Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov


aytgancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguvchidek tili uzun kishi bo‘lmas


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana30.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1402107
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2-VARIANT

aytgancha, dunyoda hayotidan qo‘l yuvguvchidek tili uzun kishi bo‘lmas. Darhaqiqat, 
insonni razolatga solguvchi uning manfaati taqozosi, qola bersa o‘limdir. Bu ikkisidan 
kechguvchiga esa podshohning qahri va jahannamning qa’ri farqsizdir. 
Ko‘p fursat o‘tmay hudaychining orqasidan Sultonali kirdi, xonga qarshi turuvchini 
tanib, titradi... Titrar ekan, Anvardan biroz keyinda turib xonga ta’zim qildi. 
– Siz ozod bo‘ldingiz! – dedi xon. – Devong‘a chiqib o‘z ishingizg‘a qarang!
Sultonali ixtiyorsizcha xon tomon bukilib oldi... Anvar «istehzoli» vaziyatda 
Sultonaliga yon qaradi:
– Menim qarshimga ishlab, janobga neqadar sodiq qolsangiz ham, sadoqatingiz sizni 
najotga chiqara olmadi, bil’aks, siz o‘ylagancha men – insofsiz sizni qutqardim... Siz shuni 
unutmasangiz bo‘ldi, Sultonali aka, – dedi Anvar va xonga ishorat qildi, – qo‘limni 
bog‘lasinlar, chiqarib o‘ldirsinlar!
Sultonali orqasiga qaytdi, qaytar ekan, ko‘zidan bir necha tomchi yosh oqib tushdi. 
Jallodlardan biri Anvarning qo‘lini orqasiga bog‘ladi. Anvarning qo‘li bog‘lanar ekan, 
Muhammad Niyoz domla o‘rnidan turib, xonga qulluq qildi. 


Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
 

– Shu odobsizning gunohini mening uchun kechirsinlar.
Xon yuzini chetga o‘girdi: 
– Rastag‘a chiqaring! Anvar, xonni va hamnishinlami masxaralagandek, ta’zim ado 
qildi. 
23. Matndan olingan ushbu parchani 
o‘qing, aslida kim kimga adolat qilganini 
asarning umumiy mazmunidan kelib chiqib 
aniqlang. 
A) Anvar Xudoyorxonga 
B) Xudoyorxon Sultonaliga 
C) Anvar Sultonaliga 
D) Xudoyorxon Anvarga 
24. Romandan olingan ushbu parchada 
Anvar nutqida “Men sizdan marhamat 
so‘rab kelgan emasman!” degan jumlalar 
tilga olinadi. Ushbu nutqiy ifoda 
muallifning qanday badiiy maqsadini 
amalga oshirishga xizmat qilgan? 
A) Xudoyorxonning iltifot qilishidan 
butkul umidi uzilgan Anvarning ruhiy 
holatini ifodalash uchun bu nutq uning 
tilidan bayon etilgan. 
B) Xon o‘sha davrda hech qanday siyosiy 
mavqega ega bo‘lmaganini ifodalash 
uchun ishlatilgan. 
C) Olomon ichida Anvarning akasi va 
o‘rtoqlari uni qutqarish uchun shaylanib 
turganini, xondan marhamat so‘rashga 
muhtoj emasligini bildirib qo‘yish uchun 
ishlatilgan. 
D) Anvarning nomusi, g‘ururi naqadar 
yuqoriligini yanada kuchli ifodalash uchun 
bu nutq muallif tomonidan kiritilgan. 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling