Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet36/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Prosodemografemalar – yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg’u belgisi va tinish belgilari). Logografemalar – tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo’lgan so’zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar). Orfografik belgi – to’g’ri yozish normalarini ta’minlashda qo’llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis).
Signalizatorlar - o’z referentiga ega bo’lmagan, ammo nutq oqimida o’zidan oldin kelgan harf bilan birikib, bitta qo’shma grafema (digraf) hosil qiladigan belgilar (ayirish, yumshatish belgilari).
4-masala bayoni
Lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi
Yangi (lotincha) o’zbek yozuvi ham fonografik xarakterdagi sistema bo’lib, uning grafik tizimi, kirillcha o’zbek yozuvida bo’lganidek, harfiy va noharfiy belgilardan tarkib topgan.
1996-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo‘lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j (dQj) tovushini (jo‘ja, jayron, avj kabi) va 2) sirg‘aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi.
Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-sirg‘aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi, qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh) ifodalaydi.
Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o’, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor.
Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar alfavit tartibida tuziladi.
Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilar: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (…) («») (-) (’) ham qo‘llanadi. Urg‘u (’) belgisi so‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‘yiladi. Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilarning ham roli katta. Tinish belgilari yordamida fikr yozuvda aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og‘zaki nutqning fikrini to‘liq ifodalash uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari yozuvda tinish belgilari orqali ifoda etiladi.
Tutuq belgisi (’) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) so‘zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‘ziq aytilishini (a’lo, e’tibor, iste’mol); 2) so‘zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‘g‘in bilan keyingi bo‘g‘inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‘z ma’nolarini farqlab beradi (ta’na – malomat, tana – organism); 4) s va h tovushlarini sh tovushidan farqlaydi: Is’hoq.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling