31. G‘azalda quyidagi tasvirlarning qaysi
biri BERILMAGAN?
A) G‘azalda yorning labi shu darajada
kichikligidan uni topib bo‘lmasligi tasviri
keltirilgan.
B) G‘azalda oshiq suyuklisi tashlagan
qadamga bosh urishiga tayyorligi tasviri
keltirilgan.
C) G‘azalda ma’shuqaning uzun sochi
oshiqning ko‘nglini olgani tasviri ham bor.
D) G‘azalda oshiq yoridan ayrilib qolish
xavotirini Yusuf payg‘ambar o‘z o‘g‘li
Ya’qub payg‘ambardan ayrilib qolgani
orqali tasvirlamoqda.
32. 7-baytdagi sarvi ozodingg‘a jumlasi
g‘azalda qanday ma’no anglatib
kelmoqda?
A) xushqomat go‘zal
B) ozod inson
C) oshiqning qulligi
D) qora soch
Gaplar (1,2,3) va sintaktik tahlilga oid izohlar (A – F ) ni to‘g‘ri moslashtiring.
33.
Agar e’tiqod butun bo‘lsa, naslimiz
aslo yo‘qolmaydi.
34.
Uning qo‘lidan tortib ichkariga,
mehmonxonaga, boshladi.
35.
Sentabrning boshlari. Talabalikning ilk
kunlari edi.
A) to‘liqsiz gap
B) ajratilgan bo‘lakli gap
C) kiritmali gap
D) bog‘langan qo‘shma gap
E) atov gap
F) ergashgan qo‘shma gap
36. Har uchala ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan ma’nodoshlik hosil qila oladigan so‘zni yozing.
Javob_______________________
37. Berilgan gapda qo‘llanishi lozim bo‘lgan tinish belgilarining to‘g‘ri ketma-ketligini
yozing.
Har narsada uch asosga haqiqiy halol va nafli narsalarga e’tibor berish kerak
Javob_______________________
?
mashaqqatli mehnat
vazmin odam
azobli turmush
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
Do'stlaringiz bilan baham: |