2-masala banoni
Kombinator o‘zgarishlar
So‘z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri natijasida ro‘y beradigan tovush o‘zgarishi (fonetik o‘zgarish) kombinator o‘zgarish deyiladi. Bunga assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi.
1. Assimilyatsiyada tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o‘ziga aynan yoki qisman o‘xshatib oladi. Masalan, xat-ni – xatti (o‘zakdagi t tovushi affiks tarkibidagi n ni aynan o‘ziga o‘xshash tovush – t ga aylantiradi (yozilishi: xatni); ishQga – ishka (bunda o‘zakdagi jarangsiz undosh sh affiks tarkibidagi jarangli undosh g ni o‘ziga qisman o‘xshatadi, ya’ni jarangsiz k ga aylantiradi (yozilishi ishga). Shunga ko‘ra assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: a) to‘liq assimilyatsiya so‘z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni aynan o‘zi kabi tovushga aylantirishidir: to‘kQgan qto‘kkan, yetQdiqyetti, chiqQgan q chiqqan, tuzQsizqtussiz, o‘risQchaqo‘richcha (yozilishi: yetdi, sizni, chiqqan, tuzsiz o‘rischa). Bunda tovushlar o‘zaro moslashadi; 2) to‘liqsiz assimilyatsiya so‘z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni o‘ziga qisman o‘xshatib olishidir: o‘chQganqo‘chkan, shoshQdiqshoshti, tushQgaqtushka ... (bularda jarangsiz ch, sh undoshlari affiks tarkibidagi jarangli g ni jarangsiz k ga, d ni esa t ga aylantirgan; yozilishi: o‘chgan, shoshdi, tushga). To‘liqsiz assimilyatsiyada ba’zan tovushlar o‘r>niga ko‘ra ham moslashadi: shanba > shamba. Bunda b lab tovushining ta’sirida n til tovushi lab-lab m tovushiga aylanadi. Demak, to‘liqsiz assimilyatsiyada tovushlar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra qisman moslashish holatiga o‘tmaydi. Bunda yonma-yon kelayotgan tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra va hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra moslashadi. Oldin kelgan tovush o‘zidan keyin kelgan tovushni (masalan, o‘tQdiqo‘tti), shuningdek, keyin kelgan tovush o‘zidan oldin kelgan tovushni (o‘n bir - o‘mbir) o‘ziga o‘xshatishi mumkin. Shunga ko‘ra assimilyatsiya yana ikki turga bo‘linadi: 1) progressiv assimilyatsiyada oldingi tovush o‘zidan keyingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi: otQda q otta (yozilishi otda), bilakQga – bilakka (yozilishi: bilakka). 2) regressiv assimilyatsiyada keyingi tovush o‘zidan oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatadi: tanbur – tambur, yigitQcha q yigichcha, nonQvoy q novvoy, (yozilishi: tanbur, yigitcha, nonvoy).
Do'stlaringiz bilan baham: |