Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
6
C) Mualliflik huquqi egasi oʻziga
tegishli
huquqlarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan
amalga oshirishga haqlidir.
D) Mualliflik huquqining amal qilish
muddati tugaganidan keyin asar ijtimoiy
boylikka aylanadi.
22. Matnga oid ma’lumotlar to‘g‘ri talqin
qilingan javobni aniqlang.
A) Har qanday shaxs mualliflik haqini
toʻlamagan holda
u yozgan asardan erkin
foydalanishga haqli.
B) Mualliflik huquqi bir shaxsdan ikkinchi
shaxsga oʻtkazilmaydi.
C) Mualliflik huquqi muallifning u hayot
bo‘lgan chog‘idagina amal qiladi.
D) Asarga boʻlgan mualliflik huquqi u
yaratilgan vaqtdan boshlab amal qiladi.
Matnni o‘qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.
MEHROBDAN CHAYON
Qo‘rqinch bir jasorat
Shunda o‘rda arbobi bukun peshindan biroz ilgariroq mujassam bir vijdon, tog‘yurak
bir yigit va o‘lim sari kulib keluvchi bir arslonni o‘z tarixida birinchi martaba ko‘rdi va tong
ajabda qoldi. Bu ulug‘ jasorat bir necha daqiqalargacha zulm itlarini sukutga soldi,
ularni
ishdan to‘xtatdi. O‘rda arboblarining mahkamada o‘tirganlari eshik yoniga chiqib, yo‘lda
borganlari harakatsiz qolib, parvosiz, har kim yonidan salomlashib o‘tguvchi arslonni tomosha
qildilar.
Anvar devonxona qarshisiga yetganda, nima maqsad bilandir darichalar va eshik yonida
mo‘ralashuvchi mirzolarga umumiy bir ta’zim ifoda qildi va zinalarga sobitqadam
oyoq qo‘yib,
yuqoriga, xon huzuriga chiqib ketdi. Poytaxt bo‘sag‘asidagi doimiy
yasovullardan o‘tib, dahlizda to‘xtadi. Chunki bundan o‘tish uchun hudaychi vositasida
xondan ruxsat oldirish lozimdir. Birinchi eshik yonida qo‘l qovushtirib
turuvchi Darvesh
hudaychi taajjub va hayrat ichida Anvarni qarshilab, ikkinchi xonadagi «janob» huzuriga
ketdi.
Taxtiga
takya qilgan
1
Xudoyor ikki ko‘zi to‘g‘risida ikki jallodni qo‘yib, yonidagi
domla shig‘ovul
2
, Tursun otaliq va g‘ayri
3
bir necha a’yonlar bilan suhbatlashar edi.
– Pushti panoho! – dedi hudaychi. – Xiyonatkor o‘z ixtiyori bilan kelib, domi
adolatingizga taslim bo‘lmoqchi.
– Xiyonatkoring kim?
– Mirzo Anvar!
Do'stlaringiz bilan baham: