Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun namunaviy test topshiriqlari Muallif: Muhammad Haydarov
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
2-VARIANT
11 38. Gapda qaysi qo‘shimchaning qo‘llanishi bilan bog‘liq uslubiy xatolik kuzatilgan? Reklama matnlarida mahsulot yoki xizmatlarning o‘ziga xos jihatlarini alohida taʼkidlanib, bo‘rttirib ko‘rsatiladi. Javob_______________________ 39. Berilgan gapdagi ajratilgan bo‘lakni aniqlang va u qaysi gap bo‘lagini ajratib kelganini yozing. Fikrni bir joyga jamlashga, ko‘p yillar burun kechgan o‘sha voqealarni birma-bir nazardan o‘tkazib, qay o‘rinda yoshlik qilgani – xatoga yo‘l qo‘yganini anglab yetishga kuch topolmayotir. Javob_______________________ 40. Gapdagi so‘zlarning mazmun va grammatik jihatdan bog‘lanishini tahlil qiling. Hayotda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsang, oqim bilan birga suzishni, omma bilan birga yurishni ham bilishing kerak. a) gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi so‘zga tobelanib kelganini yozing. Javob:_____________________ b) gapda ajratilib ko‘rsatilgan so‘z bilan qaysi so‘z teng munosabatda bog‘langan? Javob:_____________________ 41. Berilgan gaplarni grammatik jihatdan to‘g‘ri bog‘lang. 1. Haqiqiy olim o‘zining ilmi bilan maqtanmaydi. 2. U o‘zidan ham zo‘r olim va fozil borligini biladi. a) qaysi vosita yordamida amalga oshirganingizni yozing. _________________________________ b) qo‘shma gapning qaysi turi hosil bo‘ldi? ________________________________ 42. She’riy parchadagi ajratib ko’rsatilgan so‘zlar yordamida ifodalangan she’riy san’atlarni aniqlang va yozing. Bukun, ey do‘stlar, farzandi jononimni sog‘indim, Gado bo‘lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog‘indim. a) birinchi misradagi she’riy san’atni yozing. Javob: _________________________________ b) ikkinchi misradagi she’riy san’atni yozing. Javob: _________________________________ 43. She’riy parchaning qofiyasini tahlil qiling va yozing. Agar oshiqlig‘im aytsam, kuyub jon-u jahon o‘rtar, Bu ishq sirrin bayon qilsam, taqi ul xonumon o‘rtar. a) ajratib ko‘rsatilgan qofiyadosh so‘zlardagi raviyni yozing. Javob: ________________________ b) ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar raviyning o‘rniga ko‘ra qofiyaning qaysi turini hosil qilgan? Javob: _______________________ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling