Takrorlash va mavzuning o`zlashtirilganini tekshirish uchun savollar
1.Amaldagi (kirillcha) o’zbek yozuvining fonografik xarakterini qanday tushunasiz? 2.Harfiy va noharfiy belgilar tizimiga nimalar kiradi? 3.Grafema nima? 4.Nima uchun grafemalar bilateral hodisa sanaladi? 5.Grafemaning ifoda va mazmun planlarini (ifodalovchi va ifodalanuvchilarini) nimalar tashkil etadi? 6.Grafemaning qanday tiplari bor? 7.Fonografema, prosodemografema va logografemalar qanday farqlanadi? 8.Monograf, digraf va trigraflar nima? 9.Monosemantik va polisemantik grafemalar qanday farqlanadi? 10.Analitik, sintetik va sinonim grafemalarni qanday tushunasiz? 11.Orfografik belgilar va signalizatorlar nima? Ular yozuvda qanday vazifalarni bajaradi?
Tayanch tushunchalar
Grafika – yozuv tizimining birinchi (etakchi) komponenti. U harfiy va noharfiy belgilar vositasida yozuvning tovush tili bilan aloqasini ta’minlaydi.
Grafema – grafik tizimning eng asosiy birligi, ifodalovchi va ifodalanuvchi tomonlari bor bo’lgan semiotik belgi.
Fonografema – grafemalarning fonemalarni ifodalashga asoslangan tipi. Monograf - shaklan bir harfga teng grafema. Poligraf - shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo’shilmasiga teng bo’lgan analitik grafema. Monosemantik grafema – mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema. Polisemantik grafema – mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan fonografema. Sintetik grafema – nutq oqimida bir yo’la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Grafik simmetriya (fonetik-grafik simmetriya) – so’z tarkibidagi tovush va harflarning miqdoran teng bo’lishi ("bir tovushga bir harf" munosabatining ta’minlanishi).
Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya) – so’z tarkibida o’zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o’rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi.
Grafik sinonimiya – shakli har xil bo’lgan ikki grafemaning ma’lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |