Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
2-VARIANT
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
4 A) Asarda front ortidagi xalqimizning ko‘rsatgan fidoyiliklari nihoyatda ta’sirchan va samimiy tasvirlangan. B) Asarda rus ayolining nemislar tomonidan o‘tkazilgan vaxshiyona tajribada bolasidan umid uzolmay o‘z qizi ko‘z o‘ngida jon taslim etish voqeasi o‘rin olgan. C) Asar yakunida yuragi tug‘ma parok bo‘lgan qizning o‘zini o‘zi o‘ldirishi tasviri o‘rin olgan. D) Asarda ayollar va bolalar mehnatiga qarshi ommaviy chiqishlar, namoyishlar, xalq qo‘zg‘alonlari va ularni ayovsiz bostirish tasvirlari uchraydi. Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. MUALLIFLIK HUQUQI Mualliflik huquqi – keng maʼnoda – fan, adabiyot va sanʼat asarlarini yaratish, foydalanish va qonuniy himoya qilishda vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi; fuqarolik huquqining bir boʻlimi. Tor maʼnoda – asar muallifiga tegishli boʻlgan va qonunlarda mustahkamlanib qoʻyilgan shaxsiy va mulkiy huquqlar tizimini tashkil etadi. Mualliflik huquqi boʻyicha munosabatlar har bir davlatga xos qonunlar va xalqaro konvensiyalar bilan tartibga solinadi. Mualliflik huquqi boʻyicha 1952-yilgi Jahon (Jeneva) konvensiyasi hamda adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi Bern konvensiyasi (1886) mavjud. Bern konvensiyasi Mualliflik huquqini himoya qilishning qatʼiy tizimini oʻzida ifodalaydi. Oʻzbekistonda Mualliflik huquqining asosiy normalari Oʻzbekiston Resbublikasining Fuqarolik kodeksi (1041–1073-moddalar) va «Mualliflik va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Resbublikasi qonuni (1996-yil 30-avgust)da belgilangan. Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi boʻlmish fan, adabiyot va sanʼat asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr- qimmati, shuningdek, ifodalash usuli (qoʻlyozma, tasvir, audio, video yozuv, haykal va h. k.)dan qat’i nazar, tatbiq etiladi. Barcha turdagi kompyuterlar uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari ham mualliflik huquqi obyekti hisoblanadi. Muallif oʻz asariga nisbatan quyidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega: muallif sifatida eʼtirof etilish huquqi; asarni oʻz ismi, taxallusi yoki anonim tarzda eʼlon qilish huquqi; asar daxlsizligiga boʻlgan huquq; asardan har qanday shaklda va usulda foydalanish huquqi; asarni eʼlon qilish huquqi; asardan foydalanilganlik uchun haq olish huquqi; asarni tasarruf qilish huquqi. Asardan muallif yoki uning merosxoʻri bilan mualliflik shartnomasi tuzish orqaligina foydalanish mumkin. Chop etilgan begona asardan muallifning roziligisiz va mualliflik haqini toʻlamagan holda shaxsiy maqsadlarda foydalanishga, basharti bunda asardan normal foydalanishga ziyon yetmaydigan va muallifning qonuniy manfaatlariga putur yetmaydigan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Asardan muallifning ism-sharifini va olingan manbani koʻrsatgan holda hamda asardan normal foydalanishga zarar yetkazmaslik va muallifning qonuniy manfaatlarini kamsitmaslik sharti bilan ilmiy tadqiqotlarda, taʼlim va oʻquv nashrlarida, axborot maqsadlarida qisman yoki toʻliq takrorlashga ruxsat beriladi. Asarga boʻlgan mualliflik huquqi u yaratilgan paytdan boshlab amal qiladi. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va vafotidan keyingi yilning 1 yanvaridan boshlab 50 yil davomida amal qiladi. Muallif vafotidan keyingi mualliflik huquqi uning merosxoʻrlariga tegishli boʻladi va meros boʻyicha bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtadi. Mualliflik huquqining amal qilish muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy boylikka aylanadi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling