Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet23/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

4. Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor: a-do-lat. Birinchi bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch tovushdan iborat. Demak, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin. Chunonchi: o-ta, o-na, a-ka so‘zlarining birinchi bo‘g‘ini bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘ini ikki tovushdan, a-dir, o-qil, e-shit, i-dish so‘zlarining ikkinchi bo‘g‘ini uch tovushdan, a-van-gard, ak-sent, e-le-ment, an-ti-fa-shist, ar-tist, ge-o-graf so‘zlarining oxirgi bo‘g‘ini to‘rt tovushdan, a-le-bastr, a-git-punkt so‘zlarining oxirgi bo‘g‘ini besh tovushdan iborat. Bo‘g‘inning tuzilishi quyidagicha ifodalanadi: ona: V – C. Bunda V belgisi lotincha vokalis so‘zidan olingan bo‘lib, aslida unli (ovoz) degan ma’noni bildiradi. C belgisi esa inglizcha constant so‘zidan olingan bo‘lib, undosh degan ma’noni bildiradi. Bir tovushli bo‘g‘inlar unli tovushdangina iborat bo‘lsa, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘g‘inlar unli va undosh tovushlardan tuziladi. Bo‘g‘inlar qanday tovushlar bilan boshlanishi va qanday tovushlar bilan tugashiga qarab turlarga ajratiladi. Qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra ikki xil: 1) ochiq bo‘g‘in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-ma; 2) yopiq bo‘g‘in undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in: zarb-dor, zum-rad, id-rok. Bo‘g‘inlari qanday tovush bilan boshlanishiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: 1) berkitilgan bo‘g‘in undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik. 2) berkitilmagan bo‘g‘in unli bilan boshlanadi: o‘-qish, a’-lo.
Tarkibidagi bo‘g‘inlar soniga ko‘ra so‘zlar bir bo‘g‘inli (ish, ko‘k, kam, oz, besh, yuz, sen, pisht, ol, yoz); ikki bo‘g‘inli (da-la, qush-cha, yax-shi, shar-bat, qi-zil, ik-ki, ol-ti, o‘t-tiz, ni-ma, ham-ma, o‘-qi, ish-la, bor-di, bu-gun, se-kin, bi-lan, xud-di, ...); ko‘p bo‘g‘inli (qo‘-g‘ir-choq, a-ra-va-cha, pla-ne-ta-riy, ...) bo‘ladi.
So‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunonchi: 1) yozuvda so‘zning bir qatorga sig‘may qolgan qismi ikkinchi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi; 2) barmoq vaznida yoziladigan she’r misralari bo‘g‘in sonining teng bo‘lishiga asoslanadi; 3) birinchi sinf o‘quvchilarini savodga o‘rgatish davrida ham asosiy diqqat so‘zlarni bo‘g‘inlab o‘qish va yozishga qaratiladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling