Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet45/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

Fonetik tahlil namunasi:

1. So‘zda nechta tovush va nechta harf bor?
2. Unli va undosh tovushlar aniqlanib, ular tavsiflanadi.
3. Tovush o‘zgarishlari aniqlanadi.

4. So‘z bo‘g‘inlarga ajratilib, bo‘g‘in turlari aniqlanadi.
5. So‘zning urg‘usi aniqlanadi.
6. So‘z qaysi yozuv qoidasi bo‘yicha yozilgan?



Savol va topshiriqlar
1. Yozuv nima?
2. Kishilik tarixida qanday yozuvlar qo‘llanilgan?
3. O‘zbek xalqi ajdodlari qaysi yozuvlardan foydalangan?
4. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.
5. Imlo qoidalari qanday tamoyillar asosida ishlab chiqiladi?
6. Harf va belgining farqini ayting. O‘zbek alifbosida nechta harf va nechta belgi bor?
7. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
8. Fonetik tamoyil asosida ishlab chiqilgan asosiy imlo qoidalarini va ularni imlo qoidalarining qaysi turiga kirishini ayting.
9. Morfologik tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
10. Shakliy an’anaviy (tarixiy an’anaviy) tamoyilga asoslanadigan imlo qoidalarini ayting.
11. Grafik tamoyil nimani belgilab beradi?
12. Bosh harflar qanday hollarda qo‘llanadi?
13. Qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar imlosini tushuntiring.


ORFOEPIYA
Orfoepiya haqida ma’lumot
1.Orfoepiya haqida ma’lumot.
2. Unli tovushlar orfoepiyasi.
3.Undosh tovushlar orfoepiyasi.
4.So’z qismlari talaffuzi
5.Boshqa tillardan o’zlashtirilgan ayrim so’zlar orfoepiyasi.


1-masala bayoni
Orfoepiya so’zlarni, ularning tarkibidagi tovushlarni, shuningdek, o’zak va qo’shimchalardan iborat so’z formalarini to’g’ri talaffuz qilish me’yorlari tizimidir. Tilshunoslikning bu tizim haqidagi bo’limi ham orfoepiya deyiladi.
Orfoepik me’yorlar aslida xalq jonli tili faktlari asosida yaratiladi – jonli tildagi turlicha talaffuz ko’rinishlaridan adabiy til an’analariga, taraqqiyot tradi-tsiyalariga mos keladiganlari tanlanadi. Masalan, o’zbek shevalarida bir so’z turlicha talaffuz qilinadi: yo’q-jo’q, ko’z-go’z,ota-ata,aka-oka,anor-onar kabi. Hozirgi zamon davom fe’li qo’shimchasi shevalarda – yap(ti), -op(ti), -utti, -vot(ti) shakllarida qo’llanadi: boryapti,boropti, borutti, borvotti kabi. Adabiy tilda shulardan yo’q, ko’z, ota, aka, anor boryapti variantlari adabiy talaffuz me’yori (orfoepik norma) sifatida saralangan.
To’g’ri talaffuz nutq madaniyatining muhim belgilaridan biri sanaladi. Adabiy tilda to’g’ri yozish qanchalik muhim bo’lsa, to’g’ri talaffuz ham shunchalik ahamiyatlidir. Shuning uchun ham o’quvchi va talabalarda to’g’ri talaffuz ko’nikmalarining shakllantirilishiga ta’limning barcha bosqichlarida jiddiy e’tibor beriladi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling