Ona tili va adabiyot fanidan I bosqich, i-semestr uchun o’quv-uslubiy majmua


Download 0.98 Mb.
bet47/79
Sana18.06.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1597305
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79
Bog'liq
portal.guldu.uz-ONA TILI VA ADABIYOT

3-masala bayoni
Undosh tovushlar orfoepiyasi.
Undosh tovushlar orfoepiyasi ko’proq kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bog’liq bo’ladi. Xususan: 1)b,d jarangli undoshlari so’z oxirida jarangsiz p,t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o’zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi: kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2)b,d undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo’llanganda assimilyatsiyaga uchrab, p,t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi:ibtidoiy>iptidoiy,ketdi>ketti;3)j,z undoshlarining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh,s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy> ishtimoiy, mazkur>maskur kabi; 4)b,q undoshlarining intervokal holatda (ikki unli orasida) sirg’aluvchi v,g’ undoshlariga o’tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber>boraver, keta ber>ketaver kabi.
4-masala bayoni
So’z qismlari talaffuzi
1.q,K bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko’p bo’g’inli so’zlarda qishloq> qishlog’imiz, qishlog’ingiz, qishlog’i; telpak> telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir bo’g’inli so’zlarda bunday o’zgarish bo’lmaydi: o’q>o’qi, tok>toki kabi (yoq, yo’q so’zlari bundan mustasno).
2.q,K,G,¢ bilan tugagan otlarning jo’nalish kelishigidagi shakllari quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloqQga>qishloqqa, chelakQga>chelakka, tog’Qga>toqqa, pedagogQga>pedagokka kabi. Boshqa barcha holatlarda: a) jarangsiz undoshlardan so’ng –ka, jarangli undoshdan va unlidan so’ng –ga talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, ammo uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, akaga kabi.
3.Fe’llarda: a)ongQla>angla, sonQa>sana, yoshQa>yasha kabi; b)ekQgan > ekkan, ketQgan > ketkan, oqQgan > oqqan, tushQgan>tushkan kabi.
4. Olmoshlarda: uQnQda>unda, buQnQda>bunda, shuQnQda>shunda (bir "n" orttiriladi), menQning>mening, senQning>sening (bir "n" tushirib qoldiriladi).
5.Bir so’zidan dona son yasalganda, o’zakdagi "r" undoshi "t"ga o’tadi: birQta>bitta kabi.



Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling