Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua
) proteza so‘z boshida bitta unlining orttirilishidir. Odatda, aksariyat sonor r
Download 0.98 Mb.
|
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3) epiteza
- 6) apakopa
- 8) reduksiya
1) proteza so‘z boshida bitta unlining orttirilishidir. Odatda, aksariyat sonor r tovushidan oldin o‘ unlisi orttiriladi: ro‘mol - o‘ramol, ro‘za - o‘raza. Ayrim holatda so‘z boshida sirg‘aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i yoki u unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-ishkaf, stol-ustol, stul-ustul.
2) epenteza so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, unli tovushning orttirilishidir: fikr - fikir, hukm - hukum, uzr - uzur. 3) epiteza so‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng a tovushining qo‘shilish hodisasidir: disk - diska, bank - banka, tank - tanka, kiosk - kioska kabi. 4) prokopa so‘z boshida unli yoki undosh tovushning tushib qolish hodisasidir: yigna - igna, yog‘och - og‘och, yirik - iri. 5) sinkopa hodisasiga binoan so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qlinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: traktor - traktir, direktor - direktir, generator - generatir kabi. 6) apakopa so‘z o‘zigidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: do‘st - do‘s, xursand - xursan va hokazo. 7) sinerezis hodisasiga ko‘ra so‘z o‘rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi, ikkinchi unli fonema esa cho‘ziq talaffuz qilinadi: maorif - mo:rif, saodat - so:dat, qiroat - qiro:t, jamoat - jamo:t. 8) reduksiya so‘zning birinchi bo‘g‘inida biror unlining (odatda tor unlining) kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so‘zlari bir bo‘g‘inli bo‘lganligi va urg‘u shu so‘zdagi i unlisiga tushganligi tufayli bu so‘zlardagi i unlisi normal holda talaffuz qilinadi va normal holda eshitiladi. Lekin shu so‘zlarning oxiriga ikkinchi bir bo‘g‘in qo‘shilishi bilan, urg‘u ham ikkinchi bo‘g‘inga ko‘chadi. Natijada birinchi bo‘g‘indagi i unlisi kuchsizlanadi va eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Reduksiyaning ikkinchi bo‘g‘inda kelish hollari ham uchrab turadi. Bu hodisa so‘zga uchinchi bo‘g‘in qo‘shilganda sodir bo‘ladi – ikkinchi bo‘g‘indagi unli tamoman kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun - burni, bo‘yin - bo‘yni, egin - egni singari. 9) eliziya unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlanadigan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‘z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – yozoladi, bora oladi – boroladi; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‘zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan – yozgankan kabi; d) Abdusalom so‘zining Absalom, Abdujabbor so‘zining Abjabbor, olib kel so‘zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir undoshning tushib qolishi hodisasi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan shakli hisoblanadi. Bunday hollarda eliziyaning murakkablashishi natijasida so‘zlarning qisqargan shakllari hosil bo‘ladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling