Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet33/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

3-masala bayoni
Kirill grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi
Kirill yozuviga asoslangan alfavitda 35 ta shakl bo‘lib, bu shakllardan 33 tasi harf, 2 tasi belgidir. Har bir harfning bosh va kichik shakli (Aa), bosma va yozma shakllari bor. Har bir harf o‘z nomiga ega. Harf nomini bilish va uni to‘g‘ ri talaffuz qilish muhim amaliy orfoepik ahamiyat kasb etadi, chunki tildagi qisqartma so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish uchun harf nomlarini bilish zarur. Masalan: BMT – be – em – te.
Kirill grafikasi asosidagi alifbo quyidagicha tartiblashtirilgan:
Aa, Bb, Vv, Gg, Dd, Ee, Yoyo, Jj, Zz, Ii, Yy, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Rr, Ss, Tt, Uu, Ff, Xx, Tsts, Chch, Shsh, ‘‘, , Ee, Yuyu, Yaya, O’o’, Qq, G’g’, Hh.
Bu alifboda 10 ta unli harf (a, o, i, u, o’, e, e, yo, yu, ya) bo‘lib, ular 6 ta unli tovushni ifodalaydi. Bulardan to‘rttasi (e, yo, yu, ya) yolashgan (grafema) tovushlar bo‘lib, ularning 2 holati farqlanadi:
1. Ba’zi so‘zlarda undoshdan keyin kelib, u bilan birga bitta bo‘g‘inni hosil qiladigan va bir tovushni (a, u, e, o) ifoda etadigan holati: ter-ter, syujet-sujet, sentyabr-sentabr, rejissyor-rejissor kabi.
2.So‘z boshida va bo‘g‘in boshida kelib, ikki tovushni (ye, yu, ya, yo) ifoda etadigan holati: yostiq - yostiq, yurak - yurak, quyosh - quyosh, yanvar - yanvar va hokazo.
Yuqoridagi alfavitga o‘zbek tilining tovushlari tabiatidan kelib chiqib, 4 ta harf ( o’, q, g’, h.) qo‘shilgan. Kirill yozuvida 2 ta belgi (‘, ) bo‘lib, ular tovush bildirmaydi. Ayirish belgisi (‘) unlidan keyin kelganda o‘sha unlining cho‘ziq aytilishi (ma’no, e’lon kabi), undoshdan keyin kelganda bo‘g‘inlarni ajratib aytilishini (sur’at, jur’at kabi); yumshatish () belgisi esa ruscha-internatsional so‘zlarda o‘zidan oldingi undoshning yumshoq aytilishi uchun (albom, tsirkul) xizmat qiladi.
Alfavitdagi j harfi 2 tovushni, portlovchi j (jayron) va sirg‘aluvchi j (jurnal) tovushini ifodalaydi. Alfavitdagi n va10 g harflari alohida n va g tovushlarini yozuvda ifodalash bilan birga, birikma shaklida sayoz til orqa burun tovushini (ng) ifodalash uchun ham xizmat qiladi (tong, bodring kabi).

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling