Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov


Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana30.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1402107
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2-VARIANT

Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
 

yaʼni har qanday shaxs mualliflik haqini toʻlamagan holda erkin foydalanishga haqli. 
Mualliflik shaxsiy nomulkiy huquqlari muddatsiz amal qiladi. 
Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi 
buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat (koʻchirmachilik, madaniy oʻgʻirlik), asardan 
muallif ruxsatisiz tijorat maqsadlarida foydalanish (madaniy qaroqchilik) kiradi. Bunday 
hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni toʻlashi lozim. 
Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar (asarning kontrafakt nusxalari) yoʻq qilib 
tashlanadi. Mualliflik huquqi egasi oʻziga tegishli huquqlarni oʻz xohishiga koʻra shaxsan 
amalga oshirishga haqlidir. Huquq egasidan boshqa shaxslar mualliflik huquqlarini faqat 
huquq egasining roziligi bilan va u bergan vakolatlar doirasida boshqarishlari mumkin 
(masalan, ishonchnoma orqali). Mualliflik huquqi egalari oʻz zimmasiga mualliflik 
huquqlarini boshqarish yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishlari mumkin. Muallifning oʻz 
asariga nisbatan mutlaq huquqlari (mulkiy huquqlar) tijorat muomalasida harakatda boʻlishi, 
haq evaziga boshqa shaxslarga toʻliq yoki qisman oʻtkazilishi, hadya qilinishi mumkin. 
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida mualliflik huquqini oʻzlashtirganlik, 
hammualliflikka majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Mualliflik huquqini 
muhofaza etishni tashkiliy huquqiy taʼminlash, bu borada davlat siyosatini amalga oshirish 
uchun Oʻzbekistonda mualliflik huquqini himoya qilish agentligi faoliyat koʻrsatadi. 
18. Mualliflik huquqi nima? 
A) Tijorat maqsadida qonunlashtirilgan 
fuqarolik huquqining bir boʻlimi. 
B) Yozuvchi vafot etganda kuchga 
kiruvchi huquqlar tizimi. 
C) Ijodkorning oʻz asariga nisbatan shaxsiy 
nomulkiy va mulkiy huquqi. 
D) Yozuvchi shaxsini va u yaratgan asarni 
sug‘urtalovchi huquq. 
19. Mualliflik huquqi buzilganda qanday 
chora-tadbirlar ko‘riladi?
A) Sud orqali mualliflik huquqi himoya 
qilinadi va muallif huquqini buzgan 
shaxsga nisbatan jazo choralari ko‘riladi. 
B) Mualliflik huquqi egalari oʻz zimmasiga 
mualliflik huquqlarini boshqarish 
yuklatiladigan tashkilotlarni tuzishadi. 
C) Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda 
mualliflik huquqi xalqaro konvensiyalar 
orqali himoya qilinadi. 
D) Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan 
asarning kontrafakt nusxalari dalil sifatida 
saqlab qo‘yiladi. 
20. Muallif o‘ziga berilgan huquqdan 
qanday ishlarni amalga oshirishda 
foydalanishi mumkin? 
A) Muallif mualliflik huquqini himoya 
qilish agentligini tuzishi mumkin. 
B) Muallifning oʻz asariga nisbatan mulkiy 
huquqlari haq evaziga boshqa shaxslarga 
hadya qilinishi mumkin. 
C) Asarga sarlavha qo‘yishdagina 
foydalanishi mumkin. 
D) Muallifning o‘zi shaxsiy nomulkiy 
huquqlaridan ma’lum bir muddatdagina 
foydalana oladi. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling