bu frazadagi so‘zlarning umumiy soni fonetik so‘zlarning umumiy soniga teng.
Mustaqil urg‘uga ega bo‘lmagan yordamchi so‘zlar o‘zlari tobe bo‘lgan mustaqil so‘z bilan birga bir urg‘uga ega bo‘ladi va bir fonetik so‘zni tashkil etadi: Dilda saqlangan adovat temir zangiga o‘xshaydi, zang temirni yegani kabi, adovat qalbni azob va iztirob bilan yemiradi (Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur). Bunda 14 ta fonetik so‘z bo‘lib, bularning ikkitasi (yegani kabi, iztirob bilan) ning tarkibida ko‘makchi so‘zlar qatnashgan.
Bir tushunchani ifodalaydigan qo‘shma so‘zlar ham, tarkibidagi so‘zlarning umumiy miqdoridan qat’i nazar, bir fonetik so‘z sanaladi: Qo‘pol va dag‘al barmoqlar torlarni shunday chertar ediki, oddiygina qildan taralayotgan bu ohang dillarni rom qilib olgandi. (To‘lqin) Fraza tarkibidagi rom qilib olgandi bo‘lagi bitta fonetik so‘z deb qaraladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling