Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
7
– Iqrorman.
– Tuzumni unutding!
– Tonmayman!
– Iqrorsan, tonmaysan, o‘bdan ish, – dedi zaharxanda
qilib xon, – o‘luvdan ham
qaytmaysan!
– Men sizdan marhamat so‘rab kelgan emasman! – dedi iljayib Anvar. – O‘zimni
o‘limga berib, bir gunohsizni qutqarish uchun kelganman!
Hamnishinlar lablarini tishladilar. Xudoyor istehzoli kuldi.
– Pusulmonchilik qilg‘onsan-da!
– Albatta! – dedi Anvar.
– Boshqalar kishi gunohi uchun gunohsizni tutib,
pusulmonchilikdan chiqqach, men
pusulmonlik bilan o‘lishni o‘bdan bildim!
Bu javob Xudoyorni qip-qizil tusga qo‘yib, manglayida terlar ko‘rindi, g‘azab o‘ti
alanga oldi.
– Sening qilg‘on ishing pusulmonchilikda bormi, it uvli?!
– Musulmonchilikda yuzlab xotin ustiga bir kambag‘al uylanmoqchi bo‘lgan qizga
ham zo‘rlik qilish bormi, qiblayi оlam!
– Chiqar buni, jallod!!!
Jallodlar harakatlandilar:
– Xanjarimiz qonsirag‘an!
Anvar bosh chayqab kuldi.
– Gunohsiz mening ko‘z oldimda
banddan ozod qilinmas ekan, Anvarni bu yerdan
chiqara olmaslar, qiblayi olam, – dedi va o‘zini tashqariga torta boshlagan jallodlarni
arslonlarcha siltab yubordi.
– Sizda
adolat bormi, janob!
Qo‘rqinch bu hayqiriq Xudoyorni insofga keltirdi. Jallodlarni to‘xtatishga va
hudaychini Sultonalini hozirlashga buyurdi. Ko‘zi qonlangan Anvar ikki qo‘lini yoniga
tashlab Xudoyor qarshisida turib qoldi. Hamma sukutda. Shunday fursatlarda
gunohkorni
odobsiz so‘zlar bilan so‘kib turuvchi Xudoyor ham jim. Chunki a’yon nazarida har bir
odobsizligiga Anvar tarafidan kuchli haqorat olish ehtimoli bor.
[2]Shayx Sa’diy
Do'stlaringiz bilan baham: